Endi noumid bo‘lmasdan, hayot kechirishning vaqti keldi

Chop etish versiyasi
01 Dekabr 2018
3 photo.jpg

Anya, 14 yoshda, Toshkent

Mening onam bor edi. U qandli diabetga chalingandi, otam esa sog‘lom bo‘lgan. Men tug‘ilganimda, otam bizni tashlab ketdi. Men og’ir kasal bo‘lib qoldim va shu bois onam doimo meni bir shifoxonadam boshqasiga olib yurgan. Menimcha, aynan o‘shanda tibbiy muolajalar jarayonlarida menga OIV infeksiyasi yuqqan.

Onam 2015 yilda vafot etdi, shunda meni va akamni 23-sonli Mehribonlik uyiga jo‘natishdi. Akam mendan bir yosh katta. Xastaligim ma’lum bo‘lganida, meni kasalxonaga yuborishdi. 2015 yil 16 aprelda men qanday kasallikka chalinganligimni bildik. Men uch oy shifoxonada yotdim, bu yerda menga ARV-terapiyani tayinlashdi.

Keyinroq esa buvim akamni bolalar uyidan, meni esa kasalxonadan o‘z uylariga olib ketdilar. Biz oddiy maktabga o‘qishga boradigan bo‘ldik. Buvim men OIVga chalinganligimni bilganlarida yurak hurujiga uchradilar. So‘ng meni uyda bilim olish shakliga o‘tkazishdi, chunki madim yo’q edi, maktabda dars vaqtida uxlab qolardim, shu bois menga doimo tanbeh berishar edi. Sentyabr oyidan boshlab men yana maktabga qatnayman.

Akam men qanday xastalikka uchgaranligimni biladi, lekin unga baribir. Onam vafot etgandan keyin oramizdagi munosabat yomonlashdi. Akam menga «O‘zinga o‘zing qarashing kerak» deb aytdi. Men unga «Yaxshi, hammasini o‘zim qilaman, faqat menga xalaqit bermang» deb javob berdim.

UNICEF tomonidan o‘tkazilgan treningda esa o‘z xastaligim to‘g‘risida to‘liq tushunchaga ega bo‘ldim. Men o‘zimga o‘xshaganlar bilan uchrashishni xush ko‘raman. Barchamizga o‘zaro muloqot yetishmayapti. Ularning orasida do‘st orttirish, kelgusida esa – o‘z juftini topish mumkin. Sog‘lomlar orasida esa haqiqiy do‘stni topib bo‘lmaydi, chunki ular o‘zlarini mendan olib qochadilar. Sinfdoshlar orasida ham do‘st topish amri mahol, chunki ular mening OIVga chalinganligim to‘g‘risida boshqalarga aytib qo‘yishlari mumkin.

Bu jarayonda eng qiyini – doimo bir vaqtda dori-darmonlarni qabul qilish. O‘z kasalligim to‘g‘risida bilganimdan boshlab juda ko‘p salbiy his-tuyg‘ularni boshdan kechirdim. Vafot etganlari uchun onamdan achchiqlandim. Bizni tashlab ketganlari uchun otamdan xafa bo‘ldim. Menda OIV infeksiyasini aniqlaganlari va ARV-terapiyani tayinlaganlari uchun shifokorlardan g‘azablandim. O‘zimdan boshqa, butun dunyoga jahl qildim. Lekin treningda qatnashib, endi jahl qilish va tushkunlikka tushishni yig‘ishtirib, oddiy hayot kechirishni boshlash kerakligini tushundim.

Marina Andreyevna, Anyaning buvisi

Bu uch yil oldin sodir bo‘ldi. Qizim qandli diabet kasalligi sababli vafot etganidan so‘ng, uning farzandlari Mehribonlik uyiga tushib qoldilar. Keyin esa nabiram OIVga chalingaligi ma’lum bo‘ldi. Nabiram uchun shifoxonada davolanish muolajalarini tayinlashdi. So‘ng men uni uyimga olib ketdim. Uni dispanser ro‘yxatida qayd qildilar, ARV-terapiyasi va OIV infeksiyasiga qarshi maxsus davolashni tayinladilar. Nabiram bu xastalik unga qayerdan kelib qolganligi, nima uchun har kuni dori ichishi lozimligini tushunmasdi, chunki u atigi 10 yoshda edi.

Anyada ruhiy izdan chiqishlar kuzatildi. Masalan, yangi 2018 yilni nishonlagandan keyin u uy vazifalari yozilgan barcha daftarlarini yirtib tashladi. Maktabdagi barcha darslarda o‘tirishga chiday olmasdi. Shuning uchun men uni uy sharoitida o‘qishga o‘tkazdim.

Bizga yaxshi odamlar, asosan, shifokorlarning ko‘magi katta yordam beryapti. Maktabda bir oz qiyinroq, chunki bolalar har xil, ularning har biri ham nosog‘lom sinfdoshiga achinmaydi. Bizga Toshkentdagi OIV bilan yashovchi bolalar va ularning oilalalarni qo’llab-quvvatlash kunduzgi markaziga borishga biz ARV-preparatlarini olayotgan poliklinikaning psixologi maslahat berdi. U yerda esa bizni UNICEF tomonidan tashkil etilgan treningga taklif qilishdi.

Avvallari nabiram hech kimni ko‘rishni istamasdi. Treningda esa ilk bor o‘zi kabi OIVga uchragan ko‘p tengdoshlari bilan uchrashdi. Yorqin taassurotlarga ega bo‘ldi! Uning ko‘zlarida yana yashashga bo‘lgan qiziqish paydo bo‘ldi. Uni ko‘rib, men ham xursand bo‘lyapman. Ushbu trening tufayli nabiram va men yana do‘stlashib qoldik. Uning xastaligi va kelajak to‘g‘risida ochiqchasiga so‘zlashadigan bo‘ldik. Baxtimga, nihoyat u xastaligini turmush tarzi sifatida qabul qiladigan bo‘ldi. Endi biz barcha qiyinchiliklarni birgalashib yengishga harakat qilamiz.

Marta o’qilgan: 122


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar