Farg‘ona vodiysida “Gigiyena va degelmintizatsiya haftaligi”ning ikkinchi bosqichi boshlanmoqda

Chop etish versiyasi
30 Aprel 2012

OLTIARIQ TUMANI, O‘ZBEKISTON, 2012 yil 30 aprel. - 2012 yilning 30 aprelidan 5 mayiga qadar O‘zbekiston Respublikasining Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida “Gigiyena va degelmintizatsiya haftaligi”ning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Kampaniya boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali marosim Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi 2-o‘rta maktabda tashkil etildi. Gigiyenani qo‘shimcha ravishda ommalashtirish maqsadida “Masqaraboz Tozavoy” personaji yaratildi. Ushbu qadam bolalarning ayni masalaga bo‘lgan e’tiborini jalb etishi kutilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, BMT Bolalar jamg‘armasining (UNICEF) birgalikdagi tashabbusi Farg‘ona vodiysida istiqomat qiluvchi 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan, taxminan, 900 000 bola mebendazol preparatining ikkinchi dozasini olishini ta’minlashga yo‘naltirilgan. Bolalar preparatning birinchi dozasini 2012 yil noyabrida o‘tkazilgan gijjadan xalos qilish bo‘yicha tadbirlarning birinchi bosqichida olgan edilar.

Kampaniyaning maqsadi bolalarning salomatligini o‘qish samaradorligini oshirish uchun yaxshilashdan iboratdir. Bolalarda gijjalarning bo‘lishi ovqatlanishning buzilishi, kamqonlik va aqliy rivojlanish to‘xtab qolishiga olib keladi - bularning barchasi salomatlik va farovonlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, bolaning diqqatini jamlash va o‘qish qobiliyatlariga zarar qiladi.

Kampaniya vaqtida bolalardagi gijjalarni yo‘qotish bilan birga gigiyenani ommalashtirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratiladi. Maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalari shaxsiy gigiyena, qo‘lni sovunlab yuvish singari oddiy usullar yordamida parazitlarni yuqtirish oldini olish usullari bilan tanishtiriladi.

UNICEF Sog‘liqni saqlash vazirligiga gigiyena muhimligini tushunishga qaratilgan plakatlarni, shuningdek, televideniye va radio uchun ijtimoiy roliklarni ishlab chiqish va tayyorlashda ko‘mak berdi.

“Gijjadan xalos qilish, toza suv iste’mol qilish va sanitariya inshootlaridan foydalanishni yaxshilash oila va jamoalar salomatligi garovidir. Biroq odamlar gigiyena qoidalariga, ayniqsa, qo‘lni sovunlab yuvishga rioya etishga harakat qilsa, bundan salomatlikka foyda yanada ortadi”, - deya izoh berdi UNICEF O‘zbekistondagi vakolatxonasining Kommunikatsiyalar bo‘limi boshlig‘i Savita Varde-Naqvi xonim. “Biz oilalarda gigiyena salomatlik uchun muhim ekani haqidagi tushunchani mustahkamlashni qo‘llab-quvvatlayotgan markaziy hamkorlarimiz va Farg‘ona vodiysi viloyatlari hokimliklaridan minnatdormiz”, - deya gapiga xotima yasadi Varde-Naqvi xonim.

Marta o’qilgan: 153


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar