Vakant o‘rinlar

Xodimlar va vakansiyalarni yollash


UNICEF odamlarni ishga yollashda turli-tumanlik tamoyillariga amal qiladi va arizalar ayol va erkak jinsiga mansub malakali nomzodlar, turli diniy va etnik jihatlarga ega, shu jumladan imkoniyatlari cheklangan shaxslar nomidan uzatilishini rag‘batlantirib, tashkilotimizning bir qismiga aylanishni taklif qiladi. UNICEF xodimlari - bu turli toifali, mas'uliyat darajasi, majburiyatlari va ularning har biriga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha farqlanadigan xodimlardir.

Barcha xodimlar halollik va tashkilot qarashlariga sodiqlikka asoslangan ushbu turli-tumanlik tamoyillarini qo‘llab-quvvatlashlari lozim. Shu bilan birga ular asosiy malakaviy talablarga javob berishlari, muloqot yuritish va aloqa o‘rnatish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari, shaxslararo munosabatlarni shakillantira olishlari va yuqori natijalarga erishishdan manfaatdor bo‘lishlari kerak. Xodimlarning bunday fazilatlari UNICEFga o‘z vazifalarini bajarishga yordam beradi.

Batafsil ma’lumotlarni UNICEF saytining “Xalqaro bandlik imkoniyatlari” bo‘limidan olishingiz mumkin:

http://www.unicef.org/about/employ/index.php

http://www.unicef.org/about/employ/index_qualifications.html

Vakansiyalar UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasida paydo bo‘lgan holatda, ularning ro‘yxati UNICEF O‘zbekiston saytida joylashtiriladi. Barcha manfaatdor nomzodlar o‘z arizalarini uzatishlari mumkin va har bir ariza nomzodning e'lon qilingan vakansiya bo‘yicha qo‘yilgan minimal talablarga muvofiqligi yuzasidan batafsil ko‘rib chiqiladi. Kelib tushayotgan arizalar hajmi katta bo‘lganligi sababli UNICEF tegishli vakansiyaga aloqasi bo‘lmagan arizalarni qabul qila olmaydi.

Ishga yollash jarayoni to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni quyidagi manzildan olishingiz mumkin:

http://www.unicef.org/about/employ/index_need_help.html

    Hozirgi vaqtda vakansiyalar yo'q