UNICEF yangi global komikslar tanlovida yovuz qahramonni fosh qiladi

Chop etish versiyasi
10 Oktabr 2018
Tanlov yoshlarning maktablarda zo‘ravonlikka barham berishdagi kuchini namoyish qiladi

UNICEF va Comics Uniting Nations (Xalqlarni birlashtiruvchi komikslar) dasturi bolalar va yoshlarni maktabda va uning atrofida zo‘ravonlikka barham berishda yordamlashish uchun yovuz qahramonni – Loqaydlikni – yengishga da’vat qiladi.

Loqaydlik g‘ayritabiiy kuchga ega qahramon bo‘lib, o‘sha kuchidan maktab va uning atrofidagi zo‘ravonlikka qarshi gapirish va chora ko‘rishga qarshilik qilishda foydalanadi. U Nyu-York shahridagi komikslar tanlovi taqdimotida namoyish qilindi. Joriy haftada UNICEF bilan Comics Uniting Nations shirkatining superqahramon yaratish bo‘yicha komikslar tanlovi boshlanadi. 25 yashar va undan yosh bo‘lgan bolalar va youshlar o‘zlarini maktabda himoya qiladigan va Loqaydlikni yengadigan komiks superqahramonini yaratishga taklif etiladi.

− Gap bolalar xavfsizligi haqida ketganda Loqaydlikka joy bo‘lmasligi kerak, − dedi UNICEFning kommunikatsiya masalalari bo‘yicha direktori Paloma Eskudero. – Biz ushbu ijodkorona tanlov yordamida o‘quvchilar, oilalar va hamjimiyatlarni Loqaydlikka qarshi gapirish va uni yengishga da’vat etamiz deb umid qilyapmiz.

Maktab va uning atrofida mushtlashuv, qo‘rqitish, jinsiy tegajog‘likdan tortib, kaltaklash va zo‘ravonlik bolalarga qaqshatqich zarar yetkashi va uzoq muddatli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Loqaydlik superqahramoniga qarshi kurashni ko‘zlovchi komikslar tanlovi komikslar chizish orqali bolalar va yoshlarni maktablarda #ENDviolence (#Zo‘ravonlikkaBARHAMBERISH), ya’ni zo‘ravonlik holatlarini oshkor qilish va ularga qarshi kurashni rag‘batlantirishga qaratilgan.

Tanlovga kelib tushgan eng yaxshi komikslar 25-oktabrdagi yopilish sanasidan keyin hakamlarning maxsus hay’ati tomonidan – unga komikslar rassomi Gabriel Pikolo va o‘tgan yilgi komikslar tanlovi g‘olibi Sathviga “Sona” Sridhar ham kiradi – saralab olinadi. So‘ngra jamoatchilik 16-25-noyabr kunlari o‘zlari yoqtirgan komiks qahramonlariga onlayn tarzda ovoz beradi. G‘oliblar 2018-yil dekabrida e’lon qilinadi va g‘olib chiqqan g‘oyasini kitobga aylantirish uchun professional rassomlar jamoasi bilan birga ishlaydi. Ularning komikslari 2019-yil iyul oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorgohida dunyo mamlakatlari rahbarlarining barqaror rivojlanish bo‘yicha yuqori darajadagi siyosiy forumida namoyish etiladi, shuningdek, butun dunyo bo’ylab maktablarga va bolalarga tarqatiladi.

Hindistonning Chennay shahrilik 21 yashar Sathviga “Sona” Sridhar 2017-yili UNICEFning ilk superqahramon komikslari tanlovida g‘olib  bo‘ldi. Uning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashuvchi yarim odam-yarim daraxtdan iborat “Yorug‘lik” deb atalgan qahramoni tabiatni tobora isib borayotgan sayyorada qutqarish uchun maxsus kuchini ishlatadi. Tanlovga dunyoning 99 mamlakatidan 2900 ga yaqin komiks kelib tushdi hamda g‘olibni aniqlash uchun 162 ta mamlakatdan 21 000 mingdan oshiq ovoz berildi.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun  https://uni.cf/school-superhero vebsaytiga kiring.

Marta o’qilgan: 202


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar