Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Demokratik institutlar

Chop etish versiyasi
10 Aprel 2012
6 6 Fotosuratlar

Toshkent, O‘zbekiston. 2012 yil 10 aprel. - Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Demokratik institutlar, NNTlar va o‘zini-o‘zi boshqarish organlari hamda UNICEF tomonidan voyaga yetmaganlar huquqlarininu muhofazasi nuqtai-nazaridan voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha milliy adliya tizimiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil qilindi.

Bolalar uchun odil sudlovning maqsadi barcha jabrlanuvchi va guvoh bolalar, qonun himoyasiga muhtoj bolalar, huquqbuzarlikda gumon qilinayotgan voyaga yetmaganlar hamda bolalar uchun do‘stona bo‘lgan va xalqaro me’yerlar va standartga muvofiq bo‘lgan adliya tizimidan foydalana olishidir. Bunda bolalarni himoyalovchi va qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratish hamda qonunchilik va sud xizmatlari bolaning eng afzal manfaatlariga binoan amalga oshirilishiga urg‘u beriladi. Bundan tashqari, qonunga duch kelgan bolalarga ularning ojizliklari va xatarlariga eng muvofiq ijtimoiy va boshqa qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ta’minlanib, ularga xavfsizroq hayot uchun eng yaxshi imkoniyat berilishi zarur.

“Butun dunyoda UNICEFning yondashuvi himoyalovchi va parvarishlovchi muhit yaratib, unda qiz va o‘g‘il bolalar zo‘ravonlik va ekspluatatsiyadan himoyalangani va zaruratsiz oiladan ajratilmasligi ta’minlanadi. Unda qonunlar, xizmatlar, harakat va amaliyotlar bolaning ojizligini kamaytiradi, ma’lum xatar omillarini yo‘qotish va bolalarning chidamkorligini kuchaytiradi,” - deb ta’qidladi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Jan-Mishel Delmot.

Majlis, voyaga yetmaganlar huquqlari va manfaatlarining muhofazasi, ayniqsa odil sudlovga oid mavjud milliy qonunchilik, mexanizmlar va amaliyotlarning muhokamasiga qaratilgan. Unda bolalar huquqlarini tatbiqida qatnashuvchi asosiy manfaatdor tomonlar: Qonunchilik palatasining turli qo‘mitalariga a’zo bo‘lgan deputatlar, senatorlar, Ombudsman devoni vakillari, Bosh Prokuratura, Oliy Sud, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi, Mehnat va aholining ijtimoiy muhofazasi vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, Bolalar ijtimoiy moslashuvi Respublika markazi, Advokatlar palatasi va Mahalla jamg‘armasi vakillari yig‘ilishgan.

Oliy Majlis Demokratik institutlar, NNTlar va o‘zini-o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi a’zosi deputat Aliya Yunusova, bolaning muhofazaga bo‘lgan huquqining turli jihatlariga bag‘ishlangan milliy huquqiy hujjatlariga oid taqdimot qildi. U yana o‘tgan yili deputatlar tomonidan o‘tkazilgan “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida” qonunning monitoringi haqida ishtirokchilarni xabardor qildi. UNICEF bola muhofazasi bo‘yicha mutaxassisi Krissi Geyl qonunga duch kelgan bolalar muhofazasiga oid xalqaro tamoyillar, standartlar va huquqiy moddalarni, qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, profilaktika va muqobil ta’sir choralari hamda ijobiy amaliyot misollarini taqdim etdi.

Qator manfaatdor tomonlar, jumladan qonun ijrochilari bolalar huquqlariga rioya qilinishi va ba’zi xavotir uyg‘otuvchi masalalar hamda hali yechilmagan qiyinchiliklar bo‘yicha o‘z nuqtai-nazar va fikrlarini taqdim etishdi. Birgalikda ular bolalar, ayniqsa eng katta xavf ostida bo‘lgan va muhofazaga muhtoj bo‘lganlari uchun tegishli muhofaza qiluvchi muhitni kuchaytirish yo‘llarini muhokama qilishdi. Davra suhbati yana qonunchilikdagi kamchiliklarni aniqlashga yordam berib, yuvenal yustitsiyaga oid me’yeriy hujjatlar ishlab chiqish va tekin huquqiy yordamga bo‘lgan ehtiyojni belgiladi.

UNICEF va Qonunchilik palatasi orasida imzolangan 2009-2015 yillarga oid o‘zaro tushunish memorandumiga binoan milliy qonunchilik Bola huquqlari to‘g‘risida Konvensiya va boshqa tegishli xalqaro shartnomalar va huquqiy hujjatlarga to‘liq uyg‘unlashtirilganligi va bolaning eng afzal manfaatlariga muvofiq ijroi etilishini ta’minlash uchun UNICEF deputatlar bilan hamkorlik qiladi. UNICEF qonun va me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish, monitoring va standartlarni belgilash tashabbuslari, bolalar uchun odil sudlovga oid bilim va xalqaro tajribalarni o‘rtoqlashish hamda boshqa bola huquqlariga oid dolzarb masalalarda texnik ko‘mak ko‘rsatish orqali me’yeriy bazani takomillashtirishda yordamlashadi.

Parlamentdagi muntazam davra suhbatlari bola huquqlarining bajarilishi hamda bolalar uchun qonunchilik choralarini tezlatish yo‘llarini aniqlashda olg‘a siljishning monitoringi uchun foydali asos bo‘lishdi. 2009 yilda Qonunchilik palatasida deputatlarga tegishli bilimni ta’minlash va bola huquqlariga oid masalalar, qonunchilik va ijobiy amaliyotlarga oid oxirgi o‘zgarishlar haqida xabardor qilish uchun Bola huquqlari resurs markazi tuzildi.

Dunyoda milliy qonunlarning Bola huquqlari to‘g‘risida Konvensiya va xalqaro tizimga muvofiqligini ta’minlash, ularning bolaga e’tiborliligi, tatbiqi va bolalarga ta’sirining monitoringida parlament a’zolari hal qiluvchi o‘rin tutishadi. Bolaning eng yaxshi manfaatlari tarafdori sifatida ular parlamentda vakillikka ega siyosiy partiyalar keng miqyosda qo‘llab-quvvatlashlarini ta’minlashda yordamlashishadi. Deputatlar yana o‘zlarining nazorat vakolatidan foydalanib, tegishli vazirliklar bilan bog‘lanib, bolalarga oid hukumat qarorlari, shu jumladan tegishli siyosat, byudjet mablag‘lari ajratilishi, choralar ko‘rilishi va jarayonlar monitoringiga oid qarorlari butun fuqarolik jamiyati, jumladan bolalarning nuqtai-nazari va ularni asosli ravishda xavotirlantiruvchi masalalarni aks ettirishi zarur.

Parlament va UNICEFning doimiy hamkorligi doirasida o‘sha kuni Oliy Majlisning Qonunchilik palatasida “Barcha bolalar uchun barcha huquqlar” nomli fotoko‘rgazma ochildi. Ko‘rgazmada UNICEF fotografi Jakomo Pirotssi dunyoning turli burchaklari, jumladan O‘zbekistonda olgan kuchli suratlar orqali Bola huquqlari haqida Konvensiyaning tanlangan moddalari tasvirlangan. 15ta ko‘rgazma stendlarining har birida dunyoning turli mamlakatlari qatorida O‘zbekistonda ham bola huquqlari “amaliyotda” bajarilishi aks ettirilgan.

Ushbu ko‘rgazma deputatlar va uni ko‘rgan boshqa shaxslarga bola huquqlari umumiyligi, o‘zaro aloqadorligi va har bir bolaga kamsitishsiz ta’minlanishi shartligini eslatadi. Ko‘rgazma Oliy Majlisning Qonunchilik palatasida bugundan to 2012 yilning may oyi oxirigacha namoyish qilinadi.

Marta o’qilgan: 314


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar