Jurnalistlar uchun ma’lumot

Chop etish versiyasi
23 Iyun 2012

2012 yilning iyun’ oyida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) birgalikda amalga oshirayotgan «Gigienada chempionlik tashabbusi» loyihasi o‘z yakuniga yetdi. Loyihaning yakuniy tadbirlaridan biri «Ochiq eshiklar kuni» 2013 yil 28 mart kuni Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanidagi 17-sonli maktabda bo‘lib o‘tadi. Ushbu maktab mazkur loyihani amalga oshirishda qatnashgan beshta viloyatdagi 15та o‘quv dargohlaridan biridir.

Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, Viloyat sanitariya va epidemiologiya nazorati markazi hamda O‘zR Xalq ta’limi vazirligi A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti amaliy ko‘magida 17-sonli maktab ma’muriyati mahalliy jamoat tashkilotlari, ota-onalar qo‘mitasi va tuman hokimiyati bilan hamkorlikda Samarqand viloyatining barcha qishloq, tuman va shahar maktablarini «Gigiyenada chempionlik tashabbusi» loyihasi doirasida maktabda to‘plangan tajriba va erishgan yutuqlari bilan yaqindan tanishishga taklif qildi.

Ushbu tashabbus manfaatdor tomonlar sa’y-harakatlarini maktablarda oddiy sanitariya sharoitlarini yaxshilash hamda bolalar va hamjamiyatlar orasida gigiyenaning ijobiy amaliyotlarini qo‘llab-quvvatlashg ishiga safarbar etishga qaratilgan.

Maktab qisqa vaqt ichida UNICEFning texnik ko‘magida o‘z sanitariya sharoitlarini yaxshilash va o‘quvchilarning gigiyenik tarbiyasini kuchaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Jarayonga mahalla qo‘mitalari, ota-onalar, diniy va jamoat tashkilotlarining jalb etilishi maktabni obodonlashtirish, maktab ichida va uning tashqarisida bolalar va o‘smirlarning belgilangan darajadagi gigiyenik xulqlarini saqlab turishga xizmat qiladigan tegishli sharoitlarni yaratishga imkon berdi.

Mahalliy homiylar yordami hisobiga kerakli sondagi qo‘l yuvgichlar, ichimlik suvi uchun maxsus idishlar xarid qilindi, hojatxonalar sifatli ta’mirlandi. Maktabdagi sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan barcha tadbirlar UNICEF ko‘magida maktablar direktorlari, o‘qituvchilar, ota-onalar, bolalar va tadbirlar rejasini birgalikda ishlab chiqqan va tasdiqlagan boshqa tashkilot va hamjamiyatlar vakillari uchun o‘tkazilgan treninglar asosida ishlab chiqildi. Qo‘shimcha ravishda bolalarda gelmintlar mavjudligi bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazildi hamda gelmint infeksiyalari profilaktikasi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazildi.

«Gigiyenada chempionlik tashabbusi» loyihasi yakunlari bo‘yicha maktablarida sanitariya va gigiyena sharoitlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha barcha talablarni joriy etgan uchta maktab taqdirlanadi.

Muharrirlar uchun izoh: Suv, sanitariya va gigiyena - UNICEF butun dunyoda va O‘zbekistonda olib borayotgan faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. UNICEF xavfsiz ichimlik suviga, sanitariya sohasidagi oddiy xizmatlarga ega bo‘lish imkoniyatlarini ta’minlaydigan hamda gigiyenani barqaror asosda yaxshilaydigan milliy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Marta o’qilgan: 384


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar