O’zbekiston alohida e'tiborga muhtoj bolalarni himoya qilishga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi

Chop etish versiyasi
18 Oktabr 2018

DSC_4517.JPG

O'zbekistonda ijtimoiy jihatdan alohida e’tiborga muhtoj bolalarni himoya qilish bo’yicha chora-tadbirlarni muhokama qilishga bag’ishlangan xalqaro konferensiya Toshkentda o’z ishini boshladi. Ushbu sohadagi milliy siyosat va jahon amaliyoti muhokama qilinadigan ushbu tadbirda Hukumat vakillari va bir qator davlatlardan tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.

Ikki kunlik konferensiya ishtirokchilari qiyin hayotiy vaziyatda qolgan, jumladan ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan hamda qonun bilan ziddiyatdagi bolalarni himoya qilish masalalarini muhokama qiladilar. O’zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini eng ilg’or xalqaro tajriba asosida yanada mustahkamlashga alohida e’tibor beriladi.

O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi va UNICEF birgalikda o’tkazgan baholash natijalari bolalar ijtomoiy himoyasi uchun mas’ul yagona muvofiqlashtiruvchi organni tashkil qilish hamda ijtomoiy xodim kasbini rivojlantirish zarurligini ko’rsatdi. Sog’liqni saqlash, ta’lim va yoshlar masalalari bilan bir qatorda ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash 2017-2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasining ustuvor yo’nalishlari qatoriga kiradi. 

DSC_4455.JPG

“Dunyodagi har bir mamlakat zaif oilalarni va bolalarni aniqlay oladigan, ularning ehtiyojlarini qondiradigan ijtimoiy xizmatlarni ta'minlaydigan va bu xizmatlarni taqdim etishni muvofiqlashtirish va nazorat qilishga qodir bo’lgan bolalarni himoya qilishning kuchli tizimiga sarmoya kiritishi kerak,” dedi UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. “Bolalarni himoya qilishning samarali tizimlari bolalarga nisbatan zo'ravonlik qilish, qo’pol munosabat va beparvolik holatlarining oldini olish va ularga javob qaytarish uchun mavjud tizimdagi kamchiliklarni baholash va muhokama qilish orqali yaratiladi.”

Xalqaro konferensiya Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, “Sen yolg'iz emassan” jamg’armasi, “Oila” markazi va UNICEF tomonidan tashkil etilgan.

UNICEF bolalarni himoya qilish tizimini mustahkamlash va mamlakatning barcha hududlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ahvolini yaxshilash uchun Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiyaning tavsiyalarini bajarish uchun O'zbekiston Hukumati bilan hamkorlik qiladi.

Marta o’qilgan: 287


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar