O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va UNICEF hamkorligida

Chop etish versiyasi
25 Iyun 2012
6 6 Fotosuratlar

TOSHKENT, O‘zbekiston, 25 iyun, 2012 y. - 25-30 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va UNICEF hamkorligida 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarni sog‘lomlashtirish maqsadida “Sog‘lom bola haftaligi” o‘tkazilmoqda.

Mazkur haftalik doirasida UNICEF tomonidan 2,6 milliondan ziyod 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun yetkazib berilgan A vitamini saplementatsiyasi olib boriladi. Shu bilan birga, Sog‘liqni saqlash vazirligi yetuk mutaxassislarning viloyatlarga tashrifini tashkillashtirish orqali tug‘riq yoshidagi ayollar, o‘smir qizlar va bolalarni sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlar kompleksini amalga oshiradi.

UNICEF tashkiloti «Soglom bola haftaligi» doirasida Qoraqalpog‘istonda 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kengaytirilgan xizmatlar paketini yetkazib berish bo‘yicha uyg‘unlashtirilgan tadbirlar tashabbusini qo‘llab-quvvatlamoqda. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, davolash va profilaktika komponentlarini o‘z ichiga olgan, bolalarni sog‘lomlashtirishga bu xildagi uyg‘unlashtirilgan tadbirlar mazkur komponentlarning samarasini yanada oshiradi. Qoraqalpog‘istondagi haftalik davomida olib borilajak tadbirlar bolalarni umumiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, jumladan, antropomentriya, onalarga bolalarni optimal ozuqalantirish, sanitariya va gigiyena bo‘yicha konsultatsiyalar kabi komponentlarni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun A vitamini saplementatsiyasi hamda 2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun antigelmint preperatlar berish amalga oshiriladi. Mazkur davr mobaynida shifokor-pediatrlar va patronaj hamshiralar QVP va mauyyan yoshdagi bolalar yashovchi oilalarda tug‘ilgandan to 6 oyga to‘lgunga qadar bo‘lgan bolalarni faqat ona suti bilan ozuqalantirishning ahamiyati, 6 oyga to‘lgan bolalarni JSST va UNICEFning xalqaro tavsiyalari asosida to‘g‘ri qo‘shimcha ozuqalantirish kabi mavzularda suhbatlar o‘tkazadilar hamda bolaning sog‘lom o‘sishi va ulg‘ayishi uchun A vitamini saplementatsiyasi va gelmintozlar profilaktikasi bo‘yicha savollarga javob beradilar. Tadbir davomida Qoraqalpog‘istonda yashovchi 2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan, antigelmint preparatlarninig profilaktik dozasini A vitamini bilan birga qabul qilayotgan bolalarning 150 mingdan ortig‘ini qamrab olish rejalashtirilgan bo‘lib, bu O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan qo‘shma tibbiy tadbir hisoblanadi.

Mikronutriyentlarning tanqisligi inson xastaliklarining 80% ortiga sabab bo‘ladi. Inson hayoti uchun xavf soluvchi va o‘ta salbiy ta’sirlari tufayli temir moddasi, yod moddasi va vitamin A kabi mikronutriyentlarning yetishmasligi profilaktikasiga alohida e’tibor qaratiladi.

A vitamini inson immun tizimining eng muhim mikroelementlaridan biri hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili 140 million maktab yoshiga yetmagan bolalar va 7 million homilador ayollar A vitamini tanqisligi (AVT)dan aziyat chekmoqda; 4,4 million bolalar va 6,2 million ayollar kseroftalmiya bilan xastalangan; 1,2-3 million bolalar AVT oqibatida hayotdan ko‘z yummoqda.

BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 5 yoshga yetmagan bolalardan eng kamida 100 millioni AVTdan aziyat chekayotgan bo‘lib, ushbu tanqislik darajasining oshishi ko‘rlikka olib kelishi mumkin va bola qizamiq, diareya va o‘tkir respirator infeksiyasi kabi kasalliklar oqibatida hayotdan ko‘z yumishi xavfini sezilarli darajada oshiradi. Olti oylikdan 59 oylikka qadar bo‘lgan bolalarni A vitamini bilan ta’minlash bolalar hayotini saqlab qolishning iqtisodiy jihatdan eng samarali uslublardan biri bo‘lib, u har yili 300 000 dan ortiq bolalar hayotini saqlab qolishda yordam berishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ona va bola salomatligini oshirish Davlat dasturi doriasida hamda O‘zbekiston Respublikasining «Mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi to‘g‘risidagi» Qonunini ijro etish bo‘yicha ona va bola salomatligini oshirish bo‘yicha keng miqyosda ish olib borilmoqda. Ushbu faoliyat 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun A vitamini saplementatsiyasini amalga oshirish, homilador ayollarni poluvitaminlar bilan ta’minlash hamda aholining ovqatlanish borasidagi masalalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

O‘zbekistonda 2002 yildan boshlash UNICEF hamkorligida A vitamini yetishmasligi profilaktikasi dasturi amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu dasturda A vitamini saplementatsiyasi bo‘yicha tadbirlar aholining ovqatlanish odatlarini o‘zgartirishga qaratilgan axborot-tushintirish ishlari bilan uyg‘unlikda olib boriladi. Bugungi kunga qadar A vitamini saplementatsiyasining 17 turi amalga oshirilgan bo‘lib, har bir turda 2,1 million 6 oylikdan 60 oylikkacha bo‘lgan bolalar qamrab olingan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida chaqaloqlar va yosh bolalarni ozuqalantirish bo‘yicha aholi bilimini oshirishga qaratilgan hamda 6 oydan 24 oylikkacha bo‘lgan bolalarni mikronutriyentlar saplementatsiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha loyihalar boshlangan.

Amalga oshirilayotgan barcha tadbirlar past bo‘ylilik, tug‘ma anomaliyalar, mikronutriyentlar yetishmasligi bilan bog‘liq bo‘lgan kasallanish holatlarining kamayishiga olib keladi va bu o‘z navbatida onalar va bolalar o‘limi ko‘rsatkichlarining tushishini ta’minlaydi.

“Sog‘lom bola haftaligi”ni o‘tkazishda UNICEF tashkilotining ishtiroki 300 ming dona mebendazol tabletkasi va 5,6 million doza miqdorida A vitamini sotib olib berishdan iborat bo‘lib, bir dozada 6 oylikdan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 100 000 ME, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun esa 200 000 ME mavjud. Shu bilan birga tashkilot tomonidan joylardagi sog‘liqni saqlash idoralari xodimlari va sog‘liqni saqlashning birlamchi tarmog‘i xizmatchilarining kasbiy malakalarini oshirish, oilalar uchun eslatma kitobchalar ishlab chiqib, ularni 200 mingdan ortiq nusxadagi chop etish, televizion va radio lavhalar tayyorlashga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazishda yordam ko‘rsatdi.

Marta o’qilgan: 340


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar