UNICEFning harakat uchun da’vati: uch yoshga etmagan bolalarni tarbiya muassasalariga joylashtirishga chek qo‘yish

Chop etish versiyasi
08 Noyabr 2012
3 3 Fotosuratlar

TOSHKENT, 2012 yil 8 noyabr – Hukumat, parlament, bolalar bilan ishlovchi jamoat tashkilotlari, akademik muassasalar va OAV ishtirokida UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Evropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida uch yoshga etmagan bolalarni tarbiya muassasalariga joylashtirishga chek qo‘yish harakatiga qo‘shildi.

Mazkur da’vat Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi va vakolatxonasi tomonidan 2011 yilda Bryusselda bo‘lib o‘tgan Yevropa Parlamentining yig‘ilishida «Uyda yoki uy ichida» deb nomlangan taqdimot davomida e’lon qilingan edi. Mazkur hisobot hukumatlar vakillarini va siyosatchilarni uch yoshgacha bo‘lgan bolalarni maxsus muassasalarga joylashtirish natijasida kelib chiqadigan muammolar bilan tanishtirdi.

Mazkur hisobotda qayd etilishicha, uch yoshgacha bo‘lgan bolalar kattaroq yoshdagi bolalarga nisbatan o‘ta ta’sirchan bo‘ladi. Shuning uchun ularni asrab oluvchi oilalarda yoki oila shaklidagi boshqa muhitda tarbiyalash tavsiya etiladi. Bugungi kunda mintaqadagi maxsus muassasalarda tarbiyalanuvchi bolalar soni 600 mingta bo‘lib, bu jahon bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Harakat uchun da’vat tadbirida ishtirok etgan UNICEFning bolalar himoyasi bo‘yicha mintaqa maslahatchisi Jan-Klod Legrand ishtirokchilar e’tiboriga Markaziy va Sharqiy Yevropa va MDH davlatlaridagi bola himoyasi, xususan uch yoshgacha bo‘lgan bolalar himoyasi sohasidagi islohotlar to‘g‘risida ma’ruza qildi. «Uch yoshgacha bo‘lgan bolalarni davlat muassasalariga joylashtirish vaqt jihatidan cheklangan bo‘lishi va olti oydan oshmasligi lozim. Buni faqat juda katta ehtiyoj bo‘lgandagina va bola manfaatlarini ko‘zlagan holda qilish mumkin», - deb ta’kidladi janob Legrand.

Uch yoshga etmagan bolalarni tarbiya muassasalariga joylashtirishga chek qo‘yishga chorlovchi da’vat bola huquqlarini, xususan Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyada belgilangan bolaning omon qolish, rivojlanish, himoya va ishtirokka bo‘lan huquqlarini ilgari surishga asoslanadi. Mazkur konvensiya O‘zbekiston tomonidan 1994 yilda ratifikatsiya qilingan bo‘lib, keyinchalik ushbu sohada maxsus qonun ham qabul qilingan.

Harakat uchun da’vat doirasidagi asosiy tavsiyalar:

  • Uch yoshdan kichik bo‘lgan bolalarni tarbiya muassasalariga joylashtirish imkoniyatlarini cheklash va qat’iy shartlar o‘rnatish borasida qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish;
  • Uch yoshdan kichik bo‘lgan bolalarga, ayniqsa nogiron bolalarga vasiylik qilishning muqobil usullarini ta’minlovchi zarur xizmatlarni rivojlantirishga qaratilgan mahalliy xizmatlar uchun resurslar ajratish;
  • Kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda bolani oila sharoitida tarbiyalashga qaratilgan xizmatlarni yanada rivojlantirish uchun byudjetni oqilona taqsimlash;
  • Nogironlik bilan tug‘ilgan bolalarning ota-onalarini qo‘llab-quvvatlash, bunday go‘daklarni maxsus muassasalarga joylashtirishning oldini olish maqsadida tug‘ruqxona komplekslari xodimlari va pediatrlar salohiyatini oshirish uchun standartlarni ishlab chiqish va rivojlantirish;
  • Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va nogiron bolalarni jamiyatga integratsiya qilish tamoyillarini ilgari surish uchun OAV va fuqarolik jamiyati bilan hamkorlik qilish.

«2012 yil O‘zbekistonda Mustahkam oila yili deb e’lon qilingan. Bu hammamiz uchun ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan imkoniyatlarni yanada oshirish yo‘li bilan oilalarni saqlashga yordam beruvchi tashabbuslarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash uchun eng yaxshi vaqtdir. Bunga erishishning samarali yo‘llaridan biri oilalar va jamyatning ehtiyojlariga javob bera oladigan yanada kuchli ijtimoiy tizim qurishga Hukumatning investitsiyalaridir», - deb izoh berdi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi boshlig‘i janob Jan-Mishel Delmot.

Marta o’qilgan: 291


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar