Korporativ sektor

O‘zbektelefilm

«O‘zbektelefilm» – bu boshqa sohalar qatori O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotini, tarixiy, madaniy va ma’naviy an’analarini yorituvchi hujjatli fil’mlar, dasturlar va multfilmlarni ishlab chiqaradigan korxona. Shu bilan birga, mazkur tuzilma yoshlar orasida demokratik qadriyatlar, vatanparvarlik va insoniy qadriyatlar, huquq va erkinliklarni hurmat qilish hissini ilgari surishga harakat qiladi. «O‘zbektelefilm» yosh tomoshabinlar uchun filmlarni yaratish va rivojlantirish orqali bolalarning eng muhim huquqlari va masalalarini ilgari surishda UNICEFning hamkoridir.

GFA GmbH konsalting guruhi

GFA konsalting firmasi o‘z amaliyotida tashkilotlar global konsultatsion bozorda to‘qnashadigan muammolarni samarali hal qilish yo‘llarini topa olgan. Firma tomonidan 1982 yildan boshlab 130дан ortiq dunyo mamlakatlarida murakkab tadqiqotlar o‘tkazilgan va turli loyihalar amalga oshirilgan. GFAga ishonch bildirib, turli sheriklar ikki tomonlama va ko‘p tomonlama jamg‘armalar orqali moliyalashtirilgan loyihalarni boshqarish masalalarida ularga murojaat qilgan. Ushbu firma loyihalarning mahalliy ehtiyojlarini qondirish maqsadida innovatsiyalar va ishonchlilik o‘rtasida muvozanat saqlab keladi.

Internet sahifa: http://www.gfa-group.de/