O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan amaliy uchrashuv 2011-2015 yillarga mo‘ljallangan Milliy emlash dasturini takomillashtirishga yordam beradi

Chop etish versiyasi
17 Aprel 2011

Toshkent, O‘zbekiston, 2011 yil 27 aprelO‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, BMTning Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) va Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropada emlash haftaligining bir bo‘lagi sifatida emlash masalalari bo‘yicha texnik amaliy uchrashuv o‘tkazish uchun yig‘ildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi 2010 yili o‘tkazilgan milliy emlash dasturini keng miqyosda baholash hisoboti bilan tanishish va ishlab chiqilgan tavsiyalarni muhokama qilish edi. Uchrashuv qatnashchilari ekspertlar guruhi ishlab chiqqan tavsiyalarni moslashtirdi va ularni O‘zbekistonning 2011-2015 ko‘pyillik emlash rejasiga qo‘shdi.

“2010 yilgi baholash hisobotida 2006-2010 yillarda amalga oshirilgan emlash dasturining turli tarkibiy qismlari ko‘rib chiqildi. Tilga olish kerak bo‘lgan qismlar qatoriga milliy hamda viloyatlar va tumanlar darajasidagi emlash strategiyasi, siyosati va jadvali, qamrovi va monitoringi, sifati va xavfsizligi kiradi, − dedi O‘zbekistondagi UNICEF vakolatxonasining Sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i, doktor Hari Krishna Banskota. – “Bugungi amaliy uchrashuv baholash hisobotini muhokama qilish va unda keltirilgan tavsiyalar asosida bundan buyongi harakat dasturini ishlab chiqish uchun uyushtirildi. Bu O‘zbekistonda barqaror emlash dasturi samaradorligini oshirishga hissa bo‘lib qo‘shiladi”.

Bugungi kunda O‘zbekistonning barcha viloyatlaridagi, taxminan, 10 ming nafar emlovchi 5574 ta sog‘liqni saqlash muassasasida emlash bilan shug‘ullanmoqda. 0-2 yoshda bo‘lgan chaqaloqlar gepatit – sarg‘ayma, poliomiyelit, difteriya, qoqshol, ko‘kyo‘tal, qizamiq, qizilcha, tepki va silga qarshi Milliy emlash jadvali bo‘yicha emlanmoqda. Uchrashuv ishtirokchilari emlash ko‘p bosqichdan iborat tadbir ekani va u barcha sheriklar o‘rtasida oshiqcha harakatlardan xoli muvofiqlashtirishni talab etishini yana bir karra qayd etdi.

Garchi emlash dasturiga Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat nazorati boshqarmasi rahbarlik qilsa-da, uni muvaffaqiyatli amalga oshirish Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa soha vazirliklari bilan yaqindan hamkorlik qilishga bog‘liq. Xalqaro tashkilotlar (UNICEF, JSST, Vaksina va emlash bo‘yicha global al’yans va boshqalar) ham favqulodda va oddiy emlash uchun vaksinalar sotib olishga yordam ko‘rsatish, emlovchilar va mobilizatorlar – tashkilotchilar malakasini oshirish, hukumat iltimosiga ko‘ra, kuzatuv va ma’lumotlarni almashish bo‘yicha ko‘mak berish orqali emlash dasturini amalga oshirishda muhim rol’ o‘ynaydi.

“Biz emlashga kelgusi avlodimiz sog‘lom o‘sishiga hissa bo‘lib qo‘shiladigan eng ustuvor vazifa deb qaraymiz. O‘zbekiston hukumati 2011 yili vaksinalar sotib olish uchun 5 milliard 750 millon so‘m ajratdi. Ushbu mablag‘ joriy yilda mamlakatdagi barcha bolalarning emlashga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun yetarlidir”, - dedi O‘zbekistonda Emlash bo‘yicha uzaytirilgan dasturning milliy muvofiqlashtiruvchisi, doktor Dilorom Tursunova.

Amaliy uchrashuv emlash sohasida eng ustuvor bo‘lib qolayotgan vazifalar bo‘yicha kelishib olish va ularga eng qisqa muddatda erishish uchun harakat dasturini ishlab chiqish borasida barcha ishtirokchilar uchun maydon bo‘lib xizmat qildi.

UNICEF haqida


UNICEF 150 dan oshiq mamlakat va hududda bolalarning omon qolish va chaqaloqlikdan o‘smirlikkacha o‘sib ulg‘ayishiga yordam berish uchun ishlaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun dunyodagi eng yirik vaksina yetkazib beruvchi tashkilot bo‘lmish UNICEF bolalar salomatligi va ovqatlanishini, toza ichimlik suvi va sanitariyani, barcha o‘g‘il va qiz bolalar uchun sifatli boshlang‘ich ta’lim hamda bolalarni zo‘ravonlik, majburlab ishlatish va OITSdan himoya qilishni qo‘llab-quvvatlaydi. UNICEF faoliyati kishilar, kompaniyalar, jamg‘armalar va hukumatlarning ixtiyoriy xayr-ehsonlari hisobiga faoliyat yuritadi. UNICEF va uning faoliyati to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun www.unicef.org veb-saytiga qiring.

Marta o’qilgan: 137


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar