UNICEF ommaviy axborot vositalarida

Loyiha davom etadi

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Yevropa Ittifoqining mamlakatimizdagi vakolatxonasi va YuNISEFning “O‘zbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish xizmatlarini takomillashtirish” qo‘shma loyihasining yangi ofisi ochildi.

Toshkentda «Imkoniyati cheklangan bolalar uchun inklyuziv ta'lim: xalqaro tajriba va istiqbol» mavzuidagi davra suhbati o'tkazildi

Joriy yilning 16 may kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari qo'mitasi "Imkoniyati cheklangan bolalar uchun inklyuziv ta'lim: xalqaro tajriba va istiqbol" mavzuidagi davra suhbati o'tkazdi.

Bola huquqlari himoyasiga bag‘ishlandi

Yosh avlodni har tomonlama bilimli va sog‘lom etib tarbiyalash Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan. Bolalar huquqini himoya qilish, ularning hech kimdan kam bo‘lmasdan o‘sib-ulg‘ayishi uchun zamonaviy sharoitlar yaratish, onalik va bolalikni muhofazalashga qaratilayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ana shu ezgu maqsadning amaliy ifodasidir.

Haftalik samarali o‘tmoqda

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligida mamlakatimizda 4-9-avgust kunlari o‘tkazilayotgan bolalarni ko‘krak suti bilan oziqlantirish haftaligiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. BMT Bolalar jamg‘armasi(YuNISEF)ning mamlakatimizdagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda tegishli davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar, shifokorlar ishtirok etdi.

Bolalarni ijtimoiy himoyalashda O‘zbekiston tajribasi

Anjuman Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, «Sen yolg’iz emassan» respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Sog‘liqni saqlash, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, Madaniyat va sport ishlari, Moliya vazirliklari, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, Toshkent shahar hokimligi hamda BMT Bolalar jamg‘armasi — YuNISEFning mamlakatimizdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Robert Fuderich: O‘zbekistonda bolalar eng katta boylik sifatida qadrlanadi

YuNISEFning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari Robert Fuderich O‘zA muxbiriga yurtimizda sog‘lom avlodni tarbiyalashga qaratilayotgan e’tibor samaralari, O‘zbekiston va YuNISEF hamkorligida amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar xususida gapirib berdi:

UNICEF Shavkat Mirziyoyevning nutqiga nisbatan o‘z munosabatini bildirdi

Bolalar va yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi bo‘yicha UNICEF o‘z bayonotini bildirdi.