Bolalar vaziyati

Ta’lim


O’zbekistonda ta’lim tizimi umumiy va rasmiy hisoblanadi. Majburiy ta’lim tizimi 12 yillik ta’lim dasturidan iborat bo’lib, uning 9 yili boshlang’ich va o’rta ta’lim maktablari uchun mo’ljallangan bo’lsa, qolgan 3 yili akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim majburiy hisoblanmaydi.

2012 yili O’zbekiston 2013–2017 yillar uchun ta’lim sohasini rivojlantirish bo’yicha ish rejasini ishlab chiqdi. Hozirda mazkur ish rejasi tasdiqlanish bosqichida. Ushbu tashabbus mamlakatning ta’lim tizimini rivojlantirish g’oyasiga sodiqligini va butun dunyoda ta’limni rivojlantirish borasida hamkorlikka tayyorligidan dalolat beradi. Rejada ta’lim borasidagi davlat siyosatini, soha infratuzilmasini, kadrlar tayyorlash hamda butun ta’lim sohasini monitoring qilishni takomillashtirish bo’yicha asosiy strategik yo’nalishlar o’z aksini topgan.

2012 bo’yicha keltirilgan rasmiy statistik ma’lumotlarga asosan aholining tegishli qismini maktabgacha ta’lim bilan qoplab olish ko’rsatkichi 22,7% tashkil qilgan. Maktabgacha ta’lim bilan qoplab olish ko’rsatkichi Toshkent shahri (53,9%) va boshqa shaharlarda qishloq hududlariga qaraganda yuqoriroq. .2011 yili Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi va Xotin-qizlar qo’mitasi tomonidan hamkorlikdagi faoliyat yo’lga qo’yilgan bo’lib, undan ko’zlangan maqsad ta’lim olish imkoniyatlari va ta’limning sifatini yaxshilash yolida joriy holatni tahlil qilish va zarur bo’lgan moliyaviy resurslar ko’zda tutilgan strategiyani ishlab chiqishdan iborat.

2011 yili «Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun ilk bolalik davrida rivojlanish standardlari» xalqaro modeli tadbiq etildi. Modelda ilk bolalik davri uchun bolaning jismoniy, aqliy, ijtimoiy, ruhiy va leksik qobiliyatlari bo’yicha standardlar belgilangan. Ushbu standardlar erta bolalik davrida rivojlanish borasida maktabgacha ta’lim muassasalari tizimi faoliyatini monitoring qilish va takomillashtirishga asos bo’lib xizmat qiladi. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yangi milliy dastur (Bolajon) ishlab chiqilgan bo’lib, u yangi standardlarni tadbiq etich borasida ta’lim beruvchilarni kerakli bilim va malaka bilan ta’minlashga qaratilgan. Ushbu yangi dastur kelajakda tadbiq etilish va samaradorlik darajasi bo’yicha baholanishi lozim.

Boshalng’ich ta’lim qamrovi bo’yicha O’zbekistan yuqori ko’rsatkichlarga ega. Barcha manba’lar shuni ko’rsatadiki, umumiy qamrov ko’rsatkichi 95% dan past emas. Ayni chog’da, Adliya vazirligi huzuridagi Voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiya tomonidan umumiy o’rta ta’lim (7 yoshdan 16 yoshgacha bolalar guruhi) va kasb-hunar ta’limi (16 yoshdan 19 yoshgacha bolalar guruhi) darajalarida o’qishga qatnamaslik holatlari aniqlangan. Ta’lim sohasini yanada rivojlantirish yo’lida ushbu muammo hal etilishi lozim.

Ta’lim sifatini oshirish borasida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan, bolalarga do’stona munosabatdagi maktablar xalqaro modeli asosida ta’lim sifatini monitoring qilish va yanada oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. O’zbekistonda ta’lim oluvchilarni baholash bo’yicha milliy tizim ishlab chiqilgan bo’lib, u Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Davlat test markazi hamkorligida qo’llanilmoqda.

Milliy hisobotda ko’rsatilishicha, 2011 yil yakuniga ko’ra mamlakatda 16 yoshgacha bo’lgan bolalar o’rtasida jismoniy imkoniyatlari chegaralanganlar soni 87 900 kishini tashkil etgan. 2010 yili Sog’liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus talim vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligining Noironligi bo’lgan bolalarning inklyuziv ta’limini tadbiq etish haqidagi qo’shma qarori qabul qilingan. Ushbu qaror ijrosining boshlanishi ko’proq bolalarning ta’limga jalb etilishiga xizmat qiladi. Jismoniy imkoniyati chegaralangan bolalarning 9-sinfdan so’ngra ta’lim olish imkoniyatlari katta emas, chunki mamlakatda faqat ikkita kollejgina bunday bolalarga ta’lim berishga ixtisoslashgan.

Sog’liqni saqlash


O’zbekistonda sog’liqni saqlash tizimiga boshqa muassasalar qatorida onalik va bolalikni himoyalash bo’yicha milliy, hududiy, tuman va mahalliy miqyoslarda xizmat ko’rsatuvchi muassasalar ham kiradi. Ushbu xizmatlar tug’ruqxonalar va tug’riq bo’limlari hamda qishloq vrachlik punktlari tarmog’i orqali taqdim etiladi.

O’zbekistan Respublikasi Prezidentining 2009 yilda qabul qilingan qaroriga ko’ra onalik va bolalikni himoyalash masalasi ustuvor masalalardan qilib belgilangan. Ona va bola salomatligini ta’minlash borasida erishilgan yutuqlar davom etib kelayotgan islohotlar samarasidir. 2012 yilda Onalik va bolaliknihimoyalash dastrulari bo’yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning tashkil etilishi mazkur jabhadagi faoliyatni takomillashtirish yolida qo’yilgan yana bir qadam bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan boshqariluvchi ushbu mexanizm bir qator muassasalar va xalqaro hamkor tashkilotlarni qamrab olgan bo’lib, uning faoliyati islohotlarni o’zaro uyg’unlashtirilgan asnoda amalga oshirishga qaratilgan. Shu bilan birga, ushbu mexanizm bu boradagi joriy siyosatni muxokama qilish, tajriba almashish va yordam ko’rsatishga asos bo’lib xizmat qiladi. Sog’liqni saqlash vazirligi onalik va bolalik himoyasi bo’yicha ko’rsatiladigan xizmatlarni tizimning ustuvor vazifalaridan biri qilib belgiladi. Bunga perinatal yordam ko’rsatishni kuchaytirish hamda Emlash bo’yicha kengaytirilgan dastur (EBKD) va Bolalar kasalliklarini integrasiyalangan usulda olib borish (BKIUOB) dasturi orqali erishish ko’zda tutilgan. 2012 yilda Mas’uliyatlarni tasdiqlash ta’kidlov hujjatini imzolash orqali Sog’iqni saqlash vazirligi bolalar o’limi ko’rsatkichlarini yanada kamaytirish hamda bartaraf etilishi mumkin bo’lgan sabablarga ko’ra bironta ham bo’la hayotdan ko’z yummasligini ta’minlash yo’lidagi o’z oldiga qo’ygan maqsadlarga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.

Ayollar va bolalar ovqatlanishini yaxshilash borasida so’nggi yillarda mamlakatda bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilgan bo’lib, ular ozuqaviy mikroelementlar tanqisligi muammosini hal etishga qaratilgan. Bunga homilador ayollar oziq-ovqat iste’molini polivitaminlar bilan boyitish, bolalarni A vitamini saplementatsiyasi bilan ta’minlash, un va osh tuzini foydali elementlar bilan boyitish borasida qabul qilingan dasturlar misol bo’la oladi. 2010 yilda O’zbekiston Respublikasining Aholi o’rtasida mikronutrient etishmasligi profilaktikasi to’g’risidagi qonuni qabul qilingan bo’lib, ushbu qonun mikronuntient etishmasligi darajasini kamaytirishga qaratilgan dasturlarni qo’llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Bunday dasturlarga oziq-ovqat mahsulotlari tarkibini boyitish, polivitaminlar saplementatsiyasini amalga oshirish hamda mahalliy hamjamiyatlar darajasida ish olib borishga qaratilgan dasturlar kiradi. Hozirgi kunga qadar yuqorida tilga olingan chora-tadbirlar orqali bir qator ijobiy natijalarga erishildi. Dastrularning uzluksiz va tizimlashtirilgan ijrosi hamda erishilgan yutuqlarning monitoringi va tahlili orqali qolgan muammolarni echishga erishish lozim. Bunda 2012 yilda aholi o’rtasida yo’d tanqisligi ko’rsatkichi 33,5 foizni, 2011 yildabolalar o’rtasida yo’d tanqisligi bilan bo’gliq bo’lgan kasalliklarning 39 foizni4,2010 yilda homilador ayollar o’rtasida anemiya holatlari 54 foizni tashkil etganligi hisobga olinadi.

Bolalar o’rtasida qalqonsimon bez (buqoq) kasalliklari 34 promilleni tashkil etdi. 1996 yili temir moddasi etishmasligi anemiyasi 3 yoshgacha bo’lgan bolalarning 61 foizida aniqlangan bo’lsa (DHS 1996), 2002 yilga kelib ushbu ko’rsatkich 58,7 foizni tashkil etganligi o’rnatilgan (DHS 2002). Ayni chog’da mazkur holatlarning 28 foizida bemorlar bu kasalliklarning o’rta darajasiga chalinganliklari aniqlangan. Aholi o’rtasida anemiya kasalligining tarqalganligi ko’rsatkichi 51,3 foizni tashkil qilgan bo’lsa, 2007 yilga kelib 27,8 foizga qadar kamaygan(GAIN, LC-LQAS Survey report 2013).Ushbu ma’lumotlar mamlakat bo’yicha o’rtacha ko’rsatkichni aks ettiradi va har bir mintaqadagi holatni ko’rsatmaydi. Shu sababli mamlakatda temir moddasi etishmasligi anemiyasi borasida qo’shimcha izlanishlarni amalga oshirish talab etiladi.

Faqat ko’krak suti bilan boqish (FKSBB) ko’rsatkichi tug’ruqxonadan chiqish holati bo’yicha 90% ga etdi. Biroq keyingi oylar davomida ushbu ko’rsatkich 30–50% gacha tushib ketadai. Ushbu muammo bo’yicha Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan bir qator strategiyalar amalga oshirilgan bo’lib, ularga, jumladan, tug’ruqq ko’maklashish muassasalari va sog’liqni saglashning birlamchi bosqichi muassasalari hodimlarining konstatsiya berish salohiyatini oshirishga qaratilgan strategiyalar kiradi. Davlat tomonidan amalga oshirilgan monitoring ushbu yondoshuv tadbiq etilgan hududlarda FKSBB ko’rsatkichi va keyingi oylarda uning davomiyligi ko’rsatkichlari o’sganligini tasdiqladi.

Rasmiy ma’lumotlar mamlakatda OIV yangi holatlari aniqlanishi sur’atlari pasayganligidan dalolat beradi. Jumladan, 2009 yilda 4016 shunday holat qayd etilgan bo’lsa, 2011 yilga kelib 3548 holat aniqlangan. Ammo, ayni chog’da, virus yuqtirilganlik rasmiy qayd etilgan holatlar orasida ayollar ulushi oshganligi belgilangan. Ushbu yo’nalishda virusning onadan bolaga o’tishining oldini olish, ayollarni tug’ruqqa ko’mak berish muassasalarida konsultatsiya bilan ta’minlash va tibbiy ko’rikdan o’tkazish, shuningdek nikohdan o’tish istagini bildirgan yoshlarni ham tibbiy ko’rikdan o’tkazish va ularga konsultatsiyalar berish kabi masalalarga davlat tomonidan alohida e’tibor qaratilgan. UNICEFko’magida mamlakatning 6ta hududida 7 ta kunduzgi yordam markazlari tashil etilgan bo’lib, ular OIVdan jabrlangan bolalar, ayollar va oilalarga psixologik va ijtimoiy yordam berishga ixtisoslashgan. Undan tashqari oilalarga qo’shimcha yordam tarmoqlari ham tashkil etilgan. Ayni chog’da, virus yuqtirib olish xatari darajasi yuqori bo’lgan guruhlar, jumladan, yuqori xatar guruhiga kiritilgan o’smirlar o’rtasida tibbiy ko’riklar va ularga yordamni kengaytirish ehtiyoji mavjud.

Suv ta’minoti, sanitariya va gigiena masalalari borasida so’z ketganda, oilalarda gigiena bo’yicha bilimlarning sayozligi, shu bilan birga, ba’zi aholi guruhlari uchun bunga taalluqli tarmoq va inshootlardan foydalanish imkoniyatlari etarli emasligi alohida e’tiborni talab etadi. Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko’ra, suv ta’minoti tarmog’i va markazlashtirilgan kanalizatsiya tizimiga ulanganlik ko’rsatkichlari bo’yicha mamlakat hududlari o’rtasida tafovutlar mavjud. Bunday holatlar sanitar-gigienik sharoitlar bilan bog’liq bo’lgan kasalliklarning keng tarqalishiga olib kelishi mumkin. Ushbu muammoni echish borasida 2012 yili Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan Gigiena masalalari bo’yicha milliy strategiya qabul qilingan. Ushbu hujjat qabul qilinishiga mamlakatning 3 ta hududida amalga oshirilgan izlanishlar natijalari asos qilib olingan bo’lib, ushbu hududlarda gigiena va degelmintizatsiya bo’yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar gijjalar bilan xastalanish holatlarining 40 foizga kamayishiga olib kelgan.

Bolalarni himoya qilish


Bolalarni himoya qilish bo’rasida O’zbekistongaSovet Ittifoqida qo’llanilgan yondoshuvlar meros golgan bo’lib, ular asosan institutsializatsiyaga asoslangan. Milliy manba’larga asosan 2010–2011 yillarda mamlakatdagi turli xil bolalar muassasalari, masalan, go’daklar uylari, «Mehribonlik» bolalar uylari, nogironligi bo’lgan bolalar va kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun maktab-internatlar, oila shaklidagi bolalar uylari, SOS bolalar shaharchalarida hayot kechirayotgan bolalarning umumiy soni 34 817 tani tashkil etgan.

O’zbekiston 2013–2015 yillarda bolalarni himoya qilish sohasini isloh etish davlat dasturini ishlab chiqishga kirishdi. Ushbu muassasalararo jarayon, bolalarni himoya qilishga mas’ul bo’lgan davlat organlari o’rtasidagi muvofiqlashtirilgan faoliyatni ta’minlashga qaratilgan qonuniy va me’yoriy asoslarni qayta ko’rib chiqish borasida hamjihatlikka asoslangan yondoshuvni shakillantirishga yordam beradi. Islohotlar dastruni ishlab chiqish barobarida bola himoyasi yo’nalishida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, ijtimoiy ish kasb deb tan olindi. Buning asosida yaqinda go’daklar uylari va bolalar uylarida ijtimoiy ish etakchilari rasmiy lavozimlari ilk bora tashkil etildi. Ammo, mamlakatda ijtimoiy ishni alohida mehnat turi sifatida rivojlanishini ta’minlash yo’lida yanada takomillashtirilgan tizimga asoslangan yondoshuvni qo’llash bo’yicha ishlarni amalga oshirish talab etiladi. Geytkiping va mahalliy hamjamiyatlar darajasida preventiv xizmatlarni amalga oshirish ham bolalarni himoya qilish borasidagi islohotlarning bir maromda va barqaror davom etishini ta’minlash yo’lidagi muhim choralardan hisoblanadi.

Rasmiy statistik ma’lumotlarga asosan, 2010 yilda mamlakatdagi ja’mi 93 918 ta qonunbuzarlarning 2 659 tasi 18 yoshga etmagan bolalar bo’lgan. Qonun bilan to’qnashgan (jumladan, qonun bilan ziddiyatga uchramagan bo’lsada) bolalar va ularning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan xizmatlar bo’yicha ochiq ma’lumotlar ko’p emas. 2010 yili Oliy Majlis tomonidan «Voyaga etmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to’g’risidagi» O’zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunda bolalar o’rtasida nazoratsizlikni va bolalarning qonun bilan ziddiyatga uchrashining oldini olish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi ham o’rin olgan.

Qonun ijrosi, moliyaviy resurslar va inson resurslarining safarbar qilinishidan tashqari ikkilamchi qonunchilikni yanada rivojlantirish, shu bilan birga, profilaktika choralarini tadbiq etishda ijtimoiy ish muassasalari rolini kengaytirishni ham talab etadi.