Mamlakatning turli viloyatlaridagi minglab maktab o‘quvchilari

Chop etish versiyasi
22 Oktabr 2012
8 8 Fotosuratlar

SAMARQAND VA TOSHKENT, O‘zbekiston, 22 oktyabr 2012 yil - Mamlakatning turli viloyatlaridagi minglab maktab o‘quvchilari, ota-onalar, jamoat a’zolari va mahalliy nodavlat tashkilotlari bugun Sog‘liq saqlash va Halq ta’limi vazirliklari hamda UNICEF birgalikda boshlagan Gigiyena bo‘yicha musobaqa tashabbusida ishtirok etdilar. Mazkur tashabbus 15 oktyabrda nishonlangan Jahon qo‘l yuvish kunining davomi bo‘lib, yaqinda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ishlab chiqqan Gigiyenani targ‘ib qilish milliy strategiyasining bir qismi hisoblanadi.

Tadbir birinchi bo‘lib Samarqand shahridagi 14-maktabda Sog‘liqni saqlash va Xalq ta’limi vazirliklari vakillari, UNICEF xodimlari, maktab o‘quvchilari va masxaraboz Tozavoy ishtirokida o‘tkazildi. Tozavoy bolalar bilan birgalikda “Qo‘l yuvish” qo‘shig‘ini ijro etib, ularga gigiyena saboqlarini o‘rgatdi. “Qo‘llarimiz toza bo‘lar bilib yuvsak ularni gar. Sog‘lom bo‘lar tanamiz ham tozalikdan qilib maza”.

Tozavoy bilan uning masxaraboz sherigi qo‘lni qanday yuvish usulini ko‘rsatib berishdi va bolalarga qaysi hollarda qo‘lni yuvish zarurligini eslatishdi. “Biz ovqatga qo‘l urishdan oldin, hojatxonaga kirib chiqqandan so‘ng va chaqaloqlarning tagini tozalagandan keyin qo‘llarimizni albatta yuvishimiz kerak”, dedi ular bir-biriga va atrofidagilarga qarata. Tadbir o‘tkazilgan 14-maktab Gigiyena musobaqasi tashabbusi tajriba tariqasida o‘tkazilayotgan Samarqand, Andijon, Farg‘ona, Namangan va Surxondaryo viloyatlaridagi 14 ta maktabning biridir.

UNICEFning O‘zbekistondagi qo‘l yuvish borasida aytmoqchi bo‘lgan gapi dunyoning boshqa joy laridagi bilan bir xildir: qo‘lni sovunlab yuvishday juda oddiy harakat har yili oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklardan nobud bo‘layotgan yuz minglab bolalarning hayotini saqlab qolaishimumkin.

“Qo‘l yuvish oshqozon-ichak va o‘tkir nafas yo‘li infeksiyalari sababli yuzaga keladigan kasalliklarning oldini olish uchun eng samarali iqtisodiy vositadir. Biroq bu isbot bo‘lganiga qaramay, gigiyenik amaliyotlarning muhimligi aksariyat hollarda yetarlicha baholanmayapti va ko‘pincha kerakli e'tibor qozonmayapti”, - deydi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonsi boshlig‘i Jan-Mishel Delmot. “Qo‘lni sovunlab yuvish har bir bola, oila, jamoat uchun odatga aylanib qolishi muhim ahamiyatga ega. Biz ushbu xabarni Gigiyena musobaqasi tashabbusi va barcha mavjud kanallar orqali tarqatyapmiz”.

Ushbu tashabbusning maqsadi maktablarda asosiy sanitariya sharoitlarini yaxshilashga barcha manfaatdor tomonlarni jalb qilish hamda bolalar va ularning jamoatlari o‘rtasida ijobiy gigiyena amaliyotlarini ommalashtirishdir. Bundan maqsad ko‘zlangan viloyatlarda suv tozasaqlanishini, ichish uchun xavfsizligini ta’minlash hamda barcha kishilar uchun sanitariya va qo‘lni sovunlab yuvish odatga aylanishi uchun bolalar, oilalar va jamoatlarning malakasini oshirishdir.. Tadbirda ishtirok etayotgan maktablar joriy qilishni rejalashtirayotgan gigiyena darslari va boshqa o‘rganish bilan bog‘liq faoliyat turlari orqali bolalar tavsiya etilayotgan gigiyena amaliyotlarini qabul qilishi hamda oila va jamoatlarida ijobiy xulq-atvor va ijtimoiy o‘zgarish targ‘ibotchilari bo‘lish uchun zarur bilim va malakalarni egallaydilar.

2012 yilda UNICEF ko‘magida Farg‘ona vodiysida o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, gigiyena amaliyoti yo‘qligi bilan bolalarda parazit qurtlar bilan zararlanishning tarqalishi o‘rtasida chambarchas bog‘liqlik bor ekanligi isbotlandi. Agar profilaktika choralari ko‘rilmasa, gelmintoz yoki qurt bilan zararlanish surunkali xastaliklarga, umumiy rivojlanishning, xususan bo‘y o‘sishining to‘xtashiga sabab bo‘ladi. UNICEF ko‘magida 2011 va 2012 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida besh yoshgacha bo‘lgan bolalar va Farg‘ona vodiysida 6-11 yashar bolalar uchun gigiyenani targ‘ib qilish va degelmintizatsiya, yani bola organizmidagi qurtlarni yo‘qotish bo‘yicha ikkita kampaniya o‘tkazildi. “Albatta kasallikni davolashdan ko‘ra uning oldini olgan afzal, buning uchun har kuni qo‘lni sovunlab yuvishdan afzalroq hech narsa yo‘q”, - dedi janob Delmot.

Marta o’qilgan: 383


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar