UNICEF, Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ona va bola salomatligini muhofaza qilish ishiga sodiq ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.

Chop etish versiyasi
19 Iyul 2012
3 3 Fotosuratlar

TOSHKENT, O‘zbekiston, 2012 yil 19 iyul - UNICEF vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Yevropa Ittifoqi (YI) rahbariyati YI-UNICEFning O‘zbekistonda «Onalik va bolalikni muhofaza qilish borasidagi xizmatlarni takomillashtirish» (OBMQXT) dasturini rivojlantirish maqsadida bugun hamkorlik dasturining ikkinchi bosqichini amalga oshirish to‘g‘risidagi uch tomonlama bitimni imzoladilar.

Ushbu bitim uchta hamkorning sog‘liqni saqlash sektorini boshqarishni kuchaytirish, onalar va bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash hamda oilalar va hamjamiyatlar orasida salomatlikni mustahkamlash bo‘yicha ijobiy amaliyotlarni ilgari surish borasidagi qo‘shma majburiyatlarini o‘z ichiga oladi.

Bitim Sog‘liqni saqlash vazirligi, UNICEF va YI o‘rtasida muvaffaqiyatli hamkorlik davom ettirilishidan dalolat beradi. 2008-2011 yillar davomida OBMQXT dasturining birinchi bosqichi amalga oshirilishi sog‘liqni saqlash sektorida, ayniqsa ona va bola salomatligini muhofaza qilish sohasida olib borilayotgan islohotlarga jiddiy hissa qo‘shdi.

OBMQXT dasturining birinchi bosqichi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni va kichik bolalarni barcha bosqichlarda, homiladordik davrida va bola tug‘ilganidan keyin parvarishlash bo‘yicha tegishli amallar majmuining joriy etilishi chaqaloqlar kasallanishi va o‘limi darajasini kamaytirishi va bu bilan mamlakatni Ming yillik rivojlanish maqsadlarining, tenglik shartlari asosida, ona va bola salomatligini muhofaza qilish bilan bog‘liq bo‘lgan 4- va 5-maqsadlariga erishishga yanada yaqinlashtirishi mumkin.

OBMQXT dasturining birinchi bosqichi doirasida erishilgan muvaffaqiyatlar «O‘zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilish milliy modeli: Sog‘lom ona - sog‘lom bola» loyihasida o‘z aksini topdi va 2011 yil 25-26 noyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tantanali ochib berilgan xalqaro simpoziumda yana bir bor e’tirof etildi. Simpoziumning tavsiyalaridan biri ona va bola salomatligini muhofaza qilish sektori va sog‘liqni saqlash tiziminingkasalliklaoga qarshi emlash, ovqatlanish, gigiyena, OIV/OITSning oldini olish va davolash kabi boshqa tarkibiy qismlari o‘rtasida aloqalarni o‘rnatishdan iborat edi.

UNICEF tashkiloti mazkur jarayon davomida Sog‘liqni saqlash vazirligining ishonchli hamkori bo‘lib, yuqori samarali va shu bilan birga iqtisodiy jihatdan kamxarj tadbirlarni o‘tkazish maqsadida tibbiy mutaxassislar salohiyatini mustahkamlash yo‘li bilan sog‘liqni saqlash xizmatlarining sifatini yaxshilashga ko‘maklashmoqda.

Rivojlanish sohasida keng doiradagi manfaatdor tomonlar va hamkorlar, shu jumladan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST), Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki bilansiyosiy muloqot yuritish hamda joylardagi dasturiy dasturlar doirasida, UNICEF sifat va texnik nazorat yaxlit va barqaror shaklda bo‘lishini ta’minlash uchun eng maqbul imkoniyatlarga ega. Bu afzalliklar dasturning ikkinchi bosqichini amalga oshirish davomida to‘laligicha qo‘llaniladi.

OBMQXT - 2 dasturi doirasida ona va bola salomatligi va farovonligini ta’minlash uchun uzluksiz tibbiy yordam ko‘rsatilishiga asoslangan yondashuv qo‘llaniladi. Bu jarayonda asosiy e’tibor ayollarga homiladorlikdan oldin va homiladorlik davrida, tug‘ruq jarayonida va bola rivojlanishining barcha bosqichlarida ko‘rsatiladigan xizmatlarga qaratiladi.

Institutsional ko‘mak doirasida ushbu dastur me’yoriy bazani qayta ko‘rib chiqish va mustahkamlash, sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirish va boshqarishni kuchaytirish, texnik nazoratga ko‘maklashish va puxta monitoring o‘tkazishga qaratilgan.

Xizmatlarni ko‘rsatish darajasida OBMQXT - 2 dasturi onalar va bolalarga keng qamrovli hamda xalqaro standart va talablarga javob beradigan tibbiy yordamni taqdim etish uchun sog‘liqni saqlash tizimi kadrlarining salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan. Shuningdek, tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining o‘quv dasturlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, eng ilg‘or amaliyotlarni joriy etish va logistikani rejalashtirish ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga dastur aholi talabining ortishiga qaratilgan va tibbiy yordam olish bo‘yicha adolatli imkoniyatni ta’minlash yo‘lida ijtimoiy va madaniy to‘siqlarni bartaraf etish va uy xo‘jaliklari darajasida salomatlik, ovqatlanish va gigiyenaga nisbatan ijobiy amaliyotni ilgari surish uchun bolalar, oilalar va hamjamiyatlar bilan ish olib boradi.

Ushbu dastur 5 million 718 ming 770 yevroga baholanadi. Dastur uch yarim yil davomida O‘zbekistonning barcha mintaqalarida amalga oshiriladi.

Marta o’qilgan: 226


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar