UNICEF O‘zbekiston maktablari kutubxonalarining fondlarini boyitishga yordam bermoqda

Chop etish versiyasi
30 Mart 2010

Toshkent, 2010 yil 30 mart. – “Bolaga do‘stona munosabatdagi maktab” konsepsiyasini joriy etish dasturida qatnashuvchi 850та maktablar o‘quvchilari jahon va o‘zbek adabiyoti asarlarini mutolaa qilishdan zavqlanadilar. Bugun Respublika ta’lim markazida O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi va UNICEF vakillari ishtirokida yangi nashrlarning tantanali taqdimoti va topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu kitob to‘plamlari orasida A.Navoiy, A.Qodiriy, P.Qodirov, C.Aytmatov, V.Shekspir, A.Pushkin, Dj.Svift, va Dj.Rodari asarlari o‘rin egalladi. O‘zbek yozuvchilarining asarlari hamda o‘zbek tiliga tarjima qilingan jahon adabiyoti klassiklarining asarlari lotin alifbosi asosida nashr etildi. Kitoblar ro‘yxati Xalq ta’limi vazirligi tomonidan maktab dasturiga kiritilgan va o‘quvchilarga o‘qish uchun tavsiya etilgan badiiy adabiyot asarlaridan tanlab tuzildi. Kitoblarni bezatuvchi rasmlar O‘zbekistonning mashhur rassomlari V.Apuxtin va A.Mamajonov tomonidan yaratilgan. Kitoblarning umumiy adadi 34 ming nusxadan iborat.

Shu bilan birga, bunday badiiy adabiyot asarlari xalq ta’limi bo‘limlarining uslubiy markazlariga, o‘qituvchilar malakasini oshirish institutlariga va respublikamiz pedagogika institutlariga ham taqdim etildi.

UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosarining vazifalarini bajarayotgan Oyun Dendevnorov tadbir davomida ta’kidlaganidek, ushbu kitoblar UNICEF va Xalq ta’limi vazirligi o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlik doirasida nashr etilgan bo‘lib, bunday hamkorlik ta’lim berish uchun yanada qulay muhit yaratish hamda maktab o‘quvchilarining bilimlar va axborotga ega bo‘lish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan. Oyun Dendevnorov mashhur badiiy adabiyot asarlarini mutolaa qilish bolalarning dunyoqarashini kengaytirishi va barkamol rivojlanishiga xizmat qilishiga umid bildirdi.

Respublika ta’lim markazining direktori Islom Zokirov UNICEFga davom etayotgan va har tomonlama ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun tashakkur izhor etdi. Xususan, u bola shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv bo‘yicha uslubiy materiallarni ishlab chiqishda texnik ko‘mak berilgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

“Bolaga do‘stona munosabatdagi maktab” dasturi 2006 yildan buyon Xalq ta’limi vazirligi tomonidan UNICEFning texnik ko‘magida oltita maqsadli mintaqalarda amalga oshirilmoqda. Ushbu mintaqalar qatoriga Orol dengizi kichiklashib ketayotgani sababli qator muammolarga duch kelayotgan Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati, Navoiy, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri kiradi. Mazkur dastur hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, bola huquqlarini himoya qilish, sanitariya va gigiyena masalalariga yanada jiddiy e’tibor qaratish va bu jarayonlarga oilalarni ham faol jalb qilish asosida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan. “Bolaga do‘stona munosabatdagi maktab” konsepsiyasi bola shaxsining barkamol rivojlanishiga va uning salohiyatini namoyon etishga, va bu bilan bolaning muvaffaqiyatli o‘qishga bo‘lgan intilishini oshirishga xizmat qiladigan ta’lim muhitini yaratish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, dastur doirasida bola shaxsini rivojlantirishga qaratilgan yangi pedagogik texnologiyalar, tamoyil va standartlarni joriy etishda yordam ko‘rsatilmoqda. Dastur tarkibiy qismlarining ayrimlari o‘qituvchilar malakasini oshirish, monitoring tizimini joriy qilish va pedagoglar ishini xalqaro standartlar asosida baholash, maktab boshqaruvini mustahkamlashdan iborat.

Umuman olganda, “Bolaga do‘stona munosabatdagi maktab” dasturi sifatli ta’lim berish uslublariga tayangan holda asosiy ta’limining sifati va samaradorligini yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, bu Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi va 2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining maqsadi va vazifalariga hamohangdir.

“Bolaga do‘stona munosabatdagi maktab” dasturining O‘zbekistonda 2009 yildagi tashqi baholanishi ma’lumotlariga ko‘ra, bolaga do‘stona munosabat tamoyillarining ta’lim jarayoniga joriy etilishi o‘qituvchilar malakasini oshirish, o‘qituvchilar va bolalar o‘rtasidagi hamfikrlikni mustahkamlash va bolalarning o‘zlashtirish darajasini oshirishga xizmat qildi. Maqsadli maktablar o‘quvchilarining ota-onalari ushbu dasturdan mamnun ekanliklarini izhor etib, bolalarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishi ortganini ta’kidlamoqdalar.

UNICEF va O‘zbekiston Hukumatining 2010-2015 yillarga mo‘ljallangan joriy Hamkorlik bo‘yicha Mamalakat Dasturi doirasida yanada keng doiradagi maktablarni qamrab olish hamda bola shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan yangi pedagogik texnologiyalarni barcha pedagogika o‘quv yurtlari va malaka oshirish institutlarining o‘quv rejalariga joriy qilishni davom ettirish rejalashtirilmoqda.

Marta o’qilgan: 168


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar