UNICEF va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi butun mamlakatimiz bo‘ylab bolalar oromgohlarida tabiiy ofatlar taxlikasini kamaytirish masalalari bo‘yicha treninglarni o‘tkaza boshladi.

Chop etish versiyasi
13 Iyun 2011

TOSHKENT, O‘zbekiston, 2011 yil 13 iyun. - Butun O‘zbekiston bo‘ylab yozgi bolalar oromgohlaridagi 150 ming nafardan ortiq o‘g‘il-qizlar yangi ko‘nikmalarga o‘rgatish va ularni amalda qo‘llashga o‘rgatish bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etadi.

Bolalarni tabiiy ofatlarga tayyor bo‘lishga va bunday vaziyatlarda o‘zini to‘g‘ri tutishga o‘rgatish O‘zbekistonda 2007 yildan boshlab Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan UNICEF hamda Yevropa Komissiyasining gumanitar yordam departamenti (ECHO) ko‘magida amalga oshirilayotgan DIPEKO VI loyihasining bir qismi hisoblanadi. Loyiha tabiiy ofatlarga tayyorgarlik ko‘rish va bunday vaziyatlarda o‘zini to‘g‘ri tutishga o‘rgatish darajasini oshirishga, va shu orqali tabiiy ofatlar kuzatiladigan hududlarda yashovchi aholining eng zaif qatlamlari, ayniqsa, bolalar va xotin-qizlarni tabiiy ofatlardan muhofaza qilishga yo‘naltirilgan. Strategiya ikki yo‘nalishga ega: ta’lim va sog‘liqni saqlash sektorlariga tabiiy ofatlar oqibatlarini qisqartirish strategiyalarini integratsiya qilish orqali tabiiy ofatlar taxlikasini boshqarish bo‘yicha mavjud amaliyotni mustahkamlash hamda mahalliy hamjamiyatlar (mahallalar) darajasida xavfsizlik va xavf-xatarlarning oldini olish madaniyatini yaratish.

«Mahalliy hamjamiyatlar, maktablar va maktabgacha ta’lim muassasalari darajasida tabbiy ofatlarga tayyorgarlik ko‘rish va taxlikasini qisqartirish bo‘yicha faoliyat dunyo bo‘yicha ko‘p joylarda nisbatan yangi hisoblanadi. Ammo ushbu kompleks yondashuv nihoyatda muhim ahamiyatga ega, chunki u tabiiy ofatlar holatlarida bolalarning xavfsizligini ta’minlaydi. Favqulodda ishlar vazirligi ta’lim va sog‘liqni saqlash vazirliklarini, shuningdek mahalla qo‘mitalari bilan xatti-harakatlar rejalarini ishlab chiqish hamda tabiiy ofatlar kuzatiladigan hududlarda bolalarning eng zaif katlamlarini guruhlarini qamrab olish maqsadida jalb etib, bu boradagi hamkorligimizni davom ettirayotganligidan mamnunmiz», deb ta’kidladi UNICEF vakilining o‘rinbosari, Oyyunsayxan Dendevnorov xonim.

«DIPEKO loyihasi maqsadli tumanlarda maktablar va bolalar bog‘chalari, shuningdek Fuqarolar himoyasi bo‘yicha viloyat o‘quv markazlari salohiyatini oshirishda muhim rol o‘ynadi. Ayni paytda u zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda aholini yuz berishi mumkin bo‘lgan tabiiy ofatlarga tayyorlash bo‘yicha yangi vositalarni joriy etish imkonini berdi», deb ta’kidladi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Aholi va hududlarni himoya qilish boshkarma boshlig‘i Faxriddin G‘ulomov.

O‘z navbatida, Xalq ta’limi vazirligining vakili Mirzoxid Ibragimov shuni ta’kidladiki, UNICEF va boshqa jalb qilingan tomonlar bilan sheriklik «bolalarning bu masala bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirish va ularda shaxsiy xavfsizlikka va boshqa shaxslarning xavfsizligiga nisbatan mas'uliyatli munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini rivojlantirishga» yordam berdi.

DIPEKO loyihasi UNICEF hamda Yevropa Komissiyasining Gumanitar Yordam departamenti (ECHO) tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan «Markaziy Osiyo va Kavkazda aholining zaif qatlamlari va institutlari o‘rtasida tabiiy ofatlar tavakkalchiligini kamaytirishni qo‘llab-quvvatlash» hududiy tashabbusining bir qismi hisoblanadi. Mazkur loyiha dastavval O‘zbekistonda sinovdan o‘tdi va keyinchalik Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlariga tarqatildi.

O‘zbekistonda amalga oshirilgan to‘rt yillik davrda loyiha tabiiy ofatlar xatarini kamaytirish bo‘yicha (TOXK) milliy platformani va axborotni boshqarish bo‘yicha yagona tizimni yaratish oraqali tabiiy ofatlarga tayyorgarlik ko‘rish sohasida muvofiqlashtirish ishlarini kuchaytirishga xizmat qildi. Tabiiy ofatlar yuzaga kelishi holatlari bo‘yicha ko‘ngillilardan qutqaruv brigadalari shakllantirildi, tabiiy ofatlarga tayyorgarlik ko‘rish rejalari tuzildi, yuzlab xizmat ko‘rsatuvchilar, jamoatchilik vakillari va mahalliy hokimiyat organlari vakillari o‘qitildi.

Eng ahamiyatli jihati shundaki, taxlika va yuz berishi mumkin bo‘lgan tabiiy ofatlar oqibatlarini kamaytirish borasida ta’lim va sog‘liqni saqlash sektorlarining roli mustahkamlandi. 5000 nafar o‘qituvchining tabiiy ofatlardan xabardorligi kuchaytirildi hamda ularga tayyorlanish uslublariga o‘rgatildi, ayni paytda zaruriy qo‘llanmalar va axborot materiallari bilan ta’minlandi. 350 ming nafar bolalar va ota-onalar tabiiy xavf-xatarlardan va ular bilan bog‘liq bo‘lgan taxlikalardan ogohligini oshirdi, endilikda ular uzi yoki oila darajasida tabiiy ofatlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha choralar qabul qilishi mumkin.

Barqarorlikni ta’minlash maqsadida, UNICEF hozirgi paytda tabiiy ofatlar tavakkalchiligini kamaytirish bo‘yicha kurslarning rasmiy maktab dasturlariga kiritilishiga, shuningdek mahalliy hamjamiyatlar darajasida tavakkalchiliklarni kamaytirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqishga ko‘maklashmoqda. UNICEF ayni paytda tabiiy ofatlar taxlikasini kamaytirish bo‘yicha strategiyani milliy rivojlanishning umumiy strategiyasiga integratsiya qilinishi tarafdori bo‘lib, hududiy hokimiyat organlariga mahalliy hamjamiyatlar, qishloq vrachlik punktlari, maktablar va bolalar bog‘chalarini yirik tabiiy ofatlardan himoyalanishini ta’minlash bo‘yicha strategiyalarni va xatti-harakatlar rejalarini ishlab chiqishda ko‘maklashmoqda.

Marta o’qilgan: 318


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar