Hamma gap imkoniyatlarda: Nogironligi bo’lgan insonlarni tinglash va ularni eshitish

Chop etish versiyasi
03 Dekabr 2018
World disability day.jpg

3 dekabr – Xalqaro nogironligi bo’lgan insonlar kuni – har yili nishonlanuvchi sana bo’lib, undan ko’zlangan maqsad siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning barcha jabhalarida bunday insonlarning huquqlarini targ’ib qilishdan iborat. Ushbu bayramga 1992 yilda asos solingan bo’lib, o’sha davrdan bo’shlab doimo asosiy e’tibor nogironlarning muammolari omma tomonidan tushunilishiga ko’maklashish hamda bunday insonlarning sha’ni hamda huquqlari qadrlanishi va ularning farovon hayot kechirishlari uchun zarur sharoitlarni ta’minlab berishga qaratib kelinadi.

2018 yilda ushbu sana “Nogironlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, inklyuzivlik va tenglikni ta’minlash” shiori ostida nishonlanmoqda. Bunda asosiy e’tibor inklyuziv, adolatli va barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun nogiron insonlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratliadi.

Xalqaro nogironligi bo’lgan insonlar kunida UNICEF va BMT Taraqqiyot Dasturi tashkilotlarining O’zbekistondagi vakolatxonalari ‘Ilhom’ teatrida ‘Faollashtirish 2.0’ forumini o’tkazmoqdalar. Mazkur tadbir doirasida ijtimoiy jihatdan turlicha bo’lgan nogiron insonlar o’zlari duch kelayotgan muammolar haqida hamda to’siqlarni qanday yengib o’tganlari xususida gapiradilar. Ularning ta’kidlashicha, nogiron insonlarga teng imkoniyatlar taqdim etilishi ularga o’z salohiyatlarini to’laqonli nampyish etishga imkon beradi.

Shu kunning o’zida Ilhom teatrida ‘BIZ-Inklyuziv’ deb nomlanuvchi ko’rgazma o’z ishini boshlaydi. Ushbu ko’rgazma mutasaddi rahbarlar hamda ommaga nogiron insonlarning, xususan, nogiron bolalarning hayotiga nazar solish imkonini beradi. Ko’rgazma shu yilning oxiriga qadar omma uchun ochiq bo’ladi.

Mazkur sanaga bag’ishlangan tadbirda 100 ga yaqin ishtirokchilar, jumladan nogiron bolalar, ularning ota-onalari, hukumat rasmiylari, vazirliklar, fuqarolik jamiyati hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashadilar.

Marta o’qilgan: 200


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar