Davlat organlari

Vazirlar Mahkamasi

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati mamlakat ijroiya hukumatining organi hisoblanib, iqtisodiyot, ijtimoiy va ma’naviy sohalarga samarali rahbarlik qilish, Oliy Majlis qonunlari va boshqa qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari ijro etilishini ta’minlaydi. Vazirlar Mahkamasi Mamlakatlar hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish borasida UNICEFning bosh hamkoridir.

Internet sahifa: http://www.gov.uz/uz/

Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi – mamlakatning tashqi siyosatini milliy konstitutsiya va xalqaro huquqiy me’yorlarda bayon etilgan tamoyillarga muvofiq amalga oshiruvchi davlat organidir.

Internet sahifa: http://mfa.uz/uzb/

Xalq ta’limi vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tizimini rivojlantirish, pedagog kadrlarning sifati va professional darajasini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan davlat boshqaruvi organidir. Vazirlik ta’lim sohasida UNICEF bilan yaqin hamkorlikda ish olib boradi.

Internet sahifa: http://uzedu.uz/uzb/

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi – respublikada oliy va o‘rta maxsus, professional ta’limni idora qiluvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Vazirlik ta’lim sohasida UNICEFning sherigidir.

Internet sahifa: http://www.edu.uz/home/default.aspx

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirligi respublikada sog‘liqni saqlash tizimining davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi markaziy organdir. Vazirlik aholi salomatligini saqlash va yaxshilash, sog‘lom avlodni tarbiyalash uchun tegishli sharoitlarni yaratish, profilaktik sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini keng ommalashtirishni ta’minlovchi davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan. Ushbu vazirlik sog‘liqni saqlash sohasida, oziqlanish va OIV/OITS masalalarida UNICEFning asosiy hamkori hisoblanadi hamda ijtimoiy siyosat va bolalarni himoya qilish dasturini amalga oshirishda ishtirok etadi.

Internet sahifa: http://www.minzdrav.uz/uz/

Respublika OITS markazi

Respublika OITS markazi – O‘zbekistonda OITSga qarshi kurashish bo‘yicha asosiy tashkilot. Markaz faoliyatining maqsadi OIV-infeksiyasi va u bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar tarqalishining oldini olish, tashxis qo‘yish, OIV/OITSning profilaktikasini amalga oshirish va davolash, OIV/OITS va unga hamroh xastaliklar yuzasidan tashxis qo‘yish va davolash muassasalariga uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, mahalliy va xalqaro tajribaga asoslangan taxshis qo‘yish, oldini olish va davolash uslublarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni joriy etish kabi vazifalarni qamrab olgan. Markaz UNICEF bilan birgalikda OIV/OITS profilaktikasi va davolash dasturlari bo‘yicha ish olib bormoqda.

Internet sahifa: http://www.minzdrav.uz/uz/

Davlat statistika qo‘mitasi

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi yaxlit taraqqiy statistik axborot tizimini yaratish va faoliyat yuritishiga qaratilgan statistika sohasida yagona siyosatni amalga oshirayotgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. UNICEF ayollar va bolalar masalalarida ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilishda qo‘mitaning sherigi hisoblanadi.

Internet sahifa: http://www.stat.uz/uz/index.php

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasida siyosat yuritayotgan respublika davlat boshqaruvi organidir. Vazirlik ijtimoiy muhofaza qilish milliy tizimini mustahkamlash bo‘yicha UNICEFning sherigidir va ijtimoiy muhofaza bo‘yicha tarmoqlararo masalalarga jalb etilgan.

Internet sahifa: http://mehnat.uz/uz

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarni himoya qilish, avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar sababli yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish sohasidagi ishlarni boshqaradigan va muvofiqlashtiradigan davlat boshqaruvi organidir. Vazirlik favqulodda vaziyatlarga shay turish va ularning oqibatlarini bartaraf etish borasida UNICEF bilan hamkorlik yuritgan.

Internet sahifa: http://mchs.gov.uz/

Iqtisodiyot vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi – milliy rivojlanish bo‘yicha uzoq muddatli strategiya va dasturlarni rivojlantirish va amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan davlat boshqaruvi organidir. Vazirlik UNICEF bilan birgalikda ijtimoiy siyosat masalalari bo‘yicha bir necha sektorlararo dasturlar doirasida ish olib boradi.

Internet sahifa: http://www.mineconomy.uz/uz