Jahon bolalar kunini nishonlamoqda: Bolalar masalalarini ustuvor qilish vaqti

Chop etish versiyasi
20 Noyabr 2018

photo_2018-11-20_09-52-16.jpg

20 noyabr – inson huquqlari to’g’risidagi tarixda eng keng miqyosda ratifikatsiya qilingan hujjat, ya’ni Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiya qabul qilingan sana. Bu bolalar masalalari bo’yicha erishilgan yutuqlarni sarhisob qilish, bolalarga berilgan va’dalar uchun mas’uliyatni rahbarlarga yana bir bor eslatish, shuningdek hali amalga oshirish zarur bo’lgan ishalrni ko’rib chiqish kunidir.

Ushbu kun har yilu jahon hamjamiyatining birligini ilgari surish, butun dunyoda bolalar masalalari to’g’risidagi xabardorlikni oshirish va ularning farovonligini yaxshilash maqsadida nishonlanadi.

Onalar va otalar, o’qituvchilar, hamshiralar va shifokorlar, hukumat rahbarlari, din arboblari va jamiyat oqsoqollari, xususiy sector mutaxassislari va ommaviy axborot vositalari, shuningdek bolalar va yoshlarning o’zi Jahon bolalar kuni ularning hamjamiyatlari va mamlakatlarida nishonlanishida muhim rol o’ynashlari mumkin.

Ushbu kun butun dunyoda bolalar uchun, bolalar bilan birga ularning hayotlarini saqlab qolish, huquqlarini himoya qilish hamda salohiyatlarini amalga oshirish uchun xizmat qiladi.

Biz har bir bola maktabda ta’lim oladigan, ziyondan himoyalangan va salohiyatini amalga oshirish imkoniga ega bo’lgan dunyoni barpo etishni istaymiz. Bolalar masalalarini ustuvor qilish vaqti keldi.

Bolalar uchun maqbul dunyoni barpo etish uchun mazkur bayram har birimizga muloqot va harakatlar orqali bolalar huquqlarini ilgari surish imkonini beradi.

“Bolalar huquqlari borasida muzokaralar bo’lishi mumkim emas. Biz rahbarlardan har bir bolaning huquqlarini bugun va kelgusi avlodlar uchun amalga oshirish majburiyatini zimmalariga olishlarini iltimos qilamiz. Bolalarni birinchi o’ringa qo’yish va har bir siyosatda ularning huquqlarini e'tiborgadan chetda qoldirmaslik majburiyatini olish vaqtidir,” - deydi Sasha Graumann, UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari. “Bu bolalar uchun hukumatlar, korxonalar, o’quv muassasalari, ommaviy axborot vositalari va boshqa tashkilotlar bilan muloqotda bo’lib, o’z ehtiyojlari, intilishlari va muammolari to’g’risida gapirish hamda o’z ovozlarini eshittirish imkoniyati hamdir.”

2018 yil Jahon bolalar kunining mavzusi – “Tashabbus bolalar qo’lida”. Butun dunyo bo’ylab bolalar hozirgi yosh avlod oldidagi eng dolzarb masalalarga e’tibor qaratish uchun ommaviy axborot vositalarida, siyosat va biznesda, sport va ko’ngilochar tadbirlarda ishtirok etmoqdalar.

Marta o’qilgan: 207


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar