Muhojir ota-onalar tomonidan tashlab ketilgan himoyaga muhtoj bolalar masalalarini hal etish yo’lida

Chop etish versiyasi
19 Oktabr 2018
O’zbekistonning to’rtta hududu – Buxoro, Xorazm, Farg’ona va Surxondaryoa viloyatlarida migratsiya ta’siriga tushgan bolalar ehtiyojlarini aniqlash maqsadida mehnat muhojirlarining mingta oilalari holati o’rganiladi.

Ushbu tadqiqot O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi va UNICEF birgalikda amalga oshirayotgan hamda Evropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan loyihaning bir qismidir.

O’zbekistonda muhojir ota-onalar tomonidan tashlab ketilgan bolalar to’grisida ma’lumotlar juda kam. Rejalashtirilgan tadqiqot doirasida olinadigan ishonchli ma’lumotlar migratsiyaning salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun tavsiyalar ishlab chiqishda yordam beradi.

Shuningdek, loyiha doirasida yordamga eng muhtoj bolalar va oilalar aniqlanib, zudlik bilan maxsus o’qitilgan guruh tomonidan konsultatsiya va amaliy yordam ko’rsatiladi.

Tadqiqotni o’z vaqtida samarali amalga oshirishni ta’minlash masalalarini muhokama qilish uchun O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi, “Oila” markazi hamda UNICEF ekspertlari joriy yilning 16 oktabrida Toshkentda yig’ilish o’tkazdilar.

“Oz’bekistonda migratsiya ta’siridan aziyat chekkan bolalar to’g’risida ma’lumotning kamligi ularni himoya qilishga yo’naltirilgan dasturlar ishlab chiqishda qiyinchilik tug’diradi,” dedi Furqat Lutfulloyev, UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi bola himoyasi masalalari bo’yicha mutaxassis. “Ushbu tadqiqotning maqsadi nafaqat mehnat migratsiyasining oilalarga bo’lgan salbiy ta’sirini aniqlashga qaratilgan, balki yordamga muhtoj bolalarning muammolarini echish uchni harakatlar rejasini yaratishni ham o’z ichiga qamragan.

Uchrashuvda ishtirokchilar ma’lumot yig’ish usullari, migrantlar oilalari, ayniqsa migratsiya ta’siridagi bolalar bilan ishlashda qo’llaniladigan etik standartlar masalalarini muhokama qilishdi.

1.png

 “Asosiy e’tibor muhojir ota-onalarning bolalariga qaratilgan tadqiqot O’zbekistonda katta miqyosda ilk bor amalga oshirilmoqda” deya ta’kidladi Botir Mavlonov, “Oila” markazi mutaxassisi. “Biz aminmizki, tadqiqot bu masalada chuq’ur tushuncha olish imkoniyatini yaratib, to’plangan ma’lumotlar tahlili asosida ijtimoiy xizmatlarni yaxshilash uchun tavsiyalar yaratishda yordam beradi”.

Marta o’qilgan: 281


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar