O’zbekiston ijtimoiy ish sohasida yangi yondashuvlarni kashf qilmoqda

Chop etish versiyasi
02 Noyabr 2018
photo 2.jpg
Nilufar Muinova uchun ijtimoiy ish keng qamrovli ma’noni o’z ichiga oladi. Uning bir yo’nalishi voyaga etmagan, ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar tomonidan amalga oshiriladigan huquqbuzarliklarning oldini olish deb hisoblaydi. “Nazoratsiz qolgan bolalarga jamiyatda o’z o’rnini topib, sog’lom turmush tarziga qaytishi borasida amalga oshiriladigan choralarni ijtimoiy ish deb belgilayman”, - deydi u.

Oxirgi etti oy davomida Nilufar Muinova Toshkent shahar ichki ishlar Bosh boshqarmasi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko’rsatish Markaziga rahbarlik qilib kelmoqda. Markaz ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni vaqtincha yashash joyi, issiq ovqat va tibbiy yordam bilan ta’minlaydi. Undan tashqari, markaz O’zbekistonda yagona tranzit maqomiga ega bo’lib, chet elda ishlayotgan migrantlarning bolalarini vatanga qaytarish bilan ham shug’ullanadi.

Yaqinda Nilufar AQShning Kolumbiya universiteti ijtimoiy ish maktabi ekspertlari ishtirokidagi ijtimoiy ish masalariga bag’ishlangan treningida ishtirok etdi. Ijtimoiy ish sohasi mutaxassislari hamda nazariyotchilar salohiyatini oshirishga yo’naltirilgan trening O’zbekiston milliy universiteti va YUNISEF hamkorligida tashkil etildi. Olti kunlik kurs davomida Nilufar va boshqa qatnashchilar ijtimoiy ish yo’nalishida malaka oshirib, terapevtik aloqa, keys menejment, etika va dalillarga asoslangan ijtimoiy ish usullari haqida ko’nikmalarga ega bo’lishdi.

Kolumbiya universiteti ekspertlari doctor Timoti Xant va Lyudmila Kim tomonidan misol tariqasida ishlatilgan mashqlar va keyslar tadbir ishtirokchilarining yordamga muhtoj bolalar va oilalar bilan ishlash jarayoniga bo’lgan yondashuvlarini o’zgarishiga turtki bo’ldi. “Misol tariqasida keltirilayotgan keyslarda namoyon etgan har bir holatga aynan ishki ishlar xodimi sifatida emas, ijtimoiy soha xodimi sifatida yondashishni o’rgandim”, - deydi Nilufar. “Chunki biz ichki ishlar idorasi tizimi xodimi bo’lganimizni inobatga olib, yillar davomidagi tajribamizdan kelib chiqqan holda, hamma narsaga qonun tomonidan yondashamiz. Insoniylik jihatlari, inson omili ishimizda birinchi o’rinda tursa ham, baribir ayrim vaziyatlarga ijtimoiy soha hodimi sifatida yondashganda boshqacha fikrlar uyg’onishiga sabab bo’laypti. O’qish davomida men bolaning eng yahshi manfaatlarini hisobga olgan xolda alternativ yondashuvlarni ishlatishni o’rgandim”.
Photo 3.jpg

Dunyoning ko’pgina davlatlari qatorida O’zbekiston ham ijtimoiy ishni kasb sifatida rivojlanishidan manfaatdor. YUNISEF Xukumat bilan ijtimoiy ish sohasini rivojlantirish va sohada kuzatilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida mutaxassislarni qayta tayorlash borasida birgalikda faoliyat yuritmoqda.

Bunga joriy yilning iyun oyida Oliy va o’rta ta’lim vazirligi va O’zbekiston milliy universiteti bilan hamkorlikda boshlangan “Ozbekistonda ijtimoiy ta’lim sohasi salohiyatini oshirish” ijtimoiy soha mutaxassislari imkoniyatlarini kengaytirishga bag’ishlangan loyiha misol bo’ladi. Loyihaning dastlabki bosqichida Kolumbiya universiteti ijtimoiy ish maktabi va YUNICEF yordamida Buxoro, Farg’ona, Samarqand va Toshkent shaharlarida ijtimoiy ish sohasi mutaxassislari orasida so’rovnoma o’tkazildi.

“Biz o’z faoliyatimiz davomida orttirgan tajribamiz, ijtimoiy sohada salohiyatni oshirish bo’yicha boshqa loyihalardan o’rgangan bilimlarimizni Ozbekistondagi mutaxassislar bilan baham ko’rishni istaymiz. Shu bilan bir qatorda O’zbekistonda ijtimoiy sohadagi ehtiyojlarni anglab etish istagidamiz”, - dedi doktor Timoti Xant, Ijtimoiy ish maktabi ilmiy xodimi.

“O’zbekistonda ijtimoiy ish yo’nalishida turli xil sohadan kelgan mutaxassislar, jumladan muhandislik, iqtisodiyot, meditsina va boshqa soha vakillari faoliyat yuritayotganiga amin bo’ldik. Ularga ijtimoiy ish amaliyoti ko'nikmalarini tushunish uchun qo'shimcha ta'lim zarurdir. Biz har bir jabhada – o’quv dasturini moslashtirishdan tortib salohiyatni oshirish bo’yicha ‘trenerlarni o’qitish’ modeligacha yordam berishga tayormiz”, - dedi u.

Ayni damda Ozbekistonning to’rtta universitetida – O’zbekiston milliy universiteti, Farg’ona davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti va Namangan davlat universitetlarida – ijtimoiy ish yo’nalishida diplom dasturlari mavjud. “Ijtimoiy yordam ko’rsatish va professional ijtimoiy ish yo’nalishida chuqur bilimlarsiz ijtimoiy himoya tizimida mavjud bo’lgan muammolarga yechim topish qiyin. Ushbu trening nazariyatchi va faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning salohiyatini oshirishda muhim bosqich bo’lib xizmat qildi”, - dedi Viktoriya Alekseeva, O’zbekiston milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakultetining ijtimoiy ish kafedrasi katta o’qituvchisi.
photo 4.jpg

Nilufar markazda bolalar bilan ishlash uchun ijtimoiy ishlar bo’yicha inspektor lavozimini kiritishni rejalashtirgan. U treningda olgan bilimlarini markazda faoliyat yuritayotgan 61ta xodimi bilan baham ko’rish niyatida.

Markazga qabul qilingan bolalarning ko’pchiligi psihologik jarohatlardan aziyat chekishgani ma’lum bo’ladi. Lekin bolalar markazda kam muddat saqlangani bois, hozirgi kunda markazning ijtimoiy yordam ko’rsatish yo’nalishida vakolatlari cheklangan. Nilufarning orzusi – markazni jahon talablariga mos keladigan bolalar himoyasini ta’minlovchi dargohga aylantirishdir. “Birgina bolani asrab qolganimiz bilan dunyo o’zgarmasligi mumkin, lekin o’sha bola uchun dunyoni o’zgartirgan bo’lamiz”, - deydi u.

Marta o’qilgan: 117


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar