O'zbekistonda qonun bilan kontaktda bo'lgan bolalarni himoya qilish

Chop etish versiyasi
22 Oktabr 2018
6.jpg

Ichki ishlar vazirligi tergovchilari, Bosh prokuratura akademiyasi o’qituvchilari va jinoiy ishlar bo’yicha sudyalar jabrlangan va jinoyat guvohi bo'lgan bolalarni so’roq qilishda ularga nisbatan do’stona munosabatda bo’lish borasidagi ilg’or xalqaro tajribani o’rganish uchun UNICEF tomonidan tashkil qilingan treningda ishtirok etdilar.

2016 yildan boshlab O'zbekiston hukumati ko'plab sohalarda, jumladan adliya sohasida keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirmoqda. Jabrlanganlarni va jinoyat guvohlarini himoya qilishni takomillashtirish, shuningdek, ilg’or xalqaro tajribadan foydalangan holda zamonaviy usullarni joriy qilish ushbu jarayonning bir qismidir.

Jabrlangan va jinoyat guvohi bo'lgan bolalar zaif bo’lgani sababli ular alohida himoyaga muhtoj ekanligi ko'pgina mamlakatlarda tan olingan. Shu bois ushbu bolalar bilan suhbatlashish uchun maxsus himoya choralari zarur.

7.jpg

"Bolalarning sud jarayonida ishtiroki ahamiyatli bo’lishi uchun ular uchun do'stona muhit yaratish muhimdir. Shu bilan birga, adliya sohasidagi mutaxassislar ham jabrlanganlar va jinoyat guvohlari bilan ishlashga tayyor bo’lishlari juda muhimdir," - deydi UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. "Ayniqsa tergovchilar, prokurorlar, sudyalar va advokatlar jabrlangan va jinoyat guvohi bo’lgan bolalarni so'roq qilish bo'yicha o'qitilishi kerak. Bu jarayonda bolaga nisbatan do’stona munosabatda bo’lish zaif bolalarni keyingi ma’naviy jarohatlardan himoya qiladi."

UNICEF balog'atga etmagan bolalarga nisbatan adliya tizimidagi islohotlarni amalga oshirishda, xususan, jabrlangan va jinoyat guvohi bo’lgan bolalarni himoya qilish uchun choralar ko’rilishida O'zbekiston Hukumatiga yordam berishga tayyordir.

Marta o’qilgan: 252


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar