Fuqarolar himoyasi bo‘yicha mintaqaviy o‘quv markazlari aholi bilan ish olib borishni kuchaytirish maqsadida jihozlandilar.

Chop etish versiyasi
13 Oktabr 2011
5 5 Fotosuratlar

TOSHKENT, O‘zbekiston, 2011 yil 13 oktyabr - Bugun UNICEF tomonidan Qoraqalpog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Andijon, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarining Fuqarolar himoyasi bo‘yicha mintaqaviy o‘quv markazlariga “Damas” rusumli mini-furgonlar taqdim etildi. Bu turli ofatlarga yuqori darajada shay bo‘lib turishni hamda bolalar va ularning oilalarini himoya qilishni ta’minlash tadbirlari doirasida markazlarning aholi bilan ish olib borishiga yordam beradi.

Mini-furgonlarni topshirish marosimi O‘zbekistonda Ofatlar xavfini kamaytirish xalqaro kunini nishonlash doirasida vazirlik va UNICEF tomonidan yuqori martabali mansabdor shaxslar ishtirokida Favqulodda vaziyatlar vazirligida bo‘lib o‘tdi. Joriy yili ushbu kun «Bolalar va o‘smirlarni ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha faoliyatga jalb qilish» shiori ostida nishonlanmoqda. Tadbirda tabiiy, ekologik va texnogen ofatlar qurboniga aylanish borasida eng katta xatarga duchor bo‘layotgan bolalar va yoshlar orasida profilaktik va tushuntirish ishlarini olib borishning muhimligi ta’kidlab o‘tilib, ularni falokatlar xatarini pasaytirish va bu sohada qarorlarni qabul qilishda ishtirok etishga da’vat etilmoqda.

“Bolalarni turli ofatlardan himoya qilish va ular uchun xavfsiz sharoitlarni yaratish UNICEF faoliyatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri va O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish bo‘yicha hamkorlik dasturining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri”, - deb ta’kidladi UNICEF vakolatxonasi rahbari Jan-Mishel Delmot. “Ofatlar xatarini kamaytirish bo‘yicha hamkorlikdagi sa’y-harakatlarimiz natijalari katta umid bag‘ishlamoqda. Bolalar bu sohadagi o‘zgarishlarning haqiqiy harakatlantiruvchi kuchiga aylanishi mumkinligini ko‘ryapmiz. Ular tabiiy ofatlar va bu bilan bog‘liq xatarlar to‘g‘risidagi axborotni o‘z ota-onalari va hamjamiyatlarida tarqatishga yordam berib, xatto tabiiy ofat yuzaga kelganda qanday choralarni ko‘rish lozimligiga o‘rgatmoqdalar”.

UNICEF, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda boshqa hukumat va nohukumat sherik tashkilotlar o‘rtasida to‘rt yil davomida olib borilgan hamkorlik natijasida O‘zbekistonning 13 mintaqalaridan besh mingdan ortiq o‘qituvchilar tabiiy ofatlar to‘g‘risidagi xabardorlik darajalarini oshirdilar. Shuningdek, o‘qituvchilar xavf-xatarlarni yengishga yordam beradigan uslublarni o‘rgandilar va kerakli o‘quv va axborot materiallari bilan ta’minlandilar. Endilikda 350 ming nafar bolalar va ularning ota-onalari tabiiy ofatlar va ular bilan bog‘liq xatarlar to‘g‘risida yanada kengroq ma’lumotga ega bo‘ldilar. Ular o‘zlarini va yaqinlarini yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy ofatlarga qanday tayyorlash kerakligini va favqulodda vaziyatlarda qanday harakatlar to‘g‘ri ekanligini biladilar.

Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Xakimjon Abdulazizov mini-furgonlarni topshirish marosimida so‘zga chiqib, aholini tabiiy ofatlarga shayligini ta’minlash sohasida UNICEF bilan muvaffaqiyatli hamkorlik olib borilayotganligini aytdi. UNICEFga O‘zbekistonda ofatlar xavfini kamaytirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirib, janob Abdulazizov Favqulodda vaziyatlar vazirligi joriy hamkorlikni yanada kuchaytirish va kengaytirish ishiga sodiq ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Marta o’qilgan: 66


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar