Tashkilot vakolati

UNICEF O‘zbekistonda 1994 yildan buyon faoliyat yuritar ekan, mamlakatning yosh fuqarolari ularni qo’llab-quvvatlovchi g’amxo’r muhitda voyaga etishlariga harakat qiladi. O’zining rasmiy vakolatiga ko’ra UNICEF O’bekiston bolalarining ehtiyojlarini ta’minlash va himoya qilish, shuningdek ularning salohiyati to’liq amalga oshishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratish maqsadida bolalar huquqlarining kafolatlanishini ilgari suradi.

UNICEF Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiyaga amal qilib, uning qoidalari bolalarga nisbatan etika tamoyillari va xalqaro standartlarga muvofiq amalga oshirilishini ilgari suradi.
Hamkorlik dasturini amalga oshirish orqali UNICEF bolalar va ularning oilalarining huquqlari va farovonligi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarda O‘zbekiston hukumatiga respublika va mahalliy darajalarda yordam beradi. Ushbu faoliyat jamoat tashkilotlari, parlament, jamiyat, yoshlar, ommaviy axborot vositalari hamda rivojlanish bo‘yicha ko‘p tomonlama va ikki tomonlama tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladi.

Milliy ustuvor yo’nalishlar


UNICEF O’zbekistonda olib borayotgan faoliyatning ustuvor yo’nalishlari quyidagilardan iborat: onalik va bolalikni muhofaza qilishning xalqaro standartlarini tadbiq etish yo’li bilan onalar va bolalar salomatligini ta’minlash, oziqlanishning eng yaxshi amaliyotlarini tadbiq etish, xususan, ozuqalarni foydali moddalar bilan boyitish va go’daklarni faqat ko’krak suti bilan boqish, shuningdek, OIV infeksiyasining oldini olish, kasallanganlarni parvarish qilish va qo’llab-quvvatlashni milliy sog’liqni saqlash tizimiga integrasiyalash.

Shuningdek, O’zbekistondagi har bir bolaning rivojlanishi, ta’lim olishi va o’sishi uchun qulay shart-sharoitlarni kafolatlash borasida ham UNICEF faoliyat olib boradi. Ushbu maqsadga erishish uchun UNICEF o’rta va maktabgacha ta’lim sifatini yaxshilash, shuningdek bolalarni shafqatsiz munosabatdan, ularni maxsus muassasalarga joylashtirishdan, milliy qonunchilik tizimi bilan tafovutda bo’lishdan himoya qilish maqsadida tadbirlarni amalga oshiradi.

UNICEF bolalar va ularning oilalalari ahvolini yaxshilash borasida olib borilayotgan siyosatni kuchaytirishda, bola huquqlarini amalga oshirish bo’yicha monitoring va hisobot tizimini muvofiqlashtirishda hamda mahalliy darajada havfsizlikni ta’minlash uchun tabiiy ofatlarga tayyor turish darajasini oshirish borasida Hukumatni qo’llab-quvvatlaydi.

Yuqorida qayd etilgan sohalarda muvaffaqiyatga erishish uchun UNICEF taraqqiyot uchun kommunikasiyalarga asoslangan yondoshuvni qo’llaydi. Loyihalar doirasida bevosita jamiyat a’zolari bilan moloqotda bo’lgan holda UNICEF bolaining omon qolishi, rivojlanishi va uni parvarish qilish borasidagi ijoboiy amaliyotlarni ilgari sursih uchun ish olib boradi.

Mamlakat hamkorlik dasturi


2010–2015 yillarga rejalashtirilgan Mamlakat hamkorlik dasturi O’zbekiston Hukumati bilan birgalikda ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda. U O’zbekistondagi barcha bolalar va ayollar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiyaga hamda Ayollarga nisbatan diskiminasiyaning barcha shakllariga barham berish to’g’risidagi konvensiyaga muvofiq ravishda dastur ham milliy maqsadlarga, ham Mingyillik taraqqiyot maqsadlariga erishishga qaratilgan.

Mamlakat hamkorlik dasturi ikki asosiy yo’nalishga ega. Birinchisi — bolalr va ayollarga ko’rsatiladigan asosiy ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash. Onalik va bolalik muhofazasi, oziqlanish, OIV/OITSning oldini olish va davolash, ta’lim va himoya sohalari shular jumlasidandir. Muhtoj bolalarga alohida e’tibor beriladi. Ikkinchisi — milly salohiyatni kuchaytirish, ma’lumotlarni milliy va undan quyi darjalarda tahlil qilish, shuningdek isbotlangan ko’rsatkichlar asosida qaror qabul qilishni ilgari surish yo’li bilan bola huquqlarini ta’minlash va monitoring qilish uchun ijtimoiy siyosatni kuchaytirish.

Mamlakt hamkorlik dasturi O’zbekistoda milliy va undan quyi darajalarda, shuningdek hamjamiyatlar darajasida maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladi. Milliy darajada dastur ijtimoiy siyosatni va boshqaruv tizimini kuchaytirishga, quyi darajalarda bolalrga ko’rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarni yaxshilash uchun mahalliy hukumat organlari bilan hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga, hamjamiyatlar darajasida esa ijobiy amaliyotlar va o’zgarishlarni ilgari surish va qo’llab-quvvatlash uchun ham xizmat ko’rsatish tizimlarining, ham oilalarning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.