Bolalar dunyodagi rahbarlardan ularning kelajaklarini yanada porloq qilishni so'ramoqdalar

Chop etish versiyasi
21 Noyabr 2018
O'zbekiston bolalari elchixonalar, biznes vakillari va BMT vakolatxonalari bilan uchrashish tashabbusi bilan chiqdilar

Yoshlar, shu jumladan, nogironligi bo'lgan bolalar, OIV bilan yashayotgan qizlar va o'g'il bolalar sifatli ta'lim, o'qish va o'yin uchun xavfsiz joylar, hamda atrof- muhit muhofazasi kabi o'zlarini tashvishlantirgan masalalar haqida Jahon bolalar kunida gapirish uchun bir nechta elchixonalarga, Birlashgan millatlar tashkiloti vakolatxonasiga va Ucell kompaniyasi ofisiga tashrif buyurdilar.

BMTning O'zbekistondagi doimiy vakili Xelena Freyzer, Ucell kompaniyasining bosh direktori Toni Gryunberg va elchilar bilan uchrashganlarida bolalar o'zlarining kundalik turmushlari, o'z orzu-umidlari va ularni rag'batlantiruvchi omillar haqida so'zlashdilar.

Sascha.jpg

"Bugun biz rahbarlardan hamma bolalarning huquqlarini, ya'ni har bir bola maktabda o'qishi, unga zarar etkazilishidan holi bo'lishi hamda o'z salohiyatini to'liq amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'lishi uchun, hozir va kelgusi avlodlar uchun bolalar huquqlarini amalga oshirishni so'rayapmiz. Bolalarni birinchi o'ringa qo'yish va har bir siyosatda bolalarning huquqlarini qayta ko'rib chiqish vaqti keldi,”- deb ta'kidlaji YuNISYeFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. “Bu shuningdek bolalar uchun hukumat, biznes, ta'lim institutlari, ommaviy axborot vositalari va boshqa soha vakillariga o'z ehtiyojlari, istaklari va muammolari haqida gapirish orqali o'z ovozlarini eshittirish imkoniyati hamdir”.

Jahon bolalar kuni har yili 20 noyabrda, Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiya qabul qilingan sanada nishonlanadi. Ushbu kun «bolalar uchun, bolalar tomonidan» global haraktlar kunidir. Jahon bolalar kuni dunyo bo'ylab bolalar huquqlari haqida xabardorlikni oshiradi. O'zbekistonda, ushbu sana bir nechta elchixona va BMT tomonidan bolalarning fikrini tinglash orqali nishonlandi.

Bir guruh bolalar Yaponiya elchisi bilan uchrashganida atrof-muhitni himoya qilish, jumladan Orol dengizi muaamosini muhokama qilishdi. Ular ta'lim muassasalarida zo'ravonlikning oldini olish haqida ham fikr-mulohazalarini bildirishdi.

“Har bir bola va yosh inson o'z qobiliyatga ega bo'lgan tug'ma iste'dod egasidir. Eng muhim narsa – o'zingizga yoqqan kasbni tanlab, o'z iste'dodingizni har kuni rivojlantirishda davom etishdir,”- dedi Yaponiya elchisi Nobuaki Ito.

Bolalar Shveytsariya elchixonasiga tashrif buyurib, yordamga muhtoj bolalarning huququlari, xususan OIV bilan yashayotgan bolalarga yordam berish haqida elchi bilan suhbatlashdilar. Yoshlar stigma, ya'ni OIV bilan yashayotgan insonlarni ajratish masalasini muhokama qildilar.

Shveytsariyaning O'zbekistondagi elchisi Oliver Shaf o'z mamlakatida ta'lim va xabardorlikni oshirishga qaratilgan, davlat tomonidan o'tkazilgan keng qamrovli axborot kampaniyalari haqida gapirib berdi. Elchi ushbu mavzuga bag'ishlangan suhbatlar davom etishiga umid bildirdi.

Swiss.jpg

“Bu juda ham yaxshi tashabbus. Biz odatda bolalar ovoziga quloq solmaymiz, aksincha ularning ovozini eshitishimiz zarur. Ota-ona bo'lgan har bir inson uchun bu jarayon uyda boshlanadi. Bunday aniq fikrlaydigan, o'zlari uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan masalalar haqida bu erga suhbatlashish uchun kelgan bolalarni ko'rish kishini ilhomlantiradi,”- dedi elchi.

Buyuk Britaniya elchixonasida bolalar elchi Kris Allanni ta'lim, ta'lim olish va ish bilan ta'minlanishda qizlar va o'g'il bolalar uchun teng imkoniyatlar, inklyuziv ta'lim va nogironligi bo'lgan odamlarni ish bilan ta'minlash masalalari haqida savollarga tutishdi.

photo 4.jpg

“Bizning bolalar huquqlarini hurmat qilishga va qaror qabul qilishda bolalarni diqqat markaziga qo'yishga bo'lgan ishonchimiz juda katta,” - dedi Britaniya elchisi Kris Allan. “Bu bolalardan juda ham ilhomlandim. Kelajak shu bolalarning qo'lida va bugun ko'rganimdan xulosa qilib aytishim mumkinki, bu kelajak porloqdir,” - deb qo'shimcha qildi u.

Bolalar Janubiy Koreya elchixonasida yoshlarga va bolalar ishtirokiga sarmoya qilish haqida gapirishdi. “Ko'pincha kattalar o'zlarining fikrlarini doim to'g'ri deb hisoblashadi. Biroq, bolalarga quloq solish va ularning fikrini inobatga olish zarur. Ularning fikr va takliflariga befarq bo'lmasligimiz kerak,”- dedi elchixona maslahatchisi Kim Dje U.

Birgalikda O'zbekistonni qo'llab-quvvatlash uchun 280 million AQSh dollari hajmida hissa qo'shuvchi Birlashgan millatlar tashkilotining mamlakatdagi vakolatxonalari rahbarlarini bolalar juda ham jiddiy savollarga tutdilar.

photo 1.jpg

“Jahon bolalar kunida biz nafaqat istak, balki Birlashgan millatlar tashkiloti sifatida bolalarning kelajagi porloq bo'lishi uchun ularni qanday qo'llab-quvvatlashimiz kerakligi haqida o'ylash majburiyatiga egamiz,” - dedi O'zbekiston Respublikasidagi BMTning doimiy koordinatori va BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili Xelena Freyzer. “Bu bolalarning bilim va ko'nikmalarini rivojlantiradigan, ish olamiga va samarali hayot kechirishga hamda kelgusi avlodning ota-onalari bo'lishga tayyorlaydigan kelajakdir.”

Bolalar ishtirok etgan tadbirlardan yana biri biznes olami bilan tanishishlari bo'ldi. Ular O'zbekistondagi aloqa operatori Ucell kompaniyasining markaziy ofisiga tashrif buyurib, yordamga muhtoj bolalarning bandlik masalalariga diqqat e'tiborni qaratishdi. Ucell kompaniyasining rahbariyati turli tadbirlar orqali mamlakatda bolalarning huquqlarini amalga oshirishga o'z hissasini qo'shib kelmoqda.

6.jpg

“Har doim nimanidir yaxshiroq kilish imkoniyati mavjud. Sizlar mamlakat va sayyoraning kelajagisizlar,” dedi Ucell kompaniyasining ijrochi direktori Toni Grunberg. “Sizlarning ovozlaringizni eshitish juda muhim, chunki sizlar yoshlar uchun nima va qay tarzda yaxshiroq qilinishini bilasizlar. Kelajak sizlarning ko'lingizda, biz esa o'z vazifamizni bajaryapmiz holos.”

“Bugun biz uchun ajoyib kun bo'ldi,” - dedi tadbir ishtirokchilaridan biri, maktab o'quvchisi Nargiza Kutlieva. “Biz ta'lim, yoshlarning salomaligi va rivojlanishi haqida ko'p narsa o'rgandik, O'zbekiston bolalarining farovon hayoti haqida o'z fikrlarimiz va o'ylarimiz bilan o'rtoqlashdik. Eng muhimi - bizning ovozimiz e'tibogra olindi.”

Marta o’qilgan: 202


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar