UNICEF hamkorlar bilan birgalikda O‘zbekistonda yoshlar uchun yangi raqamli platformani ishga tushirdi

Chop etish versiyasi
05 Oktabr 2018
UNICEF hamkorlar bilan birgalikda O‘zbekistonda yoshlar uchun yangi raqamli platformani ishga tushirdi
TOSHKENT, 5-oktabr 2018 yil – 600 ga yaqin yoshlar – maktab o‘quvchilari, kollej va universitet talabalari, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi a’zolari “Zarafshon” media zalida youshlar ishtirokiga mo’ljallangan U-Report nomli yangi raqamli platformani ishga tushirish marosimiga yig‘ildilar.
U-Report loyihasi UNICEF va O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan Oliy Majlis Senati va Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda amlga oshirilmoqda. Ucell kompaniyasi ushbu loyihani qo’llab-quvvatlamoqda.
U-Report yoshglarga ularning hayotiga taalluqli bo’lgan muhim masalalar muhokamasida ishtirok etish imkonini beradi. U-Report doirasida yigit-qizlar SMS, Facebook, Telegram orqali doimiy ravishdagi so’rovnomalarda ishtirok etadilar. Ushbu so’rovnomalar ta’lim, sog‘liqni saqlash, mehnat bilan bandlik, bo’sh vaqtni o’tkazish kabi masalalarga qaratilgan. So’rovnomalarning natijalaridan Hukumat, Yoshlar ittifoqi va Parlamentda qarorlar qabul qilish jarayonida foydalanish mumkin. Mazkur interaktiv vosita yoshlar va Hukumatni o’zaro yaqinlashtirishga imkon beradi.
“O‘zbekistondagi bolalar va yoshlar duch kelayotgan qiyinchiliklar va xatarlarni tushunish ular farovonligini ta’minlashning muhim omilidir. Bu uzoq muddat davomida yoshlarga foyda keltiradigan hamda O‘zbekistonni ijtimoiy-siyosiy rivojlanishidagi keyingi bosqichga olib chiqadigan siyosatni yanada mukammallashtirishda muhim rol o’ynaydi,” ‒ dedi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. “Yoshlar ularning ovozi hisobga olinayotganini ko‘rsa, kuchli daxldorlik va fuqarolik ishtiroki hissini tuyadi.”
“Davlatning yoshlarga g'amxo'rlik va e'tibor ko’rsatishi ular uchun juda muhimdir. Ucell UNICEF va boshqa hamkorlar bilan yangi U-Report dasturini amalga oshirishda hamkorlik qilishdan juda mamnun. Ushbu platforma yoshlarga o'zlarining intilishlarini ifoda etish imkonini beradi. Ular o'z fikrlarini bildirishlari, jamoat hayotida ishtirok etishlari, ular uchun muhim bo'lgan masalalar to'g'risida gapirishlari va bunga javob olishlari mumkin," - dedi Ucell bosh direktori Tonu Gryunberg.
Mazkur platforma dunyoning 49ta mamlakatida mavjud bo’lib, O‘zbekiston Marlkaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib ushbu innovatsion tashabbusni boshladi.

Marta o’qilgan: 238


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar