Xalqaro oila kuni (15 may) munosabati bilan OAV uchun axborot

Chop etish versiyasi
15 May 2012
5 5 Fotosuratlar

Toshkent va Termiz, O‘zbekiston, 2012 yil 15 may – Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya bolalarni katta qilishda oilaning ahamiyatini alohida ko‘rsatadi. Konvensiyada qayd etilganidek, davlat, uning milliy va mahalliy darajadagi tashkilotlari, fuqarolik jamiyati bolalar rivojlanishi, katta bo‘lishi va har tomonlama barkamol bo‘lishlari maqsadida oilalarga ko‘maklashishlari zarur. 2012 yil O‘zbekiston hukumati tomonidan Mustahkam oila yili deb e’lon qilinganligi bu tamoyilning muhimligini yanada ko‘proq namoyish etadi.

“Mustahkam oila yili oilalar o‘z majburiyatlarini to‘la bajarishlariga qaratilgan sa’y-harakatlarimizni yanada kuchaytirish uchun yangi turtki bo‘ldi. Mahallaning qo‘llab-quvvatlovchi rolini kuchaytiruvchi, ayollar uchun yanada keng imkoniyatlarni yaratuvchi va yordamga eng muhtoj oilalarning ijtimoiy himoyasini ta’minlovchi Mustahkam oila yili bo‘yicha davlat dasturi oila institutiga, asosan yosh oilalarga har tomonlama yordam berish bo‘yicha ko‘pgina muhim elementlarni o‘z ichiga oladi,” - dedi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi boshlig‘i Jan-Mishel Delmot Termiz, Surxondaryoda O‘zR Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, mahalliy hokimiyatlar va UNICEF tomonidan birgalikda tashkil etilgan davra suhbatidagi viloyat boshqarmalari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va Inson huquqlari markazi vakillariga qaratilgan murojaatida.

Mavjud barcha imkoniyatlar orasida oila bolalar rivojlanishi uchun eng muhim shart-sharoitlarni yaratadi. Maktab, bog‘cha yoki jamoatchilik markazlari singari imkoniyatlar bola rivoji uchun muhim, biroq ularning birortasi ham bola parvarishining asosi bo‘lgan oilaning o‘rnini bosa olmaydi. Bola hayotiga eng katta ta’sir ko‘rsatuvchi kuch bo‘lishidan tashqari oila, shubhasiz, bola tarbiyasida ma’lum bo‘lgan eng tejamkor tizimdir.

UNICEFning ham jahon miqyosidagi, ham O‘zbekistondagi faoliyati bolalar masalasida oila rolini yanada kuchaytirishga qaratilgan bo‘lib, quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

1. Ota-onalar o‘z farzandlarining huquqlari uchun oila doirasida mas’uldirlar. Barcha qarorlar bola manfaatlarini ko‘zlagan holda qabul qilinishi zarur.

2. Yordam berish va xizmat ko‘rsatish dasturlari oilalarga o‘z vazifalarini bajarishlarida ularning o‘rnini bosmagan holda yordam ko‘rsatishlari kerak.

3. Davlat yoki jamiyat tomonidan ko‘rsatilayotgan yordam oilaning kuchli tomonlariga va o‘z-o‘zini ta’minlash imkoniyatiga tayanishi kerak.

4. Bolalarning rivojlaniyotgan qobiliyatlarini hisobga olgan holda ular ovoziga oilada quloq solish hamda ularning hayotiga taalluqli masalalar bo‘yicha qaror qabul qilinganida bolalarning fikrlarini e’tiborga olish zarur.

5. Oila mustahkam bo‘lishi uchun ota-onalar, davlat, mahalla va fuqarolik jamiyati o‘rtasida hamkorlik o‘rnatilishi kerak. Ular sog‘lom va har tomonlama rivojlangan avlodni voyaga yetkazishda o‘sib borayotgan talabni qondirish va qiyinchiliklarni yengish uchun birgalikda ishlashlari zarur.

UNICEF O‘zbekiston hukumati bilan birgalikda bola huquqlarini amalga oshirish va oilalarning bu boradagi mas’uliyatini oshirishga qaratilgan turli dasturlarni amalga oshirmoqda. Bu dasturlar ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, ta’lim, bola himoyasi va rivojlanish uchun kommunikatsiyalar singari sohalarni qamrab oladi. UNICEF ko‘magi bolaning omon qolishi, rivojlanishi va himoyasini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, oilalarni mustahkamlash maqsadidagi siyosatdan to ota-onalar va bola tarbiyasida ishtirok etuchi boshqa shaxslarni ijobiy amaliyot bilan ta’minlashgacha bo‘lgan diapazonni o‘z ichiga oladi.

Xususan, ijtimoiy himoya tizimini yanada yaxshilash va ko‘makka eng muhtoj oilalar ijtimoiy yordamga ega bo‘lishini ta’minlash uchun Moliya vazirligi va Mahalla jamg‘armasi bilan hamma bolalarning yashash standartlari va asosiy xizmatlardan foydalanish bo‘yicha barcha huquqlarini ta’minlash maqsadida hamkorlik qilinmoqda. Sog‘liqni saqlash va Xalq ta’limi vazirliklari bilan hamkorlik barcha bolalar, ayniqsa eng muhtojlar va ularning oilalari ushbu sohalardagi sifatli xizmatlarga ega bo‘lishlarini ta’minlashga qaratilgan. Bir qator davlat va fuqarolik jamiyati tashkilotlari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan bola himoyasi dasturi bola parvarishidagi eng yaxshi va moddiy jihatdan eng samarali bo‘lgan oila rolini yanada kuchaytiradi. Siyosat hamda oilaga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini kuchaytirish borasida birgalikda amalga oshirilayotgan tadbirlar bolalar tarbiyasida ishtirok etuvchilarga bolalarni oilada tarbiyalashga hamda bola manfaatlarini hisobga olgan holda boshqa iloji bo‘lmagan holatlardan tashqari barcha vaziyatlarda ularni maxsus muassalarga joylashtirmaslikka ko‘mak beradi.

UNICEF, shuningdek, oilalar va jamoatchilik bilan birga bolalarni yaxshi tarbiyalash va ularning omon qolishi, rivojlanishi, parvarishi va o‘sishiga yordam beradigan xulqni ilgari surish uchun yaqindan hamkorlik qiladi. Oiladagi asosiy xulq to‘plami go‘daklarni ko‘krak suti bilan boqish, bolalarni qo‘l yuvishga o‘rgatish, bolalar va homilador ayollarda kasallik belgilarini bila olish, to‘g‘ri ovqatlanish, maktabgacha yoshdagi bolalarni bog‘chaga yuborish hamda bolalarni shafqatsiz munosabat va diskriminatsiyadan himoya qilishga qaratilgan.

Marta o’qilgan: 339


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar