Yoshlar gender asosidagi zo'ravonlikni to'xtatish borasidagi fikrlarini bildirmoqdalar

Chop etish versiyasi
22 Noyabr 2018
photo_2018-11-22_16-41-39.jpg

Bir guruh yoshlar UNICEF va O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi hamkorligida tashkil etilgan "Yoshlar bilan muloqot" tadbirida ishtirok etdilar. Bir qancha tashkilotlar 25 noyabrdan 10 dekabrga qadar "Gender asosidagi zo'ravonlikka qarshi kurashda faollikning 16 kuni" nomli kampaniyada ishtirok etish uchun birlashmoqdalar. "Yoshlar bilan muloqot" yoshlarga qay tarzda gender asosidagi zo'ravonlikning oldini olish va uni bartaraf etish uchun har bir inson nima qila olishi mumkinligi borasida o'z qarashlarini muhokama qilish uchun platformani taqdim etdi.

Yoshlar gender asosidagi zo'ravonlik haqida o'z fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashdilar. Yoshlar bu borada o`zlarining va o'z tengdoshlarining boshidan o`tgan tajriba haqida gapirdilar. So'zga chiqqanlar gender asosidagi zo'ravonlikning butun dunyoda va O'zbekistonda qizlar va yosh ayollarga bo`lgan salbiy ta'sirini ta'kidladilar.

Tadbir qatnashchilari yosh ma'ruzachilar va xalqaro ekspertlarni tinglab, ayol va qizlarga ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi zo'ravonlikning barcha shakllarini yo'q qilish zarurligini muhokama qildilar.

"Global tadqiqotlar qizlar va ayollarga qarshi zo'ravonlik barcha jamiyatlarda mavjud ekanligini isbotladi. Ko'pchilik odamlar zo'ravonlikni muqarrar deb qabul qiladi. Ko'pincha zo`ravonlik hodisalari haqida qo'rquv va uyalish sababli xabar qilinmaydi," - dedi UNICEFning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. "Ko'plab mamlakatlarda so'nggi yillarda erishilgan taraqqiyotga qaramay, bolalarga nisbatan zo'ravonlik bo'yicha aniq ma'lumotlar cheklangan, bu esa ko'pgina mamlakatlarning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishiga to'sqinlik qiladi"-deb qo`shimcha qildi u.

Tadbirda ishtirok etgan O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi vakili Dilorom Qo’zieva Hukumat qizlarni va ayollarni oiladagi zo'ravonlikdan himoya qilishga sodiq ekanligini yana bir bor takidladi.

Marta o’qilgan: 219


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar