O‘zbekiston hukumati va UNICEF o‘rtasidagi hamkorlik dasturi bo‘yicha o‘rta muddat sharhi

Chop etish versiyasi
16 May 2013
Toshkent sh., 16 may 2013 yil. - O‘zbekiston Hukumati va UNICEFning Mamlakat hamkorlik dasturining o‘rta muddat sharhiga bag‘ishlangan yuqori darajali kengashida turli vazirlik va idoralar, boshqa davlat tuzilmalari, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlarning 100dan ortiq vakillari qatnashdilar. Uchrashuv Bosh vazir o‘rinbosari Ye.P. prof. Adham Ikramov raisligida va UNICEFning MShE va MDH mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktor o‘rinbosari Kirsi Madi xonim ishtirokida o‘tkazildi.

O‘rta muddat sharhi (O‘MSh) mazkur hamkorlik Dasturini (2010-2015 yillar) amalga oshirish hamda O‘zbekiston bolalari uchun tenglik shartlari asosida barqaror natijaga erishishni tezlashtirish uchun muvofiqlashtiruvlarni kiritish doirasida bugungi kunga kelib erishilgan taraqqiyotni baholash uchun o‘tkazilmoqda.
Hamkorlikka qaratilgan Olti yillik Mamlakat dasturi milliy ustuvorliklar, Ming yillik rivojlanish maqsadlariga javob beradi va rivojlanish uchun ko‘maklashish bo‘yicha BMT doiraviy dasturining (YuNDAF) maqsadlariga muvofiqdir. Dastur quyidagi ikki asosiy yo‘nalishga qaratilgan:

• Bolalar va ayollar uchun asosiy ijtimoiy xizmatlar, ya’ni ona va bola salomatligini muhofaza qilish, ovqatlanish, OIV/OITS, ta’lim va bolalarni himoya qilish sohasida xizmatlar sifatini oshirish.
• Ijtimoiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish va bola huquqlarini monitoring qilish sohasida milliy salohiyatni mustahkamlash.

Mazkur Mamlakat dasturiga muvofiq, UNICEF milliy qonunlar, dasturlar va harakat rejalarini bolalar uchun muayyan natijalarga aylantirishda mamlakat Hukumatiga texnik ko‘mak ko‘rsatmoqda, va bu jarayonda kompleks sektorlararo strategiyalardan foydalanib, tenglikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda. Bolalarni parvarishlash bo‘yicha ijobiy amaliyotlarga rioya qilish hamda sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy muhofaza va bolalar uchun zarur va yanada yaxshilangan boshqa xizmatlarga talab hosil qilish uchun oilalar va hamjamiyatlarni rivojlantirish maqsadlarida ularning imkoniyatlarini kengaytirish uchun kommunikatsiya, ya’ni aloqalar o‘rnatishga qo‘shimcha urg‘u berildi. Ayni paytda, o‘smirlar va yoshlarning axborotga ega bo‘lish va hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatlarini yaxshilash orqali ushbu jarayonlarda ularning ishtiroki qo‘llab-quvvatlanadi.

Ushbu Mamlakat dasturi bolalarning hozirgi ahvoliga va ularning farovonligini ta’minlashga yaxshiroq javob berishi uchun O‘MSh jarayoni UNICEF va sherik tashkilotlarga Mamlakat dasturi vazifalari va yo‘nalishlarini birgalashib muhokama qilish va aniqlik kiritish imkoniyatini taqdim etdi. O‘MSh ushbu dasturni amalga oshirishning dastlabki uch yili davomida erishilgan asosiy yutuqlar va saboqlarni tahlil qilish hamda mustahkamlash yoki yaxshilash mumkin bo‘lgan sohalarni aniqlash jarayonlarini qamrab oldi.

«Biz tenglik shartlari asosida Ming yillik rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lida hamkorligimizni davom ettirish niyatidamiz va bolalar shahar yoki qishloqda, daromadi yuqori yoki past darajada bo‘lgan oilada yashayotganlari, ular nogiron yoki nogiron emas bo‘lishlaridan qat’i nazar, barcha o‘g‘il va qiz bolalarning barcha huquqlarini amalga oshirishni ta’minlash borasidagi hukumat sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», - deb ta’kidladi Madi xonim.

O‘MSh keng ishtirok asosida o‘tkazildi. 2012 yilning noyabr oyidan 2013 yilning yanvar oyigacha sheriklar bilan strategik xususiyatlarga ega turkum muhokamalar va texnik maslahatlar o‘tkazildi. Ushbu uchrashuv va munozaralarda davlat vazirliklari, idoralari va muassasalari, rivojlanish sohasida faoliyat yurituvchi fuqarolik jamiyati tashkilotlari va xalqaro tashkilotlarning 150 nafar vakillari ishtirok etdilar.

O‘MSh bo‘yicha birgalikda ishlab chiqilgan tavsiya va xulosalar qolgan davr uchun Mamlakat dasturini rejalashtirish jarayoniga kiritiladi hamda keyingi dasturiy davrni rejalashtirishda hisobga olinadi.

Marta o’qilgan: 77


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar