Bolalar oziqlanishini yaxshilash: Umumiy taraqqiyot yo‘lida erishib bo‘ladigan maqsad

Chop etish versiyasi
17 Aprel 2013

Toshkent, 17 aprel 2013 y. - Ona homilador bo‘lib qolganidan boshlab bolaning ikkinchi tug‘ilgan kunigacha 1000 kun bolaning oziqlanishdagi ehtiyojlarini qondirishda eng muhim davr hisoblanadi, - deb ta’kidlangan UNISEFning «Bolalar oziqlanishini yaxshilash: Umumiy taraqqiyot yo‘lida erishib bo‘ladigan maqsad» deb nomlangan hisobotida.

Ushbu ma’ruza bolaning sekinlashib o‘sishi va yetarlicha ovqatlanmasligiga qarshi kurashishda muvaffaqiyatga erishishning asosiy omili homilador ayollar va hayotining dastlabki ikki yili davomida bolalarga alohida e’tibor qaratishdan iborat ekanligini tasdiqlaydi. Aynan shu davrda bola jismoniy va aqliy jihatdan jadal rivojlanadi. Daromadlar past va o‘rta darajada bo‘lgan 54 mamlakatda to‘plangan ma’lumotlar sekinlashgan o‘sish sababli bolaning gavdasi va miyasiga yetkaziladigan zararni hech qachon to‘g‘rilab bo‘lmasligidan darak bermoqda. Bu esa o‘z navbatida bolaning maktabga qatnashi va o‘zlashtirish darajasiga, keyinchalik esa uning jamiyatdagi shaxsiy yutuqlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ishlab topadigan pul miqdori va farovonligi darajasini 22 foizdan ortiqroq pasaytirib yuboradi. 2006 yil ma’lumotlarida bola o‘sishidagi to‘xtab qolish va yetarlicha ovqatlanmaslik mamlakat yalpi ichki mahsuloti (YAIM) pasayishiga sabab bo‘lishi va kamida 2-3 foiz miqdorda YAIM yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin, degan taxminlar keltirilgan.

Bola salomatligining ahvoli quyidagi umumiy omillarga bog‘liq: oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va maqbul ovqatlanish, sog‘liqni saqlash va immunizatsiya xizmatlari mavjudligi, yaxshilangan sanitariya va xavfsiz suvdan foydalanish imkoniyati hamda gigiyena qoidalariga rioya qilish. Shunday bo‘lsada, kasalliklarning oldini olish va davolash vazifalari oddiy, turli xildagi va to‘yimli moddalarga boy bo‘lgan ozuqalar bilan ta’minlash kabi juda muhim ahamiyatga ega.

UNISEF hisobotida ushbu sohadagi taraqqiyotning jadallashuvi - bu davr taqozosi ekanligining isboti keltirilgan. Ma’ruzada ushbu masalalarni eng kichik xarajatlar evaziga hal qilish aspektlari ajratib berilgan va ko‘rib chiqilgan, va bu bolaning sekinlashgan rivoji va boshqa shakldagi noto‘g‘ri ovqatlanishning oldini olishga yordam beradi. Ayollarning ovqatlanishini yaxshilash lozim, ayniqsa homiladorlikdan oldin, homiladorlik vaqtida va undan keyingi davrda, chaqaloq hayotining dastlabki olti oyi davomida uni faqat ko‘krak suti bilan emizib boqishga odatlanish; kelgusida o‘z vaqtida, xavfsiz va talab darajasidagi ozuqani ta’minlash va unga yetarli miqdordagi vitamin va minerallarni kiritish kerak.

Bolalar pakanaligi holatlarini va noto‘g‘ri ovqatlanishning boshqa shakllarini qisqartirish maqsadida UNISEF butun dunyoda mamlakatlar hukumatlari va sheriklar o‘rtasida siyosiy tarafdorlikni yaratish ustida ish olib boradi; ilmiy asoslangan kompleks milliy strategiya va dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi, tibbiyot va ijtimoiy soha xodimlarining salohiyatini mustaqkamlash, aholi uchun samarali kommunikatsion dasturlar ishlab chiqilishini qo‘llab-quvvatlaydi; hamda tovar va xizmatlarni taqdim etish bo‘yicha sektorlararo hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘zbekistonda UNISEF ovqatlanish va aholi o‘rtasida mikronutriyentlar tanqisligini bartaraf etish masalalarida hukumatni qo‘llab-quvvatlab, bolalar va homilador ayollarga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu boradagi dasturlar oziq-ovqat mahsulotlarini asosiy mikronutriyentlar bilan boyitish, oilalarda sog‘lom ovqat iste’mol qilishni targ‘ib etish hamda ko‘krak suti bilan boqish amaliyotini monitoring qilish va mikronutriyentlar tanqisligini bartaraf etish kabi tadbirlarni qamrab olgan.

UNISEF ko‘krak suti bilan emizib boqish amaliyotini qo‘llab-quvvatlash hamda «Bolaga do‘stona munosabatdagi shifoxonalar tashabbusi» va «Chaqaloqlar va bolalar ovqatlanishi» Dasturi doirasida bolani maqbul ovqatlantirish bo‘yicha tavsiyalardan amalda foydalanish yo‘nalishida Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa sheriklar bilan hamkorlikda ishlamoqda. Shu bilan birga, mikronutriyentlar tanqisligi bilan bog‘liq kasalliklar tarqalishining oldini olish uchun UNISEF oilalarda yodlangan tuz hamda temir va foliy kislotasi bilan boyitilgan un iste’mol qilinishini targ‘ib qiladi.

Qoraqalpog‘istonda «Chaqaloqlar va bolalar ovqatlanishi» Dasturi doirasida UNISEF oziq-ovqat mahsulotlarini uy sharoitlarida «Sprinkles» mikronutriyentli tarkib bilan boyitishni qo‘llab-quvvatladi. «Sprinkles» paketi JSST tomonidan tavsiya etilgan va 6-24 oylik bolalarda mikronutriyentlar tanqisligini bartaraf qilish va temir tanqisligi anemiyasining oldini olish uchun zarur bo‘lgan maqbul miqdordagi temir, yod, rux, A va B vitaminlari birikmasidan tarkib topgan.

Ayni paytda, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar salomatligini yaxshilash maqsadida UNISEF A vitamini bilan saplementatsiyalash amaliyotini qo‘llab-quvvatlaydi. Hozirgi vaqtgacha mamlakat bo‘ylab A vitamini bilan saplementatsiyalashga qaratilgan 18ta tadbir o‘tkazilib, aholining 98 foizi qamrab olindi. 2012 yilda Qoraqalpog‘istonda Sog‘lom bola haftaligini o‘tkazish doirasida sog‘liqni saqlash bo‘yicha muvofiqlashtirilgan xizmatlar majmui joriy etildi. Ushbu tadbirlar davomida nafaqat A vitamini bilan samlementatsiyalash o‘tkazildi, balki 2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan 200 ming nafar bolalarga gelmintlarga qarshi tabletkalar tarqatildi hamda oilalarga to‘g‘ri ovqatlanish va bolalar salomatligi bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, hozirgi vaqtda «Onalik va bolalikni muhofaza qilish xizmatlarini takomillashtirish» Loyihasi doirasida Namangan viloyatida va Qoraqalpog‘istonda hamjamiyatlar ishtirokiga asoslangan va bolalar sog‘lom ovqatlanishi va muvofiq gigiyena yuzasidan tavsiyalarga amal qilish bo‘yicha oilalar salohiyatini oshirishga qaratilgan dastur taqdim etiladi.

Shuningdek, muvofiq sanitariya va gigiyena amaliyotini hamda xonadonlar va maktablarda toza ichimlik suvidan foydalanishni targ‘ib etish yo‘li bilan bolalar yuqumli kasalliklarga duchor bo‘lishlarining oldini olish maqsadida UNISEF Sog‘liqni saqlash va Ta’lim vazirliklari bilan hamkorlikda «Gigiyenada chempionlik tashabbusi» boshlang‘ich-sinov dasturlarini amalga oshirishga kirishdi.

Marta o’qilgan: 339


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar