Ekspertlar O'zbekistondagi sog’liqni saqlash muassasalarida infeksiyalarning oldini olish masalalarini muhokama qilishmoqda

Chop etish versiyasi
29 Noyabr 2018
00795.JPG

Sog’oqni saqlash tizimi bilan bog’iq bo’lgan infeksiyalar dunyoning barcha mamlakatlarida dolzarb muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Kasalxonalarda dezinfeksiyalash va sterilizatsiyani ta’minlash global miqyosdagi muhim vazifadir.

Xalqaro tadqiqotlarning natijalariga ko’ra, kasalxonaga yotqizilgan bemorlarning 5-20 foizi mazkur tibbiyot muassasalarida infeksiyalarni yuqtiradi. Shuning uchun sog'liqni saqlash tizimining strategik maqsadi tibbiy xizmatlar sifatini va bemorning xavfsizligini ta'minlashdir.

Ushbu masalani hal etish maqsadida 2018 yilning 29-30 dekabr kunlari Sog'liqni saqlash vazirligi Toshkentda sog'liqni saqlash mutaxassislari, shunindek qaror qabul qiluvchi mas’ul xodimlar ishtirokida konferensiyani tashkil etdi. Ushbu tashabbus UNICEF tomonidan qo'llab-quvvatlandi.

“Sog’liqni saqlash tizimi bilan bog’liq yuqumli kasalliklarning profilaktikasiga zamonaviy yondoshuvlar” nomli konferensiya ishtirokchilari kasalxonalarda infeksiyalarni yuqtirishning oldini olish borasidagi muammolarni hamda ularni hal etishga qaratilgan asosiy strategiyalarni muhokama qilishdi.

Ishtirokchilar, shuningdek, mamlakatdagi OIV bilan bog'liq vaziyatni muhokama qilishdi. Milliy va xalqaro sog'liqni saqlash mutaxassislari OIV profilaktikasi va ushbu virus bilan yashayotgan insonlarga sifatli tibbiy yordam ko'rsatish yo'llarini muhokama qilishdi.

Marta o’qilgan: 92


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar