Qobiliyatlar haqida: Nogironligi bo'lgan insonlarni tinglab

Chop etish versiyasi
04 Dekabr 2018
photo_2018-12-04_09-50-58.jpg

Nogironligi bo'lgan insonlar hayotlaridagi to'siqlar va yutuqlari to'g'risida so'zlashmoqda

Xalqar nogironligi bo'lgan insonlar kunida 100ga yaqin ota-onalar, yoshlar, hukumat vakillari, nogironlar jamiyatlari a'zolari va BMT vakolatxonalari xodimlari birgalikda nogironligi bo'lgan insonlarning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning har bir jabhasidagi huquqlari va farovonligini ilgari surish uchun yig'ildilar.surish uchun yig'ildilar.

photo_2018-12-04_09-51-24.jpg

BMTning O'zbekistondagi jamoasi ‘Ilhom’ teatrida ‘Activation 2.0’ – ‘Faollashtirish 2.0’ nomli forumni o'tkazdilar. Nogironligi bo'lgan insonlar o'zlari duch kelayotgan to'siqlar, shu bilan birga qiyinchiliklarni engib erishgan yutuqlari to'g'risida so'zlab berdilar. Ular inklyuzivlik nogironligi bo'lgan insonlar o'z salohiyatlarini to'liq amalga oshirishlari uchun ko'plab imkoniyatlar berishini ta'kidladilar.

photo_2018-12-04_09-50-22.jpg

“Nogironlik atrofimizda. Afsuski, dunyo miqyosida nogironligi bo'lgan 1 milliard isonlarning juda ko'pchiligi hali ham nazardan chetda qolmoqda, ularning ehtiyojlari va manfaatlari ko'rinmas bo'lib qolmoqda, ularning hissalariga e'tibor berilmayapti, hamda mehnat mahsuldorligi talab qilinmayapti,”- dedi BMTning O'zbekistondagi doimiy vakili Xelena Freyzer. Shuningdek, u BMT hukumat va nogironlar jamiyatlari bilan birgalikda nogironligi bo'lgan insonlar to'g'risidagi qonun loyihasi ustida ishlayotganini ham aytib o'tdi.

‘Faollashtirish 2.0’ forumi boshlanishidan oldin ‘Ilhom’ teatrida ‘Biz:Inklyuziv’ deb nomlangan ko'rgazma ochildi. Ushbu ko'rgazma qaror qabul qluvchi mas'ul shaxslar va xalqaro tashkilotlar uchun nogironligi bo'lgan insonlar hayotiga nazar solish imkonini beradi. Muhim nomalarni e'tiborni jalb qiladigan tarzda etkazish uchun Ucell telekommunikatsiyalar operatori ko'rgazmaning multimedia qismini tashkil etishda ko'mak berdi.

photo_2018-12-04_09-50-33.jpg

“Nogironligi bo'lgan bolalalarni muassasalarga joylashtirish, ularni oilalaridan ajralgan holda yashashlari ehtimoli nogironligi bo'lmagan bolalarga nisbatan 74 barobar ko'pdir,” – dedi UNICEFning O'zbekistndagi vakolatxonasi rahbari o'rinbosaoi Afshin Parsi. U nogironligi bo'lgan insonlar, jumladan bolalar ahvolini yaxshilash uchun nimalar zarur ekanligini belgilashda chuqur tahlil zarur ekanligini ham ta'kidladi.

photo_2018-12-04_09-50-55.jpg

3 dekabr – Xalqaro nogironligi bo'lgan insonlar kuni har yili ularning barcha sohalardagi huquqlari va farovonligini ilgari surish maqsadida nishonlanadi. Ushbu kunning 2018 yildagi shiori - ‘Nogironligi bo'lgan insonlarning imkoniyatlarini kegaytirish hamda inklyuzivlik va tenglikni ta'minlash’. Bu kun nogironligi bo'lgan insonlarni inklyuziv, teng huquqli va barqaror rivojlanishdagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan.

photo_2018-12-04_09-51-05.jpg

Shu kungacha 177ta mamlakat Nogironligi bo'lgan insonlar huquqlari to'g'risidagi konventsiyani ratifikatsiya qilgan. O'zbekiston ushbu konventsiyani imzolagan bo'lib, uni ratifikatsiya qilish nogironligi bo'lgan insonlar huquqlari masalalari har tomonlama hal etilishini ta'minlaydi.

Marta o’qilgan: 196


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar