Farg‘ona vodiysidagi hududiy vasiylik va homiylik boshqarmalari

Chop etish versiyasi
17 May 2011

O‘zbekiston, Farg‘ona. 2011 yil 17 may - Farg‘ona vodiysidagi hududiy vasiylik va homiylik boshqarmalari, Mehribonlik va Muruvvat uylari, maxsus internatlar, oila va bolalarni qo‘llab-quvvatlash xizmatlari hamda oila va bolani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha boshqa davlat tashkilotlarining 40 nafar mutaxassisi o‘quv kursini yakunlaganidan so‘ng ijtimoiy faoliyat bo‘yicha diplomlar bilan taqdirlandi.

Ijtimoiy faoliyat bo‘yicha ushbu dastur O‘zbekistonda 2007 yilda Bolalar ijtimoiy moslashuvi respublika markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va BMTning Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) hamkorligidagi loyiha doirasida joriy qilingan. Shu paytgacha bolalarni himoya qilish bo‘yicha muassasalarning 200 nafar mutaxassisi o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirdi, va endilikda bolalarni himoya qilish sohasida yangicha yondashuvlarni amalda qo‘llashi mumkin. Hozirgi paytda Toshkent madaniyat institutida, Milliy universitetda hamda SamDU va FarDUda o‘qitilayotgan bakalavriat va magistratura darajalaridagi ijtimoiy faoliyat bo‘yicha o‘quv kurslari bolalar bilan faoliyat yurituvchi mutaxassislarning kasb mahorati oshirishga jiddiy hissa qo‘shmoqda.

Maxsus kursda ta’lim olgan ijtimoiy soha xodimlari tarmog‘i bolalarni hamda BMT ning Bolalar huquqlari konvensiyasida bayon qilingan himoyani ta’minlashga oid xatti-harakatlarni himoya qilish bo‘yicha har qanday samarali tizimning asosi hisoblanadi.

«UNICEF Bolalar ijtimoiy moslashuvi markazini barcha bolalar uchun g‘amxo‘rlik va himoya muhitini yaratish borasidagi xatti-harakatlari va bu ishga sodiqligi uchun yuksak baholaydi», dedi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bolalarni himoya qilish bo‘limi boshlig‘i Kristina Geyl.

Ijtimoiy sohaga oid kasbni rivojlantirish va joylarda ish olib borayotgan mutaxassislarning salohiyatini kuchaytirish milliy sheriklar va UNICEF tomonidan mamlakatda bolalar uchun yanada qulay himoya muhitini yaratish borasidagi yirikroq ko‘lamli strategik rejalashtirishning bir qismi hisoblanadi. Bu ayni paytda bolalar uchun ijtimoiy xizmatlar tomonidan amalga oshiriladigan bolalarni uzluksiz parvarishlash tizimining yaratilishi ko‘zda tutadi.

Hozirgi kunda bolani himoyalash tizimi ishlab chiqilmoqda, u uy sharoitida himoyasiz bolalarning himoyalanishi va qo‘llab-quvvatlanishini tasniflaydi. Bunga xususan, so‘nggi chora bo‘lmagan va bu narsa bevosita bolani himoyalash uchun zarur bo‘lsa, oilada bolani saqlash amaliyoti kiradi. Shu bilan birga bu yo‘nalishdagi faoliyat bolalar muassasalaridagi bolalarni oilaga re-integratsiya qilishga ham yo‘naltirilgan. Bu maqsadda ilk aralashuv va oilani qo‘llab-quvvatlash yo‘li bilan yo‘naltirish, choralar qabul qilish, tavakkalchilikni kamaytirish va zararning oldini olishni ta’minlash yo‘llari bo‘yicha dalillarni tasdiqlash maqsadida sinov loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

O‘n oyga mo‘ljallangan ushbu malaka oshirish dasturi ijtimoiy soha xodimlarining ko‘nikmalarini va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘maklashish orqali xatar ostidagi bolalarning shaxsiy ehtiyojlarini samarali qondirish borasidagi ishini rivojlantirishga qaratilgan. Qayta ta’lim olgan ijtimoiy soha mutaxassislari yangi ko‘nikmalarni egallash va yangi ish uslubiyotini o‘zlashtirish barobarida, o‘zlarining doimiy xizmat vazifalarini bajarishda qat'iyatga erishdilar.

O‘quv dasturi mamlakatning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda bolalarni himoya qilishga oid xalqaro standartlar asosida yaratilgan. Unda bir qator masalalar, jumladan, ijtimoiy faoliyatni boshqarish, bolaning rivojlanishi, bolani suiiste’molchiliklardan va qarovsizlikdan himoyalash, bolalarni parvarishlash bo‘yicha muqobil shakllardan foydalanish hamda nogiron bolalarga oid ijtimoiy faoliyat yuritish kabilar qamrab olingan. O‘quv kursi bo‘yicha faoliyat o‘quv jarayoniga ko‘maklashadigan amaliy faoliyat bilan qo‘shib olib boriladi va ish beruvchi tashkilotlar uchun bevosita manfaatdorlikni ta’minlaydi.

Marta o’qilgan: 67


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar