Xalq ta’limi vazirligi va UNICEF umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini faollashtirmoqdalar

Chop etish versiyasi
17 Mart 2011
6 6 Fotosuratlar

O‘zbekiston, Toshkent , 2011 yil 17 mart - Bugun turli sektorlar milliy ekspertlarining davra suhbati shaklida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta’lim sifatini standartlashtirish bo‘yicha kompleks qo‘llanmani tayyorlash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi.

Davra suhbati Xalq ta’limi vazirligi va UNICEF tomonidan tashkil etildi. Tadbirda ta’lim sifatiga ta’sir qiladigan omillarni ko‘rib chiqish maqsadida xalq ta’limi va oliy ta’lim, iqtisodiyot, moliya, sog‘liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy himoya qilish vazirliklari, pedagogik institutlar, xalqaro tashkilotlar, donorlar va boshqa manfaatdor tomonlar vakillari ishtirok etdilar. Shuningdek ular sifat standartlarini eng yaxshi xalqaro amaliyot va standartlarga muvofiqlashtirish choralarini belgiladilar.

“O‘zbekistonda zamonaviy ta’lim uslublarini joriy etish yo‘lida UNICEF doimo Xalq ta’limi vazirligi bilan yaqin hamkorlikda ish olib borgan. Biz butun O‘zbekiston hududida bolalar va ularning o‘qituvchilari uchun sifatli asosiy ta’lim tamoyillarini mustahkamlash bo‘yicha birgalikdagi faoliyatni davom ettirishdan mamnunmiz”, - deb ta’kidladi UNICEF vakolatxonasi ta’lim bo‘limi boshlig‘i Merilin Oar davra suhbatining ochilishida.

“Bolaga do‘stona munosabat maktabi” (BDMM) deb nom olgan yondashuv ta’lim tizimining sifatini oshirish uchun mo‘ljallangan xalqaro uslublardan biri hisoblanadi. Ushbu yondashuv 1989 yilda Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya qabul qilinganidan so‘ng UNICEF va hamkor tashkilotlar tomonidan ishlab chiqildi. BDMM tamoyili bolani ta’lim jarayonining markaziga qo‘yib, bilim berish sifatini samaradorlik, salomatlik, xavfsizlik, ximoya, ishtirok, gender jihatlarini hisobga olish, inklyuzivlik kabi ko‘rsatkichlar orqali baholaydi. Boshqacha qilib aytganda, mazkur konsepsiya maktablarda bolalarni asosiy ko‘nikmalarga o‘rgatishga qaratilgan tegishli o‘quv dasturlari va materiallari mavjudligi va ular bola shaxsiyatini rivojlantirishga qaratilgan bilim berish va o‘qitish uslublarini qo‘llayotganligi foydalanayotganligi hamda maktab muhiti sog‘lom, xavfsiz va bolani himoyalovchi ekanligi hamda bolalar ta’lim olishning har bir pog‘onasida o‘qish uchun barcha salohiyatlaridan foydalanayotganlariga ishonch hosil qilishga yordam beradi.

Keyingi o‘n yil davomida ko‘pgina mamlakatlar, shu jumladan O‘zbekiston, BDMM konsepsiyasini o‘z ehtiyojlariga moslashtirdilar. O‘zbekistonda Xalq ta’limi vazirligi, UNICEF, Respublika o‘qituvchilar malakasini oshirish instituti va pedagogika oliy o‘quv yurtlarining hamkorlikdagi sa’y-harakatlari tufayli bolaga yo‘naltirilgan ta’lim konsepsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Farg‘ona, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan 1000 maktablarda muvaffaqiyatli amalga oshirildi va umumiy o‘rta ta’lim sifati va samaradorligining o‘sishiga xizmat qildi.

Shu bilan birga, bola shaxsiyatini rivojlantirishga ynaltirilgan ta’lim tamoyillari barcha pedagogik institutlarning o‘quv dasturlariga ham kiritildi. Mamlakatning beshta mintaqasida qayta tayyorgarlikdan o‘tgan o‘qituvchilarga pedagogik ko‘mak berish uchun resurs markazlari ochildi.

Bunday keng qamrovli sifat konsepsiyasi bolalar uchun shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim muhitini yaratish jarayoniga o‘tishga xizmat qildi. Shuningdek u maktab, oila va hamjamiyat bilan yaqin hamkorlikda maktabni nomarkazlashgan tartibda boshqarish uchun shart-sharoitlarni yaratishga yordam berdi.

Ta’lim berish uchun eng maqbul muhitni ta’minlash uchun standart yo‘nalishlarni ishlab chiqish va qabul qilishda tegishli sharoitlar va muvofiq resurslar hamda samarali pedagogik jarayonni nazarda tutadigan qator elementlar hisobga olinadi. Bugungi davra suhbati ta’lim tizimining sifati, o‘quvchilar dars o‘zlashtirishi, ularning ijtimoiy rivojlanishi va ta’limni isloh qilish jarayonining monitoringi yanada samarali baholanishini ta’minlashda muhim qadam bo‘ldi.

Marta o’qilgan: 302


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar