Istisnosiz ko‘krak suti bilan boqish - bola salomatligi garovidir

Chop etish versiyasi
09 Avgust 2012
2 2 Fotosuratlar

Namangan sh., 9 avgust 2012 yil. - Namangan va Andijon viloyatlarining 39ta oilaviy shifoxonalari, qishloq vrachlik punktlari, tug‘ruq bo‘limlari va perinatal markazlari «Bolaga do‘stona munosabat shifoxonalar tashabbusi»ga (BDMST) qo‘shildilar. Bugun Xalqaro ko‘krak suti bilan boqish haftaligi doirasida Namangan shahrida ularga tegishli sertifikatlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu haftalik butun dunyoda, shu jumladan O‘zbekistonda, joriy yil 6 avgustdan 12 avgustgacha o‘tkazilmoqda.

«Bolaga do‘stona munosabat shifoxonalar tashabbusi» (BDMST) UNICEF ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2008 yildan buyon amalga oshirib kelinmoqda. Uning ishtirokchilari ko‘krak suti bilan muvaffaqiyatli boqish uchun 10ta qadamni joriy etmoqdalar va ta’minlamoqdalar. Bugungi kunda mazkur dastur doirasida respublika bo‘yicha oilaviy shifoxonalarning 3544 nafar mutaxassislari hamda tug‘ruq bo‘limlari va markazlarining 1568 nafar xodimlari tashkil etilgan o‘quvdan o‘tdilar. Namangan va Andijon viloyatlarida birlamchi sog‘liqni saqlash bo‘g‘inlarining 454 va 745 nafar mutaxassislari hamda tug‘ruq bo‘limlari va markazlarining tegishli ravishda 189 va 286 nafar mutaxassislariga saboq berildi.

UNICEF davolash muassasalarida BDMSTni joriy etish yo‘li bilan yangi tug‘ilgan vaqtdan 6 oylikkacha bo‘lgan chaqaloqlarni istisnosiz ko‘krak suti bilan boqish dasturini qo‘llab-quvvatlamoqda hamda innovatsion kommunikatsiya uslublaridan foydalangan holda ona suti naqadar muhimligini targ‘ib etib va rag‘batlantirib, aholi orasida axborot-tushuntirish ishlarini olib bormoqdalar.

2008 yilda Lancet jurnali o‘z sahifalaridagi oziqlanishga bag‘ishlangan turkum maqolalarida ko‘krak suti bilan boqilmagan bola o‘z hayotining dastlabki olti oyi davomida emizib boqilgan bolaga nisbatan 14 baravar ko‘proq o‘lim xavfiga uchrashi mumkinligi haqida muhim ma’lumot keltirgan. Ko‘krak suti bola ozuqasiga qo‘yiladigan barcha talablarga to‘liq javob beradi va u yashab ketishi uchun eng muhim omil hisoblanadi: ona suti - hayot garovidir.

Ko‘krak suti har yili millionlab bolalar hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘layotgan diareya, o‘pka yallig‘lanishi kabi kasalliklarning oldini olishi to‘g‘risida ishonchli dalillar mavjudligiga qaramasdan, rivojlanayotgan mamlakatlarda ko‘krak suti bilan boqish bo‘yicha global ko‘rsatkichlar nisbatan past darajada qolmoqda va 1995 yilda kuzatilgan 32 foizdan 2010 yilda 39 foizgacha ortgan. Ko‘krak suti bilan boqish dasturlari bo‘yicha jadal sur'atlarda tadbirlar olib borilgan (mutaxassislarni o‘qitish va keyinchalik monitoring o‘tkazish) O‘zbekiston mintaqalarida istisnosiz ko‘krak suti bilan boqish ko‘rsatkichlari 72 foizgacha ko‘tarildi (RIIAT Pediatriya markazi). BDMST va ko‘krak suti bilan boqish dasturi bo‘yicha barcha tadbirlar majmuasining samaradorligidan darak beradi.

Shu bilan birga, ko‘krak suti bilan boqish ko‘rsatkichlarini yaxshilash yo‘lida ayrim to‘siqlar saqlanib qolmoqda. Ular qatoriga ko‘krak sutining o‘rnini bosuvchi sun'iy ozuqalardan foydalanishni va ularni ishlab chiqarayotgan kompaniyalarning turli, ba’zan asossiz dalillardan foydalanib, ona sutining bebaho ahamiyatini gumon ostiga qo‘yayotgan tajovuzkor marketing siyosatini kiritish mumkin. Ulardan biri sifatida ko‘krak sutining miqdori kamligi va tarkibi siyrakligi, va uni qo‘shimcha elementlar bilan boyitish lozimligi to‘g‘risidagi fikr tarqatilayotganligini aytib o‘tish mumkin.

Bolalar barkamol rivojlanishi va o‘sishi uchun ko‘krak suti bilan boqish naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini barcha oilalar teran anglashlari maqsadida Mustahkam oila yilida hamda Xalqaro ko‘krak suti bilan boqish haftaligining 20-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va UNICEF ko‘krak suti bilan boqishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha kuchli milliy siyosat bolalar salomatligini ta’minlayotganligini yana bir bor tasdiqlab, keng jamoatchilikni shifoxonalar va tug‘ruq majmualarining tashqarisida ko‘krak suti bilan boqishning afzalliklari haqidagi ma’lumotlarni tarqatishga da’vat etmoqdalar.

Marta o’qilgan: 198


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar