O‘zbekistonda emlash masalalariga doir tok-shou

Chop etish versiyasi
27 Noyabr 2012

TOSHKENT, O‘zbekiston, 27 noyabr 2012 yil – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) hamda BMT Axborot markazi tomonidan rejalashtirilgan va qo‘shimcha emlash masalasiga bag‘ishlangan televizion tok-shou o‘tkazildi. “Open House Show” nomini olgan televizion loyiha davomida yosh ota-onalar, o‘smirlar va OAV vakillari emlash sohasida ularni qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Mazkur dastur doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va UNICEF mutaxassislari emlashning mahalliy jadvali, Markaziy Yevropa va MDH davlatlarida ushbu sohadagi so‘ngi o‘zgarishlar, global statistik ko‘rsatkichlar, vaksinalarning bezararligi haqida batafsil ma’lumot berdilar. Shuningdek, dasturda Sog‘liqni saqlash vazirligi, UNICEF va O‘zbekistonda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari haqida ham ma’lumot berildi.

“UNICEF bizga rejalashtirilgan emlash dasturini amalga oshirishda faol yordam bermoqda, - dedi tok-shou mehmonlaridan biri, Sog‘liqni saqlash vazirligining kengaytirilgan emlash dasturi menejeri Dilorom Tursunova. – Shu o‘rinda vaksinalar bilan ta’minlash va aholiga yanada sifatli xizmat qilishlari uchun mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida aytib o‘tish lozim. Ushbu chora-tadbirlar xalqaro andozalarga mos bo‘lib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalarini hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda”.

Tok-shou mehmonlari 2012 yilda UNICEFning texnik va moliyaviy yordami bilan amalga oshirilayotgan “Aholi orasida rejali emlash xizmatlariga talabning kuchayishi” loyihasi haqida ham batafsil ma’lumot berdilar. Loyihaning asosiy maqsadlaridan biri - bolaning hayoti va salomatligi uchun emlashning ahamiyatini aholi orasida kengroq targ‘ib qilishdan iboratdir“Emlash tizimini kuchaytirish – yaxshi tashabbus, ammo uning samaradorligini “talab” va “taklif” o‘rtasida muvozanat mavjud bo‘lmaganda ta’minlash oson emas, - deb aytdi UNICEFning salomatlik bo‘limi rahbari Svetlana Stefanet. – Bizning loyihamiz bir vaqtda ham tizimni takomillashtirish, ham aholining emlash haqidagi xabardorligini oshirish ustida ishlashga imkoniyat beradi. Maqsadimiz emlashning bezararligi, bepulligi va bola salomatligini himoya qilishda zarur chora ekanligi haqidagi haqiqatni keng ommaga yetkazishdir”.

2012 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va UNICEF tomonidan tibbiyot xodimlari uchun bezarar emlash va shahslararo munosabatlarni shakllantirish bo‘yicha ko‘nikmalarni orttirishga doir treninglar o‘tkazildi. Viloyatlarda emlash mavzusiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Aholining turli qatlamlari bilan davra suhbatlari olib borildi. Loyiha davomida 3 000га yaqin tibbiyot xodimlarining bilimi oshirildi va davlatimizning 50 000 fuqarosi qamrab olindi.

Tok-shou doirasida hozirgi vaqtda qayta ishlanayotgan www.privivka.uz veb-portali haqida so‘z bordi. Mutaxassislarning aytishicha, yangilangan portal O‘zbekiston aholisi uchun emlash masalalari bo‘yicha eng muhim va ishonchli ma’lumot manbai bo‘lib qoladi.

Bugungi kunda hamkorlar kino, estrada va sport yulduzlari ishtirokidagi keng ko‘lamli matbuot kampaniyasini amalga oshirish bo‘yicha ish olib bormoqdalar. Yaqin kunlarda milliy teleradiokanallar orqali kampaniya doirasida olingan roliklar namoyish etiladi, shahar ko‘chalarida esa e’lonlar joylashtiriladi.

Marta o’qilgan: 360


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar