“Barcha huquqlar - barcha bolalarga”

Chop etish versiyasi
12 Dekabr 2012
2 2 Fotosuratlar

Toshkent, O‘zbekiston, 2012 yil 12 dekabr - Bugun O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Barcha huquqlar -barcha bolalarga” deb nomlangan fotoko‘rgazma ochildi. Ushbu tadbir Konstitutsiya kuni (8 dekabr) va Inson huquqlari kunini (10 dekbr) umumxalq darajada nishonlash doirasida BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida Milliy kutubxona tomonidan tashkil etildi.

Fotoko‘rgazma bolalar huquqlariga va ularni kundalik hayotda amalga oshirishga bag‘ishlangan. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning muhim moddalari UNICEFning fotosuratkashi Djakomo Pirotssi tomonidan jahonning turli burchaklarida, shu jumladan O‘zbekistonda suratga olingan fotosuratlar orqali tasvirlangan. Ko‘rgazmada o‘rin olgan 15ta pannoning har biri o‘zbekistonlik va dunyoning boshqa mamlakatlarida yashovchi bolalar misolida eng muhim bola huquqlariniaks ettiradi. Fotosuratlar orqali namoyish etilgan huquqlar qatorida - bolalarning ta’lim olish, sog‘liqni saqlash, himoyalanish va ishtirok etishga bo‘lgan huquqlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Ko‘rgazma bola huquqlarining universalligi, o‘zaro bog‘liqligi va hech qanday kamsitishsiz har bir bolaga tegishli ekanini ta’kidlaydi.

«Bola turli milliy va xalqaro manbalardan ma’lumot olish imkoniga ega bo‘lishi uning Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyada qayd etilgan ajralmas huquqidir. Ushbu ko‘rgazma asosiy vazifasi aholi, ayniqsa, o‘smirlar va yoshlar orasida bilim almashish va tarqatishdan iborat bo‘lgan kutubxonada o‘tkazilishi juda o‘rinli»,- deb ta’kidladi ko‘rgazmani ochish marosimida UNICEF vakolatxonasi rahbari janob Jan-Mishel Delmot.

Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 1989 yil 20 noyabrda qabul qilingan bo‘lib, barcha bolalar va yoshlar uchun bir qator asosiy huquqlarni belgiladi. Hozirgi vaqtda Konvensiya butun dunyoda eng keng miqyosda tasdiqlangan inson huquqlari to‘g‘risidagi bitim hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi birinchilar qatori Konvensiyani tasdiqladi va bu bilan mamlakatda bola huquqlarini ta’minlash yuzasidan majburiyat oldi.

Ko‘rgazma Milliy kutubxonada 2013 yil 10 yanvargacha namoyish etiladi.

Marta o’qilgan: 352


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar