"Yoshlar bilan muloqot" ko’pchilik ko’z yumadigan gender zo`ravonlik masalasiga bag’ishlandi

Chop etish versiyasi
30 Noyabr 2018
photo_2018-11-22_16-42-02.jpg

Jahon bolalar kuniga bag`ishlangan tadbirlardan so'ng, UNICEF Toshkentdagi "Kitob Olami" do’konida “Yoshlar bilan muloqot”ni tashkil qildi. Yoshlar, ekspertlar va hukumat vakillari, ko'pincha e'tibordan chetda qoladigan mavzu, gender zo'ravonlik haqida ochiq va muhim muhokamada qatnashish uchun to'plandilar.

Spikerlarning yorqin to'q sariq rangdagi sharflari bu oy nishonlanadigan “Gender zo`ravonlikka qarshi 16 kun faollik” nomli xalqaro kampaniyaga sodiqlik ramzi sidatida namoyon bo'ldi.

UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann tadbirni ochar ekan, yaqinda UNICEFning global hisobotidagi bir qancha tashvishlantiruvchi faktlarni keltirdi. Hisobotga ko'ra, 38ta past va o'rta daromadli mamlakatlarda 17 millionga yaqin ayollar bolalik davrida jinsiy zo'ravonlikdan jabr chekkan. Yevropaning 28ta mamlakatida deyarli 2,5 million yosh ayollar 15 yoshga to'lmasidan oldin jinsiy zo'rlash qurboni bo'lganliklarini aytishgan. Hisobotda aytilishicha, gender zo'ravonlikdan aziyat chekkan qizlarning faqatgina 1 foizi professional yordam uchun murojaat qilgan.

O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi bo'lim rahbari Dilorom Kuziyeva O'zbekistonda ham gender zo'ravonlik muammosi mavjudligini ta'kidladi. U ayollarga oiladagi zo'ravonlik haqida xabar berish uchun 1146 ishonch liniyasi va oiladagi zo'ravonlik holatlarini aniqlash, maslahat berish va vaziyat yomonlashishining oldini olish uchun har bir mahallada mutaxassis yordami tashkil qilinganligi haqida gapirdi. U shuningdek, zo'rovonlikdan jabr chekkan ayollar uchun O'zbekiston bo'ylab 130ta ijtimoiy reabilitatsiya markazlari tashkil qilinganligi va u yerda ayollar ijtimoiy va ruxiy yordam olishlari mumkinligi haqida gapirib o'tdi.

Spikerlardan bir nechtasi gender zo'ravonlik bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy hikoyalarini aytib berdilar.

Ayollar huquqlarini himoya qilish bo'yicha chempion Faina Yagafarova bolaligi jismoniy va psixologik jihatdan zo'ravon bo'lgan otasidan qo'rqishdan iborat bo’lganligini so’zlab berdi.

"Otam bizni kaltaklar edi. U o'zining bunday xulqi uning oilaning boshlig'i sifatidagi huquqi deb o'ylardi. Onam qo'shnilarnikiga yugurib chiqib, ulardan yordam so’raganida ham bizga hech kim e’tibor bermagan. Ular qoshinilar oiladagi janjallarga aralashish huquqiga ega emas deb o’ylar edilar."

Toshkent shahrida yashovchi frantsuz-ruandalik psixolog Annik Keytesi-Jozan, Parijda inson savdosi qurboni bo'lmish, fohishalik bilan shug'ullanishga majburlangan qizlar bilan ishlagani haqida gapirdi. Xorijda yaxshiroq hayot kechirishni orzu qilgan qizlar odam savdosiga yoliqishlari, zo'ravonlikning bu turi dunyo bo'ylab ro'y berayotganini, bu esa qizlarfa psixologik va jismoniy azob yetkazishi muqarrarligini ta'kidladi. “Teskari o'girmang. Bu qizlar ko'rinmas bo'lmasligi kerak,”-dedi Annik Keytesi-Jozan.

Farmatsevtika litseyining talabasi Kseniya Yeroshikina va ayollar huquqlari bo'yicha yana bir chempion Anastasiya Cherepanova, jinsiy va jismoniy zo'ravonlikning ruxiy oqibatlari va ular bir jamiyatda yashaydigan erkaklardan kundalik ravishda qo'rqib yashashlari haqida gapirishdi. Ular qatnashchilarga o'zlari erta yoshlaridan “ortiqcha e`tiborni” tortishning oldini olish uchun konservativ tarzda kiyinishga majbur bo`lganligi haqida va ular bunday "jabrlanuvchi ayblovlar"ni qabul qila olmasliklari haqida gapirdilar.

UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasida ijroji asistent lavozimida ishlovchi Shaxnoza Zafari ham oilada otasi zo'ravon bo'lgani haqida gapirib berdi. U qatnashchilarni o'zlarining noto'g'ri qarashlari haqida o'ylashga chorlab, ba'zi qiyin savollarni berdi: “Agar qiz bolaga hujum qilinsa, u nima kiyimda bo`lgan ekan deb so'raysizmi? Agar uyda ayol kaltaklansa, unda u o'z vazifasini yaxshi bajarmabdi deb aytamizmi?” U o'zgarish faqatgina oilalarda o'z o'g'lilariga ayollarni hurmat qilish va qizlarini o'z hayotlari uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olish huquqini berishganidagina sodir bo'lishi mumkinligi haqida taklif berdi.
“Shunday bir ibora bor, "O'g'il bola tarbiyalasangiz, bitta insonni tarbiyalaysiz. Agar qiz bolani tarbiyalasangiz, siz millatni tarbiyalaysiz.” "Keling, qanday millatni tarbiyalayayotganimiz haqida o'ylab ko'raylik.”

Dilorom Kuziyeva Xotin-qizlar qo'mitasi tomonidan oilalar bilan amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar haqida so'zlab berdi. U ayollar mehnat faoliyatiga qarshi chuqur o'rnashib qolgan qarashlarni o'zgartirish borasidagi qiyinchiliklarni ham aytib o’tdi. U ishtirokchilarga o'zlarining hikoyalari va fikrlarini ochiq ifoda etganligi uchun minnatdorchilik bildirdi va har kim, jumladan rahbarlar ham o'z fikrini va tushunchasini qayta ko’rib chiqishi zarurligini aytdi va bu borada ayollarning mahalla miqyosidagi uchrashuvlarini qo'llab-quvvatlashni so'radi.

18 yoshli Muhammadjon onasi, otasi tomonidan, oilada zo'ravonlikdan azob chekkani haqida, ammo uni tark etishga qodir bo'lganidan keyin, hayotlari ancha yaxshilangani haqida gapirib berdi. "Agar oilada muammolar mavjud bo'lsa, oila ushbu muammo bilan yolg'iz qolmasligi kerak,"- dedi u va Xotin-qizlar qo'mitasiga otasini fe'l atvorini o'zgartirishga yordam bergani uchun o'z minnatdorchiligini izhor etdi.

Shaxnoza Zafari "Yoshlar muzokaralari"ni quyidagi taklif bilan yakunladi. "Gender zo'ravonlik keng tarqalgan. Bu, biz hammamiz biladigan ochchiq va achchiq haqiqat, ammo biz bu tog’risida sukut saqlaymiz. Ayollarga sabr qil, chida deb, ular hisobidan mavjud muammo va kamchiliklarni berkitmaylik."

Marta o’qilgan: 274


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar