Tenderlar

Raqobatli savdolar


UNICEF xaridlarni amalga oshirishda ishlarni yuqori halollik darajasida olib borish tamoyiliga rioya qiladi. Ushbu jamg‘arma amaliy munosabatlar o‘rnatiladigan ta’minotchilarni baholash va ro‘yxatga olish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, jamg‘arma olingan ma’lumotlar maxfiyligini va barcha salohiyatli ta’minotchilar bunday tekshiruvdan o‘tishlarini kafolatlaydi. UNICEF BMT tizimiga kiruvchi tashkilotlar xaridlari bo‘yicha Umumiy qo‘llanmaga rioya qiladi. UNICEF xaridlarni amalga oshirish faoliyatining maqsadi - quyidagi shartlarga javob beradigan kerakli mahsulot va xizmatlar o‘z vaqtida xarid qilinishini ta’minlashdan iborat:

  • UNICEF vakolatlariga muvofiq talab etiladi;
  • raqobat asosida, adolat, halollik va shaffoflik tamoyillari ta’minlangan ravishda ishlab chiqariladi;
  • tejamkor va samarali hisoblanadi;
  • narx va sifat orasida eng maqbul nisbatni namoyish qiladi.

UNICEF:


  • faqat o‘z vakolatlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tovar va uskunalarni sotib oladi;
  • bevosita ishlab chiqaruvchilar va ularning rasmiy vakillaridan xarid qiladi;
  • o‘z ta’minotchilarini baholaydi va ro‘yxatga oladi;
  • barcha turdagi xaridlar uchun raqobatli savdolarni o‘tkazadi;
  • butun dunyodagi tegishli ta’minotchilarni savdolarda ishtirok etish uchun talabnoma uzatishga taklif qiladi;
  • umume’tirof etilgan texnik standartlarga javob beradigan mahsulotlarni sotib oladi;
  • bolalar mehnatidan foydalanadigan yoki minalar va ularning tarkibiy qismlarini ishlab chiqaradigan kompaniyalardan mahsulot xarid qilmaydi (quyida ko‘ring).

Xaridlar to‘g‘risidagi e’lonlar UNICEFning O‘zbekistondagi ofisi veb-saytida chop etiladi va barcha manfaatdor kompaniyalar savdolarda ishtirok etishga taklif qilinadi. Ularning talabnomalari ITB/RFP/RFQ minimal talablariga muvofiq bo‘lishi yuzasidan tegishli tartibda ko‘rib chiqiladi va baholanadi.

Talabnomalar katta hajmda kelib tushayotganligi sababli UNICEFning O‘zbekistondagi ofisi e’lon qilingan savdolarga taalluqli bo‘lmagan talabnomalarni qabul qila olmaydi.

Tender rus tilida e'lon qilingan