Ona va bola salomatligini yaxshilashga qaratilgan umummilliy tashabbusni amalga oshirish tadbirlari boshlab yuborildi

Chop etish versiyasi
22 Noyabr 2012
3 3 Fotosuratlar

Toshkent, O‘zbekiston, 2012 yil 22 noyabr. – Bugun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, UNICEF va Yevropa Komissiyasi sog‘liqni saqlash sohasida ilg‘or islohotlarni amalga oshirish va salomatlikni mustahkamlash bo‘yicha oilalar va hamjamiyatlar amaliyotini va tibbiy yordam sifatini yaxshilash yo‘li bilan butun mamlakatdagi onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash bo‘yicha yangi qo‘shma tashabbus boshlab yuborilganligini e’lon qildilar.

Loyiha bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, UNICEF va Yevropa Ittifoqi (YI) o‘rtasidagi shartnoma joriy yilning iyul oyida imzolandi. Ushbu shartnoma Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida 2008-2011 yillar davomida amalga oshirilgan «Ona va bola salomatligi muhofazasini yaxshilash» nomli innovatsion loyiha mazkur taraflar o‘rtasidagi muvaffaqiyatli va mustahkam hamkorlik davom etayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.

O‘zbekistonning sakkizta mintaqacida amalga oshirilgan ushbu loyiha tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasidagi yondashuv va sifat tub o‘zgarishiga yordam berdi. Loyiha ona va bola salomatligi muhofazasi borasidagi islohotlarning yanada rivojlanishiga hissa qo‘shdi hamda onalar va bolalar sog‘liqni saqlash xizmatlaridan teng ravishda bahramand bo‘lishlari imkoniyatlarini kengaytirishni ta’minlashning samarali yo‘llarini taklif qildi. Loyiha doirasida 17 mingdan ortiq tibbiyot xodimlari barpo etilgan 17та o‘quv markazlarida o‘z ko‘nikmalari va bilimlarini yaxshiladilar. Biroq eng muhimi – loyiha yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bolalar barcha bosqichlarda, xususan homiladorlik davrida va bola tug‘ilganidan keyin parvarishlash bo‘yicha tegishli tadbirlar majmui bilan ta’minlanishi chaqaloqlar kasallanishi va nobud bo‘lishini jiddiy qisqartirishi mumkinligini, bu esa, o‘z navbatida, mamlakat Mingyillik rivojlanishning 4- va 5- maqsadlariga erishishga yaqinlashishini isbotladi.

«Ona va bola salomatligi muhofazasini yaxshilash» loyihasining ikkinchi bosqichi 100га yaqin hukumatlar, jumladan O‘zbekiston hukumati, hamda xususiy sektor, fuqarolik jamiyati va diniy tashkilotlarning ko‘pgina vakillari UNICEF bilan hamkorlikda «Bolalar omonligini ta’minlash ishiga sodiqlik. Majburiyatlarni tasdiqlash» harakatiga da’vatni qo‘llab-quvvatlagan strategik davrga to‘g‘ri kelmoqda.

Yevropa Ittifoqi moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlayotgan loyihaning ikkinchi bosqichi endilikda uch yildan ortiq davr mobaynida butun mamlakat bo‘ylab amalga oshiriladi va 13 mingdan ortiq tibbiyot xodimlari, hamshiralar, sog‘liqni saqlash tiziminini boshqarish sohasidagimutaxassislar, shifokorlar, talabalar va ularning o‘qituvchilarini qamrab oladi. O‘z navbatida, ona va bolaga yuqori sifatli sog‘liqni saqlash xizmatlarini taqdim etish borasidagi salohiyatni yanada kuchaytirish qishloq joylarida yashovchi 15,5 million aholiga, shu jumladan besh yoshgacha bo‘lgan 3,5 millionta bolaga sezilarli foyda keltiradi.

Loyiha uzoq muddatli va barqaror natijaga erishish uchun zarur bo‘lgan quyidagi uchta o‘zaro bog‘liq yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

  • Xalqaro standartlarga muvofiq holda ona va bolaga sog‘liqni saqlashning ilg‘or va samarali xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha yangi institutlarni joriy etish maqsadida sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash.
  • Sog‘liqni saqlash tizimining hozirgi va bo‘lajak mutaxassislari ona va bolaga sifatli tibbiy xizmatlarni ko‘rsatishlari maqsadida xalqaro darajada e’tirof etilgan protokollar va o‘quv qo‘llanmalarini tibbiyot institutlarining o‘quv dasturlariga integratsiyalashtirish.
  • Ota-onalarning uy sharoitida bolani parvarishlash bo‘yicha ko‘nikmalarini yaxshilash yo‘li bilan ona va bola salomatligini muhofaza qilishni hamjamiyatlar va uy xo‘jaliklari darajasida integratsiyalashtirish.

Dastur byudjeti 7 million 190 ming yevroni tashkil etadi. Yevropa Ittifoqining hissasi 6 million 700 ming yevro bo‘lib, undan 1 million 700 ming yevro mamlakatning alohida perinatal markazlari va tug‘ruq majmualari uchun maxsus jihozlar sotib olishga sarflanadi.

Marta o’qilgan: 204


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar