Dunyo o‘smirlarining yarmi ta’lim muassasalarida tengdoshlari zo‘ravonligiga duchor bo‘lmoqda

Chop etish versiyasi
06 Sentabr 2018

Dunyo o‘smirlarining yarmi ta’lim muassasalarida tengdoshlari zo‘ravonligiga duchor bo‘lmoqda

Jismoniy zo‘ravonlik va qo‘rqitish har yili dunyo bo‘ylab 150 million nafar 13-15 yashar o‘quvchning ta’lim olishni to‘xtatishiga sabab bo‘lmoqda

TOSHKENT, 2018-yil, 6 sentyabr – Dunyodagi 13-15 yashar o‘quvchilarning yarmi – taxminan 150 million bola – maktab va uning atrofida tengdoshlari zo‘ravonligiga duchor bo‘layotganini aytadi. YUNISEFning Nyu-York shahridagi bosh qarorgohi chaiqargan yangi global hisobotda shunday deyiladi.

“Maktablardagi zo‘ravonlik: Kunlik saboq” deb nomlangan hisobotda aytilishicha, zo‘ravonlik butun duyodagi yoshlar ta’lim muassaslarida keng tarqalgan. U o‘quvchilarning o‘qib-o‘rganishi va farovonligiga ham boy, ham qashshoq mamlakatlarda birday yomon ta’sir ko‘rsatadi.

O‘quvchilar sinf xonasi va uning atrofida turli shakldagi zo‘ravonliklarga duchor bo‘lmoqda. Hisobotga ko‘ra,

·         Global miqyosda har uch 13-14 yashar o‘quvchining biri tahqirlanadi va yana shunchasi o‘zaro mushtlashadi.

·         Yevropa va Shimoliy Amerikadagi har 10 o‘quvchining 3 nafari tengdoshlari tahqirlaganini aytadi.

·         750 millionga yaqin maktab yoshidagi bola maktablarida jismoniy jazolash to‘liq taqiqlanmagan mamlakatlarda yashaydi.

Zo‘ravonlik o‘quvchilarning farovonligi hamda o‘qaib-organish va muvaffaqiyatlarga erishish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. U o‘quvchilarning o‘z-o‘ziga bahosini pasaytiradi, davomatni kamaytiradi, baholarini tushirib yuboradi, ko‘plab bolalarning butunlay maktabdan ketib qolishiga sabab bo‘ladi. Zo‘ravonlik sog‘liqni saqlash sohasi, kichik yoshdagi bolalarni rivojlantirish va ta’limga solinishi kerak bo‘lgan investitsilarni yo‘qqa chiqaradi. U iqtisodiy taraqqiyotga to‘g‘anoq bo‘ladi.

‒ Hech bir bola maktabga borishdan qo‘rqmasligi kerak. Dunyodagi ko‘plab bolalar hozir ham turli xatarlarga duchor bo‘lmoqda, ‒ deydi YUNISEFning O ‘zbekistondagi vakili Sasha Graumann. ‒ Zo‘ravonlik hech bir bola o‘rganmasligi kerak bo‘lgan unutilmas saboqdir. Uning oldini olsa bo‘ladi.

YUNISEF va hamkorlari maktablardagi zo‘ravonlikka barham berish uchun quyidagi sohalarda shoshilinch choralar ko’rishga da’vat qiladi:

·         o‘quvchilarni maktablardagi zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun zarur qonun va tartib-qoidalarni bajarish;

·         maktablarda zo‘ravonlikning oldini olish va javob chioralari ko‘rishni kuchaytirish;

·         mahalla-ko‘y va odamlarni zo‘ravonlik haqida fikr bildirayotgan o‘quvchilarga qo‘shilishga hamda sinf xonalari va mahalladagi madaniyatni o‘zgartirish bo‘yicha hamkorlik qilishga da’vat etish;

·         o‘quvchilar va maktablar xavfsiz bo‘lishiga yordam beruvchi investitsiyalarni ko‘paytirish;

·         maktablar va ulardan tashqarida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari haqida batafsil ma’lumot yig‘ish va keraklisini bo‘lishish.

YUNISEF har qilayotgan ishi bilan har bir bolaning huquqi va farovonligini targ‘ib qiladi. Biz hamkorlarimiz bilan birga 190 ta mamlakat va hududda barcha bolalarning manfaati uchun o‘sha majburiyatni amaliy ishga ko‘chirish, eng zaif va chetga chiqib qolgan bolalarga yordam qo‘lini cho‘zishga asosiy e’tibor qaratish ustida ish olib boramiz. YUNISEF va uning O‘zbekistondagi faoliyati haqida qo‘shimcgha ma’lumot olish uchun www.unicef.uz vebsaytiga kiring.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi xodimlarga murojaat qiling:

Atul Kumar, Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari, telefon: +998 93 5500135, email: akumar@unicef.org

Furqat Lutfulloev, Bolalar himoyasi bo‘yicha mutaxassis, telefon: + 998 93 5000615, email: flutfulloev@unicef.org

Maksim Fazlitdinov, Rivojlanish kommunikatsiyasi bo‘yicha xodim, telefon: +998 93 5050162, email: mfazlitdinov@unicef.org

Marta o’qilgan: 394


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar