Fan

Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona

Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi umummilliy universal axborot va kutubxona muassasasidir. Mazkur muassasa milliy va jahon madaniyati, fan va ta’limni rivojlantirish maqsadida informatsion va kutubxona faoliyatini tashkil qiladi va yuritadi. Kutubxona bola huquqlari masalalarini ilgari surish va keng doiradagi bolalar masalalari bo‘yicha bilim almashish borasida UNICEF bilan hamkorlik qiladi.

Internet sahifa: http://www.natlib.uz/uz/

Davlat boshqaruvi akademiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi – bu hukumat xodimlari va ma’muriyati, jamoat tashkilotlari, uyushmalar va iqtisodiy tuzilmalar rahbarlariga saboq berish, yangi ixtisos o‘rgatish va malaka oshirish bo‘yicha yetakchi milliy ta’lim muassasasidir. Shu bilan birga, akademiya O‘zbekiston Respublikasi kadrlar siyosati sohasida tadqiqotlar olib boradi. Akademiya bolalar farovonligini ta’minlash borasidagi dasturlarni samarali amalga oshirish uchun asosan bola huquqlari masalalari bilan shug‘ullanuvchi davlat xizmatchilarining salohiyatini oshirishda UNICEFning sherigi hisoblanadi.

Ijtimoiy tadqiqotlar instituti

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ijtimoiy tadqiqotlar instituti bir necha yo‘nalishlarda ish olib boradi. Uning faoliyati aholi turmush darajasini nazorat, tahlil va bashorat qilish, aholi turmush darajasini davlat tomonidan tartibga solish, ijtimoiy rivojlantirish va yaxshilash nuqtai nazaridan mintaqaviy kesimda baholash maqsadida sotsiologik tadqiqotlarni tashkil qilish hamda yetakchi xorijiy tadqiqotlar natijalarini o‘rganishni qamrab olgan. Ushbu institut bola manfaatlarini hisobga olgan holda ijtimoiy himoya choralarini ishlab chiqishga qaratilgan ijtimoiy siyosat dasturlari bo‘yicha UNICEFning hamkoridir. Ayni paytda institut ijtimoiy himoya bo‘yicha Idoralararo guruhga rahbarlik qiladi.

Internet sahifa: http://isr.uz/?lang=uz

Ijtimoiy tadqiqotlar markazi (ITM)

Ijtimoiy tadqiqotlar markazi (ITM) – bu O‘zbekiston Respublikasi hukumati va BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan mustaqil notijorat ilmiy-tadqiqot institutidir. ITM hukumatga tahliliy maslahatlarni taqdim etadi va keng doiradagi rivojlanish masalalari bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazadi. ITM o‘z vakolatlari doirasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim masalalariga nisbatan milliy salohiyat yaratilishi va jamoatchilik boxabar bo‘lishiga xizmat qiladi. Markaz bolalar farovonligi masalalari bo‘yicha UNICEF uchun tadqiqotlar o‘tkazishga jalb etilgan.

Internet sahifa: http://cer.uz/ru/

O‘zbek davlat jahon tillari universiteti

O‘zbek davlat jahon tillari universiteti – bu mamlakatning ingliz, nemis, frantsuz, ispan, xitoy va rus filologiyasi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydigan yetakchi oliy o‘quv yurtlaridan biridir. Shuningdek, mazkur ilm dargohi tarjima qilish nazariyasi va amaliyoti hamda xalqaro jurnalistika bo‘yicha o‘quv kurslarini taklif qiladi. Ushbu universitet jurnalistika fakultetining talabalarini bola huquqlariga doir masalalarni yoritish uslubiyatiga o‘rgatishda UNICEFning sherigi hisoblanadi.

Internet sahifa: http://www.uzswlu.uz/