O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi va UNICEF davlat xizmatchilari orasida bola huquqlarini ilgari surmoqdalar.

Chop etish versiyasi
23 Dekabr 2011
7 7 Fotosuratlar

TOSHKENT, O‘zbekiston, 2011 yil 23 dekabr - Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida bola huquqlari va bolalar farovonligi masalalari bo‘yicha davlat xizmatchilarini tayyorlashga qaratilgan va UNICEF ko‘magida yaratilgan resurs markazi ochilib, uning doirasida “Barcha huquqlar -barcha bolalarga” deb nomlangan fotoko‘rgazma ochildi. Markazni tantanali ochish marosimida UNICEF, Akademiya vakillari hamda hozirgi vaqtda akademiyada turli malaka oshirish kurslarida saboq olayotgan mintaqaviy va mahalliy hokimiyat organlari xizmatchilari ishtirok etdilar.

“Markaziy va mahalliy darajalardagi davlat xizmatchilari bolalar farovonligini ta’minlashda juda muhim rol o‘ynaydilar. Ular bolalar huquqlariga javob beradigan siyosat va dasturlarni joriy etish yo‘li bilan hukumatning kun tartibida bolalar va ayollar bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarning ustuvorligini ta’minlashlari mumkin. Shuningdek, ular aholining eng muhtoj guruhlarining ahvolini yaxshilash uchun mahalliy byudjetlardan ko‘proq moliyaviy resurslarni ajratishlari va ushbu resurslar samarali ishlatilishini ta’minlashlari mumkin”, - dedi UNICEF vakolatxonasining rahbari Jan-Mishel Delmot ochilish marosimida. “UNICEFning Akademiya bilan hamkorligi viloyat va tuman darajadagi mansabdor shaxslarga bolalar manfaatlari yo‘lidagi harakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun kerakli bilim va ko‘nikmalarni orttirishga yordam bermoqda”.

Resurs markazi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi va UNICEFning tematik munozaralarni o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma tashabbusi doirasida tashkil etildi. Shu kabi munozaralar UNICEF komandasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Bunday hamkorlik 2010-2015 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturining bir qismi hisoblanadi va ijtimoiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda bolalar huquqlariga ustuvorlik bag‘ishlash bo‘yicha barcha darajalar va sektorlarda davlat xizmatchilarining salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan.

Keyingi besh yil ichida 700dan ortiq mintaqaviy va mahalliy hokimiyat organlari hamda tarmoq vazirliklari mintaqaviy vakillari natijalarga asoslangan boshqarish uslubiga o‘rgandilar. Natijalarga asoslangan boshqarish moduli endilikda akademiyaning o‘quv dasturiga kiritilgan. Rejalashtirish, boshqarish va monitoring qilish sohasidagi mustahkamlangan salohiyat ayollar va bolalarning farovonligini ta’minlash uchun resurslardan yanada samarali foydalanishga xizmat qilishi uchun mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlarining mansabdor shaxslari bola huquqlari masalalari bo‘yicha saboq oldilar.

Shu bilan birga yangi markaz Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, UNICEF va boshqa hamkor tashkilotlar, shu jumladan Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Ombudsman instituti, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va O‘zbekiston NNTlari Milliy assotsiatsiyasi o‘rtasida bilim almashish uchun maydon sifatida xizmat qiladi. Ushbu markaz siyosat bo‘yicha eng muhim milliy mansabdor shaxslar, qaror qabul qiluvchi insonlar va bolalar farovonligiga tegishli masalalar bo‘yicha xalqaro ekspertlar bilan ma’ruzalar va davra suhbatlarini o‘tkazadi.

Fotoko‘rgazma bolalar huquqlari va ular kundalik hayotda amalga oshirilishiga qaratilgan. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning bir nechta moddalari UNICEF fotosuratkashi Jakomo Pirotssi tomonidan dunyoning turli mintaqalarida, shu jumladan O‘zbekistonda rasmga olingan eng yaxshi fotosuratlar orqali aks ettirilgan. 15ta ko‘rgazma pannolarining har biri O‘zbekistonlik bolalar misolida va yashash sharoitlari turlicha bo‘lgan qator mamlakatlar misolida bolaning eng muhim huquqlaridan birini “amalda” ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rgazma bu yerga tashrif buyurgan barcha insonlarga bola huquqlari universalligi, o‘zaro bog‘liqligi va har biri bola hech qanday kamsitishsiz ulardan foydalanish imkoniga ega bo‘lishi lozimligini eslatib turadi. Ko‘rgazma 2012 yil 5 yanvargacha davom etadi.

Marta o’qilgan: 70


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar