O’zbekistonda Ijtimoiy soha xodimlarining salohiyatini oshirish

Chop etish versiyasi
09 Oktabr 2018

Toshkent shahri Olmazor tumanidagi maktab kutubxonasida ayollar oltita guruhga bo’linib, oilada bolalar va ayollarga nisbatan zo’ravonlik turlarini muhokama qilishdi. Ular, shuningdek, ko’makka muhtoj oilalarga yordam ko’rsatish, muammolarni aniqlash, maqsad qo’yish va echim qidirish kabi amaliy mashqlarda ham ishtirok etishdi.
Ushbu tadbir xalqaro tajribaga asoslanib, UNICEF ko’magida yaratilgan yangi o’quv kursining bir qismidir. U mahalla faollariga ko’makka muhtoj oilalar bilan ishlashda amaliy o’quv qo’llanma sifatida xizmat qiladi.

“Oila” markazi va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminarga 35 nafar ishtirokchi - mahalla xodimlari, patronaj hamshiralar, oilaviy masalalar bo’yicha mahalliy administratsiya xodimlari jalb etildi.

1 photo.JPG

Besh kunlik seminarning maqsadi ijtimoiy sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni xalqaro standartlarga asoslangan keys menejment deb nomlangan yangi yondashuvga, ya’ni vaziyatni boshqarish asosida ishlashga o’rgatishdir. 

“Keys menejment oiladagi vaziyat holatini baholash, vaziyat asosida reja tuzish, holatni engillashtirish amallari hamda muhtoj oilaga yordam ko’rsatishni qamrab oladi. Ushbu yondashuv muloqot yo’li va mavjud imkoniyatlarni ishga solgan holda oilaga qiyin sharoitni yengib o’tishda yordam beradi,” - dedi UNICEFning Ơzbekistondagi vakolatxonasi konsultanti Diana Isayeva.

Nazariy mashg’ulotlardan keyin seminar qatnashchilari Olmazor tumanining 17ta mahallasida yordamga muhtoj oilalarni aniqlash va muammolarini baholash bo’yicha ish olib borishadi. Olingan dastlabgi ko’rsatkichlarga asoslangan holda “Oila” markazi muammolarni echish bo’yicha yondashuvlar va ish rejasini ishlab chiqadi.
“Ba’zida oilalar bilan bolalarga nisbatan turli zo’ravonliklarni muhokama qilamiz,”- dedi “Oila” markazi yuristi Gulnora Eshonxonova. “Bunday muhokamalar kundalik hayotda bolalarga bo’lgan munosabatni tahlil qilishda yordam beradi. Ushbu jarayonda biz nafaqat boshqalarga yordam qo’lini cho’zamiz, balki bolalarga nisbatan o’z xulqimiz va munosabatimizni ijobiy tomonga o’zgartiramiz”.

“Uyatchanligim sababli oilalar bilan muloqot qilishda qiynalar edim,” - dedi ‘Yoshlik’ mahallasi ayollar masalalari bo’yicha mutaxassis Sayyora Abdullayeva. “Seminar davomida yangi o’zlashtirgan muloqot ko’nikmalarim oilalar bilan unumli ishlashimda yordam beradi.”
Ayni damda O’zbekistonda ijtimoiy soha faoliyati turli metodologiyalardan foydalanadigan bir nechta idoralar tomonidan olib boriladi. Ushbu trening ijtimoiy ishni yuritishda yagona baholash instrumentini kiritish bo’yicha ilk qadam bo’ldi

.
3 photo.JPG

Trening O’zbekistonning to’rtta viloyati – Buxoro, Farg’ona, Surxondary va Xorazmda migratsiya ta'sir kơrsatgan oilalar va bolalarni aniqlash va himoya qilishga qaratilgan yangi tashabbusning bir qismidir. Loyiha O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi va UNICEF hamkorligida amalga oshirilib, Evropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan.

UNICEF O’zbekiston Hukumati bilan birgalikda “ijtimoiy xodim” kasbini yaratish bo’yicha ish olib bormoqda. Ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar bilan ishlayotgan soha mutaxasislari orasida ijtimoiy ish ko’nikmalarini tadbiq etish maqsadida UNICEF Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti bilan hamkorlik qilmoqda. Shuningdek, Kolumbiya universiteti ijtimoiy ish bo’yicha mukammallashtirilgan o’quv dasturini ishlab chiqadi.

Marta o’qilgan: 283


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar