Yoshlar O‘zbekiston o‘quv yurtlarida zo‘ravonlikka barham berish yo‘llarini muhokama qilyaptilar

Chop etish versiyasi
14 Sentabr 2018

DSC_2701.JPG

Turli kollej va universitetlarda ta’lim olayotgan yoshlar maktablarni o‘zlari va do‘stlari uchun xavfsiz qilish maqsadida o‘z fikrlarini bildirish uchun «Kitob Olami» do‘konida to‘plandilar.
«Yoshlar bilan muloqot» BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) va Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda o‘quv yurtlaridagi zo‘ravonlik masalasini muhokama qilish uchun tashkil qilindi.
Yoshlar o‘quv yurtlaridagi zo‘ravonlik sabablari to‘g‘risida so‘z yuritdilar va bunday noxush holatni o‘zgartirish uchun nima qilishlari mumkinligi yuzasidan o‘z takliflarni bildirdilar. Yigit-qizlar tarbiyachilar, o‘qituvchilar, maktab xodimlari, mahalliy va milliy darajadagi amaldorlar va ommaviy axborot vositalari qanday qilib o‘quv yurtlarini ta’lim berish uchun xavfsiz dargohga aylantirishlari mumkinligi masalasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.
«Maktablarda va ularning atrofida bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtatish uchun mas’uliyat barchamizning zimmamizda. O‘quv yurtlarida zo‘ravonlikka chek qo‘yishda yoshlarning o‘zlari ham muhim rol o‘ynashlari mumkin,» - deb ta’kidladi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. «UNICEF barcha turdagi o‘quv yurtlarida zo‘ravonlik masalasini hal qilishda Hukumat sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga sodiqligicha qolmoqda,» - deb qo‘shimcha qildi u.
O‘quvchilar ko‘pincha o‘zlarining kelib chiqishi va yashayotgan joylari sababli zo‘ravonlik qurboniga aylanadilar. Bolalar nogironlik, kambag‘allik, etnik yoki jinsiy mansublik kabi turli sabablaga ko‘ra tahqirlanishga duchor bo‘lishlari mumkin. Ixtisoslashtirilgan muassasalarda yashayotgan bolalar esa bundan ham zaif ahvolda.
Yoshlar bilan muloqot yuritishda ta’lim sohasidagi xalqaro ekspertlar va psixologlar ham ishtirok etdilar.

DSC_2959.JPG

Marta o’qilgan: 348


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar