11 oktabr - Xalqaro qizlar kuni

Chop etish versiyasi
10 Oktabr 2018

Qiz bola. U baxtli bo'lish uchun tug'ilgan

IDG_FB_14.jpg

Har bir bola o'zining to`liq salohiyatini amalga oshirish uchun adolatli imkoniyatga ega bo`lishga loyiqdir. Biroq butun dunyo bo'ylab gender tengsizligi buni ro’yobga chiqarish uchun qizlar oldida to’siqlar yaratadi. Qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish va ularning huquqlarini amalga oshirishga ko'maklashish maqsadida butun dunyo hamjamiyati 11-oktabrni Xalqaro Qizlar kuni sifatida nishonlaydi.

Kelgusi o'n yil ichida 1 milliard yoshlar, ularning orasida 600 million o'smir qizlar, mehnat bozoriga kirib keladi. Bular orasida rivojlanayotgan mamlakatlarda istiqomat qiladiganlarining 90 foizidan ortig'i norasmiy sektorda ishlay boshlaydi – ular tartibga solinmagan yoki himoyalanmagan ish joylarida, past maoshga yoki umuman bepul mehnat qilishadi. Bunday ish joylarida mehnatni suiiste'mol qilish va ekspluatatsiya umumiy holat hisoblanadi. Eng qiyin vaziyatdagi qizlar, jumladan qishloq joylarda yashaydigan va nogironligi bo’lgan qizlar uchun munosib ish bilan ta`minlanish imkoniyati yanada kam bo’ladi.

Xalqaro qizlar kuni kelgusida ular munosib ish joylariga ega bo’lishlarini ta’minlash maqsadida, qizlarning eng muhim ehtiyojlari va imkoniyatlariga e’tibor qaratish uchun barchamizni birlashtiradi.

IDG_FB_16.jpg

"O'ziga ishonch, muammoni hal qila bilish, jamoada ishlash va tanqidiy fikrlash kabi ko'nikmalar tez o'zgarib borayotgan mehnat dunyosida muvaffaqiyatga erishishning asosiy omili hisoblanadi, biroq ko'plab maktablar "XXI asrga oid ko`nikmalar"ga, ya’ni fan, texnologiya, muhandislik va matematikaga e`tibor bermaydilar, " - dedi Sasha Graumann, UNICEFning O’zvekistondagi vakolatxonasi rahbari. "Qizlarning kelajakdagi ishchi kuchida to'liq ishtirok etishi kasb-hunar bo'yicha gender stereotiplarini bartaraf etishni va ularning munosib ishga ega bo’lishlari yo’lida tizimdagi muammoalrni hal qilishni talab qiladi,"- deb qo`shimcha qildi Sasha Graumann.

IDG_FB_18.jpg

UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi barcha qizlar uchun mavjud ta'lim imkoniyatlarini yanada kengaytirish va yangi yo'llarni ishlab chiqish bo'yicha ish olib bormoqda. UNICEF qizlarning mehnat bozorida munosib o’ringa ega bo’lishlari uchun tayyorlash maqsadida Hukumat va jamoalar bilan birga ishlaydi hamda qizlarning ishga joylashish uchun zarur ko`nikmalarga ega bo'lishga qaratilgan ehtiyojlariga va imkoniyatlarga sarmoya qilishni ilgari suradi.

Global kampaniya doirasida UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi taniqli shaxslar va jamoatchilik bilan ushbu mavzuda bir qator xabarlar, filmlar va televizion dasturlarni ishlab chiqishda hamkorlik qildi.

"Qiz bola. U baxtli bo'lish uchun tug'ilgan" shiori doirasidagi xabarlar gender bilan bog’liq stereotiplarga barham berish hamda har bir qiz o'z salohiyatini to'liq amalga oshirish huquqidan bahramand bo'lishini ta'minlash uchun shaxslar, oilalar va jamoalarni qo'llab-quvvatlashga chaqiradi.

Marta o’qilgan: 607


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar