Toza qo’llar - salomatlik resepti

Chop etish versiyasi
15 Oktabr 2018

15 oktabr - Global qo'l yuvish kuni! Bu yilgi mavzu qo’llarni yuvish va ovqatlanish, xususan oziq-ovqat va ozuqalanish gigiyenasi orasidagi bog’liqlikka bag’ishlanadi.

Global Handwashing Day 2018

Qo'l yuvish oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, kasalliklarning oldini olish va bolalarning kuchli bo’lib o’sishi uchun muhim ahamiyatga ega. "Toza qo’llar – salomatlik resepti" shiorimiz qo’llarni yuvish har bir taomning ajralmas qismi ekanligini eslatadi.

Global qo'l yuvish kunida siz o’zgartirish qila oladigan bir nechta usullar bor:

· Ovqatlanishdan, taom pishirishdan va boshqalarni ovqatlantirishdan avval qo’llaringizni sovunlab yuving.

· Qo’l yuvishni odat qiling hamda boshqalarga ham ovqatlanishdan avval doim qo’llarni yuvish zarurligini eslating yoki ularga yordam bering.

· Oilangizada qo’l yuvish ovqatlanishning bir qismi bo’lsin.

· Xonadoningizda, jamoangizda, maktabingizda va tibbiyot muassasalarida qo’llaringizni yuvish uchun maxsus joylar yarating.

· Samarali bo’lgan qo’l yuvish odatini tadqiqotlar, siyosat, dasturlar va tashviqotda ilgari suring.

Global Handwashing Day 2018

Toza qo’llar – salomatlik resepti!

Marta o’qilgan: 267


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar