O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Yevropa Komissiyasi va UNICEF tabiiy ofatlarga duchor bo‘lgan hududlar aholisining eng himoyalanmagan guruhlarini himoya qilish maqsadida qaytadan hamkorlik qilishni boshlaydilar

Chop etish versiyasi
27 Iyul 2010
Pres reliz

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Yevropa Komissiyasi va UNICEF tabiiy ofatlarga duchor bo‘lgan hududlar aholisining eng himoyalanmagan guruhlarini himoya qilish maqsadida qaytadan hamkorlik qilishni boshlaydilar

TOSHKENT, O‘zbekiston, 2010 yil 27 iyul. - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Yevropa Komissiyasi va UNICEF tomonidan tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish yuzasidan boshlab yuborilgan yangi loyiha tufayli butun mamlakat bo‘ylab xatar darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda yashovchi yuzlab bolalar va ayollar yanada yaxshiroq himoyalangan bo‘ladilar.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va UNICEF o‘rtasida 2010-2015 yillarda Hamkorlik bo‘yicha Mamlakat Dasturini amalga oshirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi. Loyiha tabiiy ofatlarga shaylikni oshirish hamda bolalarni va ularning hamjamiyatlarini tabiiy ofatlardan himoyalash va xavfsizligini ta’minlashga urg‘u bergan holda markaziy va mahalliy miqyosda javob choralar ko‘rish borasidagi milliy sa’y-harakatlarga ko‘maklashadi.

O‘zbekiston tabiiy ofatlarga jiddiy duchor bo‘lgan hududda joylashgan. Zilzilalar, suv toshqinlari, qurg‘oqchilik va ko‘chkilar millionlab odamlar hayotiga daxl qilishi mumkin bo‘lgan asosiy tahdidlar hisoblanadi. Tabiiy ofatlarning vayron etuvchi oqibatlarini imkon qadar kamaytirish yo‘lida mahalliy aholi, ayniqsa, bolalar orasida xavfsizlik va barqarorlik madaniyatini shakllantirish o‘ta muhim ahamiyatga ega.

Loyiha “Markaziy Osiyo va Kavkazda himoyalanmagan aholi guruhlari va institutlari orasida tabiiy ofatlar xatarini kamaytirishga ko‘maklashish” mintaqaviy tashabbusi doirasida UNICEF va gumanitar yordam bo‘yicha Yevropa Komissiyasi Departamentining (ECHO) ko‘magida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu dastur dastavval O‘zbekistonda sinab ko‘rilgan, so‘ng esa asta-sekin Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlariga tarqatilgan.

”Biz milliy va mintaqaviy darajalarda dasturni kengaytirishni ma’qullaymiz va ushbu hujjatni tabiiy ofatlarga shay turishning muhim hayotiy masalalari bo‘yicha butun dunyo bilan muloqotimizni kengaytirish borasidagi qulay imkoniyat sifatida ko‘ramiz”, - deb ta'kidladi UNICEF va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘rtasida kelgusidagi hamkorlik haqidagi bitimni imzolash chog‘ida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha vazir o‘rinbosari Hakimjon Abdulazizov. U mamlakatning to‘qqizta mintaqasidagi xatar darajasi yuqori bo‘lgan 36ta hududlarida joylashgan mahalliy hamjamiyatlar va maktablarning tabiiy ofatlarga shayligini oshirishda UNICEF tomonidan ko‘rsatilgan yordamni mamnuniyat bilan e'tirof etdi.

“Hozirgi vaqtda butun O‘zbekistonda bolalar va ayollarning hayotini yaxshiroq himoya qilishimiz uchun asosiy maqsad tabiiy ofatlarga shaylik va xatarni kamaytirish masalalarini tubdan yangi darajaga olib chiqish va bu sohaga innovatsiyalarni joriy etishdan iborat», - deya ta’kidladi UNICEF vakili o‘rinbosari Oyuunsayxan Dendevnorov.

Yangi loyiha doirasida UNICEF O‘zbekiston Hukumatiga tabiiy ofatlar xatarlarini boshqarishdagi mavjud strategiyalarni mustahkamlash va mahalliy harakatlar rejalarini ishlab chiqishda yordam ko‘rsatishni davom ettiradi. Maktab direktorlari, o‘qituvchilar va maktablarning boshqa xodimlari tegishli bilimlarni orttirishlari va tabiiy ofat yuzaga kelgan vaziyatda chora ko‘rishga qodir bo‘lishlari maqsadida ta’lim sohasida tabiiy ofatlarga tayyor turish va xatarni kamaytirish masalalarini butkul joriy etish uchun yanada samarali sa’y-harakatlar qo‘llaniladi.

Ofatlar xatarini kamaytirishga moyillikni mustahkamlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadlaridagi advokatsiya choralari markaziy, mintaqaviy va mahalliy miqyosda ta’lim va favqulodda vaziyatlarni boshqarish uchun mas’ul bo‘lgan hukumat mansabdor shaxslarining salohiyatini mustahkamlash choralari bilan to‘ldiriladi. Bolalar, ularning ota-onalari va hamjamiyatlar orasida jamoatchilik xabardorligini oshirish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy ofatlardan himoyalanish borasida ularning salohiyatini kuchaytirish loyihaning ajralmas qismi bo‘lib qoladi.

Mazkur loyiha 2011 yilning avgust oyigacha davom etadi. Loyiha Sog‘liqni saqlash va Xalq ta’limi vazirliklari hamda ularga hisobot beruvchi muassasalar, mintaqaviy davlat boshqaruvi organlari, nohukumat tashkilotlar va boshqa mahalliy institutlar bilan yaqin hamkorlikda ish olib boradi.

Marta o’qilgan: 153


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar