Toshkentda «Imkoniyati cheklangan bolalar uchun inklyuziv ta'lim: xalqaro tajriba va istiqbol» mavzuidagi davra suhbati o'tkazildi

Chop etish versiyasi
16 May 2013

Joriy yilning 16 may kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari qo'mitasi "Imkoniyati cheklangan bolalar uchun inklyuziv ta'lim: xalqaro tajriba va istiqbol" mavzuidagi davra suhbati o'tkazdi.

Tadbirni o'tkazishdan asosiy maqsad – nogiron bolalarga inklyuziv ta'lim berishga oid xalqaro tajriba va sohada faoliyat ko'rsatayotgan amaliyotchilar bilan tanishish, shu jumladan, bu boradagi moliyalashtirish jihatlarini o'rganish, turli toifadagi nogironlikka ega bo'lgan bolalarning to'liq qamrab olinishi, muammo va yechimlar, tartib-taomillarni o'rganishdan iboratdir.

Tadbirda deputatlar, O'zbekistan Respublikasi Xalq ta'limi, oliy va o'rta maxsus ta'lim, adliya, sog'liqni saqlash va moliya vazirliklarining mutaxassislari, YUNISEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi boshlig'i Jan-Mishel Delmot, YUNISEFning Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bo'yicha mintaqaviy direktorining o'rinbosari Kirsi Madi, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

"Ta'lim shaxsning to'liq rivojlanishiga va inson huquqlari va asosiy erkinliklariga bo'lgan hurmatning yuksaltirilishiga qaratilgan bo'lishi lozim", deyiladi BMT tomonidan 1948 yilda qabul qilingan Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 26-moddasida. Jahon abgor ommasi va hamjamiyati bugungi kunda inson huquqlari va erkinlikparini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratmoqda, bu masalalarning dolzarbligini yanada yuksaltiribgina qolmasdan, mamlakatlar hukumatlari barchani ta'lim bilan ta'minlash maqsadlariga da'vat etmoqda.

“Bola huquqlari to'g'risida”gi Konvensiyaga muvofiq "Ishtirokchi-davlatlar xalqaro hamkorlik ruhida profilaktik sog'liqni saqlash hamda noraso bolalarni tibbiy, psixologik va funksional davolash sohasidagi, shuningdek reabilitatsiya uslublari, umumta'lim va kasbiy ta'lim borasidagi tegishli axborot-ma'lumotlar almashinuviga va undan qulay foydalanish uchun sharoit yaratadilar, zero bu bilan ishtirokchi-davlatlar bu boradagi o'z imkoniyatlarini yanada yaxshilashlari va bu sohadagi o'z tajribalarini yuksaltirishlari mumkin bo'ladi."

Ta'lim olish – barcha insonlar uchun rivojlanishning negizida turuvchi eng asosiy va uzviy huquqlardan biri hisoblanadi.

Inklyuziv ta'limning negizida bolalarni kamsitishning har kanday kurinishlarini oldini olish yondoshuvi yotadi, bunday ta'lim barcha odamlarga bir xil munosabatda bo'lishni ta'minlaydi va alohida ta'lim extiyojlari bo'lgan bolalarga alohida shart-sharoitlarni yaratadi.

Inklyuziv ta'lim tizimi o'z ichiga o'rta, mahsus va oliy ta'lim muassasalarini qamrab oladi. Uning maqsadi imkoniyati cheklangan odamlarga ta'lim olish va kasbiy tayyorgarlik ko'rish uchun to'siqsiz muhitni yaratishdir. Bunday muhitni yaratish bo'yicha choralar majmuasi o'z ichiga ta'lim muassasalarini texnik jihozlash bilan birgalikda, sohada ishlaydigan pedagoglar va boshqa o'quvchilar uchun nogironlar bilan o'zaro munosabatlar ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mahsus o'kuv kurslarining ishlab chiqilishini ham qamrab oladi. Undan tashqari, bunda imkoniyati cheklangan bolalarning ham umumta'lim muassasalarida ta'lim olishiga moslashuvi jarayonlarining ham yengillashtirilishiga qaratilgan mahsus dasturlarga talab ortadi.

O'zbekistan Respublikasininng milliy qonunchiligiga murojaat etadigan bo'lsak, shu narsa ko'rinadiki, ta'lim sohasidagi siyosat xalqaro andozalarga va yuqorida nomi tilga olingan hujjatlarga to'lik javob beradi. 2008 yilda "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi Qonun qabul qilingan, unda har bir bolaning ta'limga bo'lgan huquqlari kafolatlash borasidagi mamlakatimizning aniq yondoshuvi ifodalangan. Xususan, 23-moddada (Bolaning bilim olish huquqi kafolatlari) har bir bolaning bilim olish huquqi, davlat bolaning bepul majburiy umumiy o'rta ta'lim, shuningdek o'rta mahsus kasb-hunar ta'limi olishining kafolatlari mustahkamlab qo'yilgan.

25-moddaga ko'ra: "Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar jamiyat hayotida ishtirok etishda boshqa bolalar bilan teng huquqlarga egadir.

Davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va ular oilalarining jamiyat hayotida faol ishtirok etishini ta'minlash uchun ularning sha'ni va kadr-qimmatini kamsitmaslik shartlari asosida dasturlar ishlab chiqish tashabbuskori bo'ladi hamda zarur resurslar ajratadi.

Ta'lim, tibbiyot va madaniy-ma'rifiy muassasalar nogiron bolalar hamda jismoniy va (yoki) ruhiy rivojpanishida nuqsonlari bo'lgan bolalarning erkin harakatlanishlari uchun moslashtirilgan bo'lishi kerak.

Davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni reabilitatsiya qilish tizimini shakllantirish va rivojlantirishni tashkil etadi hamda bunga ko'maklashadi.

Nogironlik belgilangan paytdan boshlab bola tegishli davlat organlari tomonidan bajarilishi majburiy bo'lgan yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturidan foydalanish huquqiga ega".

Undan tashqari, "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi qonunning 29 moddasiga muvofiq davlat maxsus pedagogik yondashuvga ehtiyoji bo'lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning belgilangan ta'lim standartlari va talablari darajasida bilim olishlarini kafolatlovchi zarur mablag'lar ajratadi hamda boshqa choralar ko'radi.

Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo'lgan bolalar va nogiron bolalar ular uchun mahsus ishlab chiqilgan ta'lim dasturlari bo'yicha ta'lim muassasalarida o'qish va tarbiyalanish hamda o'z jismoniy, aqliy qobiliyatlari va hoxishlariga mos bo'lgan ta'lim olish huquqiga ega.

Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning tavsiyasi bo'lgan taqdirda, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo'lgan bolalar va nogiron bolalarning ota-onalari o'z xohish-istagiga ko'ra hamda bolaning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ta'lim (umumta'lim yoki ixtisoslashtirilgan) muassasasi turini tanlash ) huquqiga ega.

"O'zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risida"gi Qonun yangi tahrirda qabul qilingan, unga ko'ra butun bir bob nogironlarning ta'lim olishi va kasbiy tayyorgarligi kafolatlariga bag'ishlangan.

O'zbekistonda bolalarning farovonligini ta'minlash bo'yicha Milliy dastur qabul qilingan, unda ilk bor barcha talablar (indikatorlar) qamrab olindi. Yaqin istiqbolli muddatga bolalar farovonligini oshirishni ta'minlashga oid davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari belgilab berildi.

NNTlar, xususan Bolalarning Respublika ijtimoiy moslashuvi markazi (BRIMM), Ijtimoiy tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash fondi (ITQQFO), "Sog'lom avlod uchun" Fondi, Oilalarni va bolalarni qo'llab-quvvatlash assotsiatsiyasi, «Speshial Olimpiks» kabi va boshqalar bu ishda faollik ko'rsatishmoqda.

Tadbir ishtirokchilari nogiron bolalarga inklyuziv ta'lim berishga oid xalqaro tajriba va sohada faoliyat ko'rsatayotgan amaliyotchilar bilan tanishish, shu jumladan bu boradagi moliyalashtirish jihatlarini o'rganish, turli toifadagi nogironlikka ega bo'lgan bolalarning to'lik qamrab olinishi, muammo va yechimlar, tartib-taomillar to'g'risida YUNISEF tomonidan tayyorlangan taqdimot bilan tanishdilar.

Manba’: Uzreport.com

Marta o’qilgan: 28